Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘G‘risida 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Ijro ishi yuritishni tamomlash



Download 285,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/98
Sana13.02.2022
Hajmi285,33 Kb.
#446512
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98
Bog'liq
258-II-сон 29.08.2001. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida

41-modda. Ijro ishi yuritishni tamomlash
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda tamomlanadi:
ijro hujjati amalda ijro etilganda;
yig‘ma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlaridagi undiruv to‘g‘risidagi talablar bir yoki
bir nechta solidar javobgar qarzdor hisobidan amalda ijro etilganda;
ijro hujjati uni bergan sudning yoki boshqa organning talabiga binoan ijro etilmasdan
qaytarilganda;
ijro hujjati ushbu Qonunning 
40-moddasida 
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha qaytarilganda;
ijro hujjati ijro etish uchun ushbu Qonun 25-moddasining 
to‘rtinchi qismiga 
muvofiq boshqa
davlat ijrochisiga yuborilganda;
ijro hujjati ijro etish uchun tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga, tugatish boshqaruvchisiga)
yuborilganda.
Ijro ishi yuritish tamomlanganda davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Ijro ishi yuritishni
tamomlash to‘g‘risidagi qarorda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qo‘yilishi lozim
bo‘lgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar, shu jumladan
O‘zbekiston Respublikasidan chiqishga oid cheklashlar va qarzdorning o‘z mol-mulkiga bo‘lgan
huquqlariga doir cheklovlar bekor qilinadi.
Ijro ishi yuritish ushbu Qonunning
25-moddasi 
asosida boshqa davlat ijrochisiga yuborilishi
munosabati bilan tamomlanayotganda qarzdor jismoniy shaxsni, uning mol-mulkini, olib qo‘yilishi
lozim bo‘lgan bolani qidirish, shuningdek qarzdor uchun belgilangan cheklovlar bekor qilinmaydi.
Mazkur vakolatlar ijro ishi yuritish yuborilgan davlat ijrochisiga o‘tadi.
Davlat ijrochisi qarorining ko‘chirma nusxalari u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay
undiruvchiga va qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga
yuboriladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning hisobvaraqlariga qo‘yilgan inkasso
topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro etayotgan organlarni ushbu
cheklovlarning bekor qilinganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ijro ishi yuritish tamomlanganidan so‘ng davlat ijrochisi qarzdordan ijro yig‘imini, davlat
ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni hamda ijro xarajatlarini undirish to‘g‘risida ilgari
chiqarilgan va ijro etilmagan qarorlarning ijrosini davom ettiradi. Bunda qarzdorga nisbatan ijro ishi
yuritish jarayonida belgilangan cheklovlar mazkur qarorlar ijrosi uchun zarur bo‘lgan miqdorda
saqlab qolinadi. Ijro ishi yuritish tamomlangan taqdirda, ijro yig‘imi faqat ijro hujjatining majburiy
tartibda ijro etilgan qismi bo‘yicha undiriladi, nomulkiy xususiyatdagi ijro hujjatlari bundan
mustasno.


Ijro ishi yuritish, ushbu modda birinchi qismining 
ikkinchi
 va 
uchinchi xatboshilarida 
nazarda
tutilgan asoslarga ko‘ra tamomlanganda ijro hujjatining asl nusxasi, boshqa hollarda esa ijro
hujjatining ko‘chirma nusxasi ijro ishi yuritish materiallarida qoladi.

Download 285,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish