65-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdorini hisoblab chiqarish Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolinadigan summalar
miqdori soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi.
66-modda. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolinadigan summalar miqdori Ijro hujjatlari bo‘yicha qarz to‘liq uzilgunga qadar, qarzdorga to‘lanadigan ish haqi va unga
tenglashtirilgan to‘lovlarning ko‘pi bilan ellik foizi ushlab qolinishi mumkin.
Bir necha ijro hujjati bo‘yicha undiruv ish haqiga va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga
qaratilganda, xodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim.