67-modda. Undiruvni jazoni o‘tayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish
Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv sud hukmi
yoki qaroriga ko‘ra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish
haqining to‘liq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim.
Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalarida va qamoqxonalarda jazoni o‘tayotgan
shaxslardan, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda
saqlanayotgan shaxslardan undiruv O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya
kodeksida
belgilangan tartibda butun ish haqidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |