Bog'liq 258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida
42-modda. Qarzdorni, uning mol-mulkini yoki bolani qidirish Alimentlar undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast
yetkazganlik oqibatidagi zararni qoplash to‘g‘risidagi yoxud boquvchisining vafoti natijasida ziyon
ko‘rgan shaxslarga zararni to‘lash, zararni davlat foydasiga undirish to‘g‘risidagi, shuningdek bolani
olib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorning turgan joyi haqida ma’lumotlar
bo‘lmaganda, davlat ijrochisi o‘z tashabbusi bilan yoki undiruvchining arizasiga ko‘ra qarzdorni
qidirish to‘g‘risida qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Bu holda davlat ijrochisi
qarzdorning mol-mulkini yoki bolani qidirish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ijro hujjatlarining boshqa turlari bo‘yicha davlat ijrochisi qarzdorni yoki uning mol-mulkini
qidirishga ketadigan xarajatlarini hamda ko‘rsatilgan xarajatlar yuzasidan ushbu Qonunning
76-
moddasiga
muvofiq bo‘nak to‘lash uchun undiruvchining roziligi bo‘lgan taqdirda qidiruv e’lon
qilishga haqlidir. Bu holda undiruvchi qidiruv xarajatlarini to‘lashni qarzdordan sud tartibida talab
qilishga haqlidir.
Qidiruv ijro hujjatini ijro etish joyida, qarzdorning ma’lum bo‘lgan oxirgi yashash joyida (turgan
joyida) yoki uning mol-mulki turgan joyida yoxud undiruvchining yashash joyida (turgan joyida)
e’lon qilinadi.
Qarzdor jismoniy shaxsni va olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirish ichki ishlar organlari
tomonidan amalga oshiriladi. Qarzdor yuridik shaxsni va shuningdek qarzdorning (jismoniy yoki
yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomototransport vositasini qidirish davlat ijrochisining qaroriga ko‘ra ichki ishlar organlari
zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Qarzdorni, uning mol-mulkini va olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani qidirish xarajatlari
qarzdordan undiriladi, davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi
tasdiqlaydi. Qarzdor jismoniy shaxsni, avtomototransport vositasini yoxud olib qo‘yilishi lozim
bo‘lgan bolani qidirish bo‘yicha xarajatlar ichki ishlar organining arizasiga ko‘ra, qarzdor yuridik
shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish xarajatlari bo‘yicha
esa, tegishli davlat ijrochisi tomonidan qilingan xarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi.
Davlat ijrochisining qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishni rad etish to‘g‘risidagi va
qidirish xarajatlarini undirish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish
mumkin.