Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora



Download 271,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana31.12.2021
Hajmi271,96 Kb.
#269119
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
PF-6118-сон 24.11.2020. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

FARMONI


SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-

TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

So‘nggi  yillarda  mamlakatimizda  sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish  tizimini  ilg‘or  xorijiy  tajriba

asosida takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ayni  paytda,  fuqarolarning  odil  sudlovga  bo‘lgan  ishonchini  yanada  mustahkamlash,  sud  hokimiyatining  nufuzi  va

ta’sirchanligini  kuchaytirish  maqsadida  sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlari  ijrosining  samaradorligini  yanada  oshirish

taqozo etilmoqda.

Bu borada, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda — Byuro) tuzilmasi hamda vakolatlarini

maqbullashtirish,  uning  ish  uslubini  tubdan  qayta  ko‘rib  chiqish,  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar,  mahalliy  davlat  hokimiyati

organlari bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish zaruriyati yuzaga keldi.

Fuqarolar  va  tadbirkorlar  huquq  hamda  qonuniy  manfaatlarining  ishonchli  himoyasini  ta’minlash,  sud  hujjatlari  va

boshqa  organlar  hujjatlarini  o‘z  vaqtida  va  sifatli  ijro  etishning  samarali  mexanizmlarini  joriy  etish,  aholining  odil  sudlovga

ishonchini  yanada  mustahkamlash  maqsadida,  shuningdek,  2017  —  2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning

beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasini  “Ilm,  ma’rifat  va  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  yili”da  amalga

oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:

1. Belgilansinki:

Byuro  o‘z  faoliyatini  markazlashganlik  tamoyiliga  muvofiq  quyi  turuvchi  rahbarlarning  yuqori  turuvchi  rahbarlarga

bo‘ysunishi va hisobdorligi asosida amalga oshiradi;

Byuro  direktori  o‘z  faoliyatida  bevosita  Bosh  prokurorga  bo‘ysunadi  va  hisobdor  bo‘ladi  hamda  Bosh  prokuror  Byuro

faoliyatining natijadorligi bo‘yicha mas’ul hisoblanadi;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi jarayoniga aralashish, ya’ni, sud hujjatining ijro etilishiga

to‘sqinlik qilish maqsadida davlat ijrochisiga noqonuniy topshiriqlar berish yoxud boshqa shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir

o‘tkazish taqiqlanadi.

2. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha respublika kengashi (keyingi

o‘rinlarda  —  Respublika  kengashi)  1-ilovaga  muvofiq  tarkibda,  sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish

samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy kengashlar (keyingi o‘rinlarda — hududiy kengashlar) 2-ilovaga muvofiq namunaviy

tarkibda tashkil etilsin.

Quyidagilar Respublika kengashining (N.T. Yo‘ldoshev) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

ijro hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlash jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarning sabab va shart-sharoitlarini

muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish va kelgusida oldini olishni ta’minlash, Byuro organlari, shuningdek, boshqa davlat

organlari  va  tashkilotlari  tomonidan  amalga  oshirilishi  lozim  bo‘lgan  chora-tadbirlarni  belgilash  va  ularning  ijrosini  nazorat

qilish;

ijro  hujjatlarining  majburiy  ijrosini  ta’minlash  jarayonida  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  hamda  boshqa  davlat

organlari va tashkilotlarining hamkorligi, tegishli davlat organlari tomonidan majburiy ijro organlariga taqdim qilinayotgan ijro

hujjatlarining miqdori va sifati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni ko‘rib chiqish.

Quyidagilar hududiy kengashlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda boshqa hududiy idora va tashkilotlar rahbarlarining sud hujjatlari

va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish holati bo‘yicha axborotini tinglash;

davlat  yoki  davlat  organlari  foydasiga  yoxud  ular  manfaatlarini  ko‘zlab  berilgan  ijro  hujjatlarini  ijrosiz  qaytarib  olish

holatlarini birma-bir muhokama qilish. Bunda, asossiz qaytarib olish holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka

tortish bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarga tavsiyalar kiritish;

majburiy  ijro  harakatlari  jarayonida  ziddiyatli  va  nizoli  holatlarni  keltirib  chiqaradigan  sabab  va  omillarni  aniqlash,

ularni  bartaraf  etish  choralarini  ko‘rish.  Bunday  jarayonlarga  xalq  deputatlari  tuman  (shahar)  Kengashlari  deputatlarini,

fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini keng jalb etish choralarini ko‘rish;

yordamga  muhtoj  va  og‘ir  ahvolga  tushib  qolgan  qarzdorlarning  manzilli  ro‘yxatlarini  tuzib,  ular  bilan  yakka  tartibda

ishlash, jumladan ularga amaliy yordam ko‘rsatish va bandligini ta’minlashda ko‘maklashish;

ijro hujjatlari bo‘yicha xatlangan mol-mulklarni sotish uchun tuman va shaharlardagi aholi gavjum bozorlar hamda savdo

markazlarida yarmarkalar tashkil etish choralarini ko‘rish;

qarzdor — budjet tashkilotlaridan pul mablag‘lari undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha ularning mablag‘lari yetarli

bo‘lmagan hollarda, qarzdorlikni mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan qoplash to‘g‘risida takliflar

kiritish;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni ko‘rib chiqish.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

Byuro  va  uning  hududiy  boshqarmalari  tegishlicha  Respublika  kengashi  va  hududiy  kengashlarning  ishchi  organi

hisoblanadi;

Respublika kengashi va hududiy kengashlar yig‘ilishlari har oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi. Respublika kengashi va

hududiy kengashlar yig‘ilishlariga davlat organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif

etilishi mumkin;

hududiy kengashlar o‘z faoliyati to‘g‘risida har oyda Respublika kengashiga hisobot beradi;

Byuro hududiy kengashlar bilan birgalikda tizimli ravishda ish yurituvidagi ijro hujjatlarini xatlovdan o‘tkazib boradi;

Respublika kengashi va hududiy kengashlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini to‘xtatish to‘g‘risida qaror

qabul qilishga yoki boshqa shaklda ko‘rsatmalar berishga haqli emas.

Respublika kengashi har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga sud hujjatlari va boshqa organlar

hujjatlarini ijro etish holati bo‘yicha axborot kiritib borsin.

4.  2021-yil  1-yanvardan  boshlab  Byuro  hududiy  boshqarmalari  va  tuman  (shahar)  bo‘limlari  boshliqlari  o‘z  faoliyati

to‘g‘risida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga

har yarim yilda hisobot taqdim etib borsin.



Oliy Majlis Senati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari

Byuro organlarining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni chuqur tahlillar asosida tanqidiy muhokama qilishni tashkil etsin.

5. Ijro hujjatlari Byuro organlari ish yurituviga hudud va toifalarga quyidagi tartibda taalluqli bo‘lishi belgilansin:

a) Byuroning markaziy apparatiga:

turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorlarga, shu jumladan solidar qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlari;

ijro hujjati majburiy ijro etish uchun taqdim etilgan sanada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 100 000 baravari

va undan ortiq summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari;

xorijiy  davlatlar,  ularning  davlat  organlari,  O‘zbekiston  Respublikasida  akkreditatsiya  qilingan  xorijiy  davlatlarning

diplomatik  vakolatxonalari  va  konsullik  muassasalari,  xalqaro  hukumat  tashkilotlari  va  ularning  vakolatxonalari,  shuningdek,

ularning diplomatik immunitetga ega bo‘lgan xodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlari;

Bosh davlat ijrochisi yoki uning o‘rinbosari qaroriga ko‘ra Byuroning hududiy organlari ish yurituvidan markaziy apparat

ish yurituviga olingan va alohida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari;

b) Byuroning hududiy boshqarmalariga:

turli tuman (shahar)larda joylashgan bir nechta qarzdorlarga, shu jumladan solidar qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro

hujjatlari;

ijro  hujjati  majburiy  ijro  etish  uchun  taqdim  etilgan  sanada  belgilangan  bazaviy  hisoblash  miqdorining  50  000

baravaridan 100 000 baravarigacha summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari;

ijro hujjati bo‘yicha qarzdor-yuridik shaxs xorijiy davlatning rezidenti hisoblangan ijro hujjatlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh davlat ijrochilari yoki ularning o‘rinbosarlari qaroriga

ko‘ra  Byuroning  tuman  (shahar)  bo‘limlari  ish  yurituvidan  hududiy  boshqarma  ish  yurituviga  olingan  va  alohida  muhim

ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari;

v) Byuroning tuman (shahar) bo‘limlariga — mazkur bandning “a” va “b” kichik  bandlarida  nazarda  tutilmagan  boshqa

ijro hujjatlari.

Belgilansinki, majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida qonuniylikni ta’minlash maqsadida mazkur bandda

nazarda tutilgan taalluqlilikdan qat’i nazar, ijro hujjati:

Bosh  prokurorning  topshirig‘iga  yoki  Bosh  davlat  ijrochisining  qaroriga  asosan  Byuro  markaziy  apparati  yoki  muayyan

Byuro organi ish yurituviga;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh davlat ijrochilari va ularning o‘rinbosarlari qarorlariga

asosan Byuroning hududiy boshqarmasi yoki tegishli hududdagi Byuroning tuman (shahar) bo‘limi ish yurituviga olib berilishi

mumkin.


6. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minoti uchun aliment

pullarini hisoblash va to‘lash tartib-taomillari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish maqsadida:

a)  Bosh  prokuratura  va  Oliy  sudning  Aliment  majburiyatlarini  ijro  etish  va  nazorat  qilishning  yagona  axborot  tizimini

yaratish hamda aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin;

b) 2021-yil 1-martdan boshlab quyidagi tartib o‘rnatilsin:

ijro  hujjatlari  bo‘yicha  aliment  majburiyatlarini  bajarish  qarzdorlar  tomonidan  Aliment  majburiyatlarini  ijro  etish  va

nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;

Aliment  majburiyatlarini  ijro  etish  va  nazorat  qilishning  yagona  axborot  tizimi  aliment  majburiyatlari  bo‘yicha  alohida

bank  hisobvarag‘i  bilan  integratsiya  qilinadi.  Bunda  Byuro  tomonidan  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  undiruvchi  (aliment  oluvchi)

nomiga  tegishli  bank  kartasi  rasmiylashtiriladi  hamda  aliment  pullari,  shu  jumladan  qarzdorning  ish  haqidan  ushlab  qolingan

aliment pullari ushbu aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i orqali mazkur bank kartasiga o‘tkaziladi.

Bosh vazir maslahatchisi (O.M. Umarov) Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimini

joriy etishga mas’ul etib belgilansin.

7.  Bosh  prokuratura  (N.T.  Yo‘ldoshev)  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan  birgalikda  uch  oy  muddatda  qonun

hujjatlariga  sud  hujjatlari  bajarilishi  bo‘yicha  davlatning  majburlov  kuchini  safarbar  qilmagan  holda  ularning  ixtiyoriy  ijro

qilinishini yanada keng tatbiq etishga qaratilgan quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab

chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:

a) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni mahkum tomonidan hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab uch oy muddatda

(voyaga  yetmagan  shaxslar  uchun  —  olti  oy  muddatda)  davlat  ijrochisi  nazorati  ostida  ixtiyoriy  ijro  etish.  Bunda  mahkumning

jinoiy  jazo  tariqasida  tayinlangan  jarimani  belgilangan  muddatda  ixtiyoriy  to‘lashdan  bo‘yin  tovlashi  jarimaning  to‘lanmagan

qismini majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish kabi boshqa jinoiy

jazo turlariga o‘zgartirishga sabab bo‘ladi;

b) ayrim toifadagi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash choralari natijasiz bo‘lgan taqdirda,

mazkur hujjatlarni oxirgi chora sifatida majburiy ijro organlariga taqdim etish tartibini joriy etish, jumladan:

yuridik  shaxsdan  pul  mablag‘larini  undirish  to‘g‘risidagi  ijro  hujjatlari  —  ijro  hujjati  undiruvchi  tomonidan  qarzdor-

yuridik  shaxsga  xizmat  ko‘rsatuvchi  bank  muassasasiga  ijrosini  ta’minlash  uchun  taqdim  etilgandan  so‘ng  (Davlat  budjetiga

undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bundan mustasno);

davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng yuzaga keladigan mulkiy huquqlarni belgilash yoki ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

to‘g‘risidagi ijro hujjatlari — ijro hujjati undiruvchi tomonidan tegishli mulkiy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi davlat

organlari va tashkilotlariga ijrosini ta’minlash uchun taqdim etilgandan so‘ng;

qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan egalik huquqini belgilashni yoki qimmatli qog‘ozlarning miqdori va toifasida aniqlanadigan

yuridik  shaxslardagi  ulushni  belgilashni  yoxud  qimmatli  qog‘ozlarga  bo‘lgan  huquqni  hisobga  olish  majburiyatini  yuklashni

nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qimmatli qog‘ozga bo‘lgan egalik huquqini ijro hujjatida nazarda tutilgan shaxs nomiga hisobga

qo‘yish maqsadida ijro hujjati undiruvchi tomonidan vakolatli tashkilotga ijrosini ta’minlash uchun taqdim etilgandan so‘ng;

ishga  tiklash  to‘g‘risidagi  ijro  hujjatlari  —  ijro  hujjati  undiruvchi  tomonidan  ishga  tiklash  vakolatiga  ega  bo‘lgan  ish

beruvchiga ijrosini ta’minlash uchun taqdim etilgandan so‘ng;

ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to‘lovlarni  undirishni  nazarda  tutuvchi  ijro  hujjatlari  —  ijro  hujjati  undiruvchi

tomonidan  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to‘lovlarni  amalga  oshirishi  lozim  bo‘lgan  tegishli  tashkilotga  ijrosini  ta’minlash

uchun taqdim etilgandan so‘ng;

qarzdor — davlat organi (tashkiloti) yoki uning mansabdor shaxslari (ijro hujjati mansabdor shaxsning davlat organi va

tashkilotidagi xizmat vazifasi va majburiyatiga taalluqli bo‘lsa) bo‘lgan yoxud ularga majburiyat yuklashni nazarda tutuvchi ijro

hujjatlari  —  ijro  hujjati  undiruvchi  tomonidan  qarzdor  —  davlat  organi  (tashkiloti)  yoki  uning  mansabdor  shaxsiga  yoxud  ijro




hujjatida  majburiyat  yuklatilgan  davlat  organi  (tashkiloti)  yoki  uning  mansabdor  shaxsiga  ijrosini  ta’minlash  uchun  taqdim

etilgandan so‘ng;

iste’mol qilingan energiya resurslari va ichimlik suvi uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari — ijro

hujjatini  berish  to‘g‘risidagi  ariza  vakolatli  organ  yoki  mansabdor  shaxsga  berilguniga  qadar  iste’molchi  energiya  resurslari

tarmoqlari va suv ta’minotidan uzilganligini (qonunchilikka muvofiq tarmoqdan uzish mumkin bo‘lmagan iste’molchilar bundan

mustasno) tasdiqlovchi hujjatni ijro hujjatiga ilova qilgan taqdirda;

ma’muriy  jarima  qo‘llash  to‘g‘risidagi  ijro  hujjatlari  —  ijro  hujjati  jarimani  uning  ish  haqi  yoki  boshqa  maoshidan,

nafaqasidan yoki stipendiyasidan ushlab qolish orqali ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun tegishli ish haqi yoki boshqa maoshni,

nafaqa yoki stipendiyani to‘lashni amalga oshiruvchi tashkilotga taqdim etilganidan so‘ng, huquqbuzar ishlamayotgan yoki uning

ish joyi noma’lum bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Ushbu tartib sudning ma’muriy jarima qo‘llash to‘g‘risidagi ijro hujjatlariga

nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mazkur  kichik  bandda  nazarda  tutilgan  ijro  hujjatlari  ular  taqdim  etilgan  tashkilot  va  mansabdor  shaxslar  tomonidan,

agar ijro hujjatida boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular taqdim etilgan kundan boshlab o‘n besh kun muddat ichida, bankka

taqdim etilgan taqdirda — keyingi  ish kunidan kechiktirmay  ijro  etiladi. Ushbu toifadagi ijro  hujjatlari talablari mazkur  kichik

bandda ko‘rsatilgan tashkilotlar va ularning mansabdor shaxclari tomonidan uzrli sabablarsiz ijro etilmasligi ushbu shaxslarni

qonunda belgilangan javobgarlikka tortishga hamda ijro hujjatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ravishda ijro

etish choralarini ko‘rishga sabab bo‘ladi;

v)  qarzdor  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilganligi  munosabati  bilan  va  undiruvchi  iltimosiga  ko‘ra  ijro  ishi  yuritishni

to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatini sudlardan davlat ijrochisiga o‘tkazish;

g)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Tadbirkorlik  subyektlarining  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlarini

himoya qilish bo‘yicha vakilga va Savdo-sanoat palatasiga hamda ularning hududiy bo‘linmalariga davlat daromadiga undirishni

nazarda  tutuvchi  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  qarzdor  —  tadbirkorlik  subyektlarining  manfaatlarini  ko‘zlab  ijro  hujjatlari  yuzasidan

ijroni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga va ijro hujjatini bergan boshqa organga murojaat etish

huquqini berish;

d) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yirik bitimlarni tuzishda, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yo‘lovchi

tashish  xizmatlari  va  davlat  xizmatlarini  ko‘rsatishda  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  qarzdorlik  mavjudligini  belgilangan  tartibda

tekshirmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash;

e)  sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarining  majburiy  ijrosi  jarayoniga  aralashganlik  uchun  jinoiy  javobgarlikni

belgilash.

8. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yil 1-martdan boshlab:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish

faqatgina  mol-mulkni  qabul  qilishdan  uni  sotishgacha  bo‘lgan  jarayonlarni  masofaviy  monitoring  qilish  elektron  tizimini  joriy

qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish

bo‘yicha savdo do‘konlarini tanlab olishda mol-mulkni internet-do‘konlar orqali sotishni amalga oshiruvchi savdo tashkilotlariga

ustunlik beriladi.

Bosh  prokuratura  (N.T.  Yo‘ldoshev)  2021-yil  1-fevralga  qadar  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  xatlangan  mol-mulkni  shartnoma-

vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

9. Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev):

2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat ijrochisi lavozimiga yangi tayinlangan shaxslarga Bosh prokuratura Akademiyasida

maxsus  dastur  bo‘yicha  boshlang‘ich  tayyorgarlik  kurslarini  o‘taganidan  so‘ng  o‘z  xizmat  vazifalariga  kirishishga  ruxsat  berish

tartibini joriy etsin;

bir oy muddatda maxsus dasturni tasdiqlasin, bunda kasb odobnomasi qoidalarini o‘rganishni, psixologiya, ziddiyatlarni

hal qilish va vaqtni boshqarish (“taym-menejment”) asoslariga, shuningdek, Byuro organlarida foydalaniladigan axborot tizimlari

va dasturiy komplekslar bilan ishlash ko‘nikmalariga o‘rgatishni nazarda tutsin;

Byuro  organlari  tizimida  davlat  ijrochisi  lavozimini  2021-yil  1-yanvarga  qadar  egallab  kelgan  barcha  xodimlar  maxsus

dastur asosida 2021-yil yakuniga qadar qayta tayyorgarlikdan o‘tishini ta’minlasin;

davlat  ijrochilarini  rag‘batlantirish  maqsadida  Byuro  organlari  xodimlari  o‘rtasida  har  yili  “Yilning  eng  yaxshi  davlat

ijrochisi” tanlovini joriy etsin.

10.  Byuro  boshqaruv  xodimlarining  cheklangan  soni  3  542  nafar,  shu  jumladan  markaziy  apparatda  82  nafar  etib

belgilansin.

Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) Ijro etuvchi direksiyasi tugatilsin

hamda Jamg‘arma mablag‘larining to‘planishi va sarflanishini tezkor boshqarish vazifasi Byuroga yuklatilsin.

Moliya  vazirligi  (T.A.  Ishmetov)  Jamg‘arma  hisobidan  2020-yil  1-noyabrga  qadar  moliyalashtirilishi  lozim  bo‘lgan  Byuro,

Bosh  prokuratura  huzuridagi  Iqtisodiy  jinoyatlarga  qarshi  kurashish  departamenti  va  Bosh  prokuratura  Akademiyasi

xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar (yuzaga kelgan qarzdorliklar bilan birga) joriy yilning III choragi yakuni

bo‘yicha  Davlat  budjeti  daromadlarining  prognoz  ko‘rsatkichlaridan  ortiqcha  bajarilgan  qismi  hisobidan  qoplab  berilishini

ta’minlasin.

2020-yil 1-noyabrdan boshlab:

Bosh  prokuratura  Akademiyasi  xodimlariga  Jamg‘arma  hisobidan  har  oyda  to‘lanadigan  100  foizlik  ustama  to‘lash

to‘xtatilsin;

Byuro  xodimlari  mehnatiga  haq  to‘lash  bilan  bog‘liq  xarajatlar  (Jamg‘arma  hisobidan  moliyalashtiriladigan  qismini

chegirib  tashlagan  holda)  hamda  Bosh  prokuratura  huzuridagi  Iqtisodiy  jinoyatlarga  qarshi  kurashish  departamenti  xodimlari

mehnatiga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilsin.

11. 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Byuroning qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi

tomonidan to‘lovlar to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha vazifa va vakolatlari tugatilsin.

Belgilansinki:

aholidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun to‘lovlar ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi

tashkilotlar  tomonidan  sanitar  tozalash  xizmatlarini  tashkil  etish  markazlarida  yuritiladigan  yagona  billing  tizimida  aks  etgan

holda, qoida tariqasida, elektron to‘lov tizimlari orqali yig‘iladi;

qattiq  maishiy  chiqindilarni  to‘plash  va  olib  chiqish  xizmatlari  bo‘yicha  to‘lovlar  va  qarzdorliklarning  hisobini  yagona

billing  tizimida  yuritish,  shuningdek,  qarzdorliklarni  sud  orqali  undirish  Ekologiya  va  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  davlat




qo‘mitasining hududiy organlari huzuridagi sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

12.  Belgilansinki,  2020-yil  1-dekabrdan  boshlab,  jinoyat  natijasida  davlatga  yetkazilgan  zarar,  davlat  bojlari,  jinoiy  va

ma’muriy  jarimalar,  davlat  foydasiga  boshqa  turdagi  undiruvlar  hamda  davlat  daromadiga  o‘tkaziladigan  olib  qo‘yilgan  mol-

mulkni sotishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha kelib tushgan mablag‘lar alohida g‘aznachilik hisobraqamida jamlanadi va 3-ilovaga

muvofiq  belgilangan  miqdorda  “Temir  daftar”,  “Ayollar  daftari”  va  “Yoshlar  daftari”ga  kiritilgan  fuqarolarni  qo‘llab-quvvatlash

uchun ochilgan hisob raqamlariga proporsional tartibda yo‘naltiriladi.

Mazkur  bandda  nazarda  tutilgan  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  kelib  tushgan  mablag‘larning  oluvchilar  va  budjet  tizimi

budjetlari  darajalari  o‘rtasidagi  taqsimoti  mablag‘larning  belgilangan  qismi  “Temir  daftar”,  “Ayollar  daftari”  va  “Yoshlar

daftari”ga  kiritilgan  fuqarolarni  qo‘llab-quvvatlash  uchun  ochilgan  hisob  raqamlariga  o‘tkazilganidan  keyin  amalga  oshirilishi

belgilansin.

13.  Bosh  prokuratura  (N.T.  Yo‘ldoshev)  Oliy  sud  (K.F.  Kamilov),  Ichki  ishlar  vazirligi  (P.R.  Bobojonov)  va  Adliya  vazirligi

(R.K. Davletov) bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

haqida takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:

bir  oy  muddatda  fuqarolarning  mol-mulkiga  (pul  mablag‘lari  bundan  mustasno)  daxl  qilmagan  hamda  ularga  nisbatan

huquqiy  ta’sir  va  javobgarlik  choralarini  qo‘llamagan  holda  majburiy  ijro  etish  mexanizmini  (soddalashtirilgan  majburiy  ijro

ishini yuritish institutini) joriy etish;

ikki  oy  muddatda  elektr  va  issiqlik  energiyasi,  gaz,  ichimlik  suvidan  foydalanish  qoidalarini  buzish  bilan  bog‘liq

jinoyatlarni, agar huquqbuzarlik natijasida ancha miqdordan kam bo‘lgan zarar yetkazilgan bo‘lsa, dekriminalizatsiya qilish.

14. Belgilansinki, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab:

a)  ma’muriy  jarima  qo‘llash  to‘g‘risidagi  ijro  hujjatlari  Byuro  organlariga  jarimani  ixtiyoriy  to‘lash  uchun  muddatlar

tugaganidan  so‘ng  taqdim  etiladi,  bunda  jarimani  ixtiyoriy  to‘lash  imkoniyati  to‘g‘risida  huquqbuzarni  xabardor  qilgan  holda

unga  ma’muriy  jarima  qo‘llash  to‘g‘risidagi  qarorning  topshirilganligi  yoki  yuborilganligini  tasdiqlovchi  hujjat  ijro  hujjatiga

majburiy tartibda ilova qilinadi;

b) ijro hujjatini majburiy ijro etish davomida qarzdorning xatlangan mol-mulki boshlang‘ich narxdan 30 foizlik chegirma

bilan,  Davlat  budjetiga  undirishni  nazarda  tutuvchi  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  sotilayotgan  mol-mulk  esa  —  hududiy  kengashlar

qaroriga muvofiq 50 foizgacha chegirma bilan narxni oshirib borish uslubida o‘tkaziladigan dastlabki elektron onlayn-auksionga

qo‘yiladi, bundan garovga qo‘yilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mustasno;

v) mulkiy tusga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha undiriladigan ijro yig‘imi:

undiruv  summasi  1  000  bazaviy  hisoblash  miqdoridan  ortiq  bo‘lmagan  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  —  undirilayotgan

summaning 5 foizi;

undiruv summasi 1 000 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha — undirilayotgan summaning

2 foizi miqdorida o‘rnatiladi.

Bunda, ijro yig‘imi qo‘llanilgan ijro ishlari birlashtirilgan taqdirda, qo‘llanilgan ijro yig‘imining miqdori o‘zgartirilmaydi;

g)  Byuro  organlari  ish  yurituvidagi  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  Jamg‘armaga  ayrim  ajratmalar  quyidagi  miqdorlarda

belgilansin:

Byuroning xodimlari tomonidan qo‘llaniladigan ijro yig‘imi summalarining 100 foizi;

ijro  ishi  yuritish  bo‘yicha  Davlat  budjetiga  undirilgan  summalarning  (qarzdorning  mol-mulkini  sotish  hisobiga  soliq

qarzini undirish bundan mustasno) 5 foizi.

15. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

2021-yil 1-martdan boshlab ijro hujjatlarida majburiy tartibda qarzdor-jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

(O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  hisoblanmagan  jismoniy  shaxs  bo‘yicha  —  shaxsini  tasdiqlovchi  boshqa  hujjatlarning

rekvizitlari), shuningdek, qarzdor — yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi;

elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash, bartaraf

etish  va  ularning  oldini  olish  vazifasi  —  Bosh  prokuratura  huzuridagi  Iqtisodiy  jinoyatlarga  qarshi  kurashish  departamenti  va

uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;

elektr,  issiqlik  energiyasi,  gazdan  foydalanish  qoidalarini  buzish  bilan  bog‘liq  ma’muriy  huquqbuzarliklarni  aniqlash,

bartaraf etish va ularning oldini olish vazifasi — ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev) Oliy sud (K.F. Kamilov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) va Adliya vazirligi (R.K.

Davletov) bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasini Oliy

Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.

16.  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  (Sh.M.  Sadikov)  Bosh  prokuratura  (N.T.

Yo‘ldoshev),  Ichki  ishlar  vazirligi  (P.R.  Bobojonov),  Adliya  vazirligi  (R.K.  Davletov)  va  Moliya  vazirligi  (T.A.  Ishmetov)  bilan

birgalikda:

uch  oy  muddatda  ma’muriy  huquqbuzarliklar  to‘g‘risidagi  ishlarni  ko‘rib  chiqish  vakolatiga  ega  bo‘lgan,  shuningdek,

yuridik  ahamiyatga  ega  harakatlarni  amalga  oshiruvchi  davlat  organlarining  axborot  tizimlari  va  ma’lumotlar  bazalarining

davlat bojlari, ma’muriy jarimalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash yuzasidan interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatishga tayyorligini

xatlov asosida o‘rganib chiqsin;

2021-yil  1-aprelga  qadar  Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portalida  davlat  bojlarini  va  davlat  organlari  tomonidan

solingan  jarimalarni  va  boshqa  to‘lovlarni  tegishli  bank  va  boshqa  to‘lov  tizimlari  orqali  onlayn  tarzda  to‘lash  bo‘yicha  davlat

xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida platforma yaratishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2021-yil  1-avgustga  qadar  mazkur  bandning  ikkinchi  xatboshisida  nazarda  tutilgan  davlat  organlarining  davlat

xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida platformaga bosqichma-bosqich ulanishini ta’minlasin.

17. Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev):

a)  Ichki  ishlar  vazirligi  (P.R.  Bobojonov)  bilan  birgalikda  ikki  oy  muddatda  Ijro  hujjatlari  talablarini  bajarishdan  bo‘yin

tovlayotgan  qarzdor  jismoniy  shaxslar  va  olib  qo‘yilishi  lozim  bo‘lgan  bolalarni  qidirishda  majburiy  ijro  va  ichki  ishlar

organlarining  o‘zaro  hamkorlik  qilish  tartibini  qayta  ko‘rib  chiqsin,  bunda  majburiy  ijro  organlari  ichki  ishlar  organlarining

axborot  tizimlaridan  foydalanish,  shuningdek,  MDH  davlatlari  axborot  tizimlariga  qidiruv  tashabbuskori  sifatida  ma’lumot

kiritishi tartibini nazarda tutsin;

b)  Oliy  sud  (K.F.  Kamilov)  va  Ichki  ishlar  vazirligi  (P.R.  Bobojonov)  bilan  birgalikda  uch  oy  muddatda  mahkum  jazo

o‘tayotgan  muassasada  qarzdorlikni,  shu  jumladan  jinoyatlar  oqibatida  yetkazilgan  zararlarni  undirish  jarayonidagi  huquqni

qo‘llash amaliyotini o‘rganib chiqsin hamda sudlar, Byuro va Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi o‘rtasidagi

axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;




v) davlat daromadiga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarining ijro etilishini so‘zsiz ta’minlash maqsadida 2021-yil 1-

iyulgacha Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirsin:

qarzdorning  undiruv  qaratilishi  mumkin  bo‘lgan  mol-mulki  yoki  daromadlari  bo‘lmaganligi  sababli  qaytarilgan,  davlat

daromadiga  undirishni  nazarda  tutadigan  ijro  hujjatlari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  alohida  yuritish  hamda  ulardan  barcha

manfaatdor shaxs va tashkilotlar uchun to‘siqsiz foydalanish imkoniyatini yaratish;

davlat  daromadiga  undirishni  nazarda  tutadigan  ijro  hujjatlari  qarzdorning  undiruv  qaratilishi  mumkin  bo‘lgan  mol-

mulki yoki daromadlari bo‘lmaganligi sababli qaytarilganda, undiruvchiga ijro hujjatini to‘siqsiz yangidan ijroga (jumladan portal

orqali)  topshirish  imkoniyatini  yaratish.  Bunda  davlat  ijrochisi  yangidan  qo‘zg‘atilgan  ijro  ishi  yuritish  doirasida  qarzdorga

tegishli mol-mulklarni aniqlash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan barcha choralarni ko‘rishi shart.

18. Oliy sud (K.F. Kamilov) Adliya vazirligi (R.K. Davletov), Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh.D.

Kudbiyev),  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari  vazirligi  (N.B.  Xusanov)  bilan  birgalikda  uch  oy  muddatda  nizosiz  ishlarni  hal

etishning muqobil shakllarini o‘rganib chiqqan holda ijro hujjatlari turlarini qayta ko‘rib chiqib, tegishli takliflarni O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.

19.  Markaziy  bank  (M.B.  Nurmuratov)  Adliya  vazirligi  (R.K.  Davletov)  hamda  Iqtisodiy  taraqqiyot  va  kambag‘allikni

qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) bilan birgalikda ikki oy muddatda tijorat banklari tomonidan “muammoli” deb tasniflangan

aktivlarni (kredit qarzdorligini) tsessiya (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) shartnomasi asosida muayyan chegirma

bilan  realizatsiya  qilish  institutini,  shuningdek,  qarz  bozorini  boshqa  sohalarda  ham  rivojlantirish  bo‘yicha  O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.

20.  Ekologiya  va  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  (A.I.  Maksudov)  Moliya  vazirligi  (T.A.  Ishmetov)  bilan

birgalikda  ikki  oy  muddatda  qattiq  maishiy  chiqindilarni  to‘plash  va  olib  chiqish  xizmatlari  uchun  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha

qarzdorlikni  undirish  yuzasidan  sudlarga  kiritiladigan  arizalar  bo‘yicha  ayrim  toifadagi  shaxslarni  davlat  boji  to‘lashdan  ozod

qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

23. Bosh prokuratura (N.T. Yo‘ldoshev):

a) Byuroning yangi tashkil etilayotgan tumanlararo bo‘limlarini joylashtirish hamda faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan

moddiy-texnika bazasini yaratish choralarini ko‘rsin;

b) 2021-yil 1-sentabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijro ishini yuritish to‘g‘risidagi kodeks loyihasini Oliy Majlis

Qonunchilik palatasiga kiritsin:

sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarining  ijrosini  majburiy  ijro  organi  hisoblanmagan  boshqa  manfaatdor  davlat

tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy ravishda ta’minlash mexanizmini joriy etish;

ijro  ishi  yuritish  ishtirokchilarining,  shu  jumladan  ijro  ishiga  ko‘maklashuvchi  davlat  organlarining  huquqiy  maqomini,

huquq va majburiyatlarini aniq belgilash;

davlat  daromadiga  undirishni  nazarda  tutuvchi  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  manfaatdor  undiruvchi  bo‘lgan  davlat  organini

aniqlash va ushbu ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ularni mazkur davlat organiga

ijrosiz qaytarish tartibini joriy etish;

mazkur sohadagi suiiste’molliklar hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ijro xarajatlari va undirilgan

mablag‘larni taqsimlash institutini takomillashtirish;

sud qarorlarini ixtiyoriy ravishda ijro etishdan bo‘yin tovlagan qarzdorlarni moddiy javobgarlikka tortishning ta’sirchan

mexanizmlarini yaratish;

v)  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan  birgalikda  bir  oy  muddatda  qonun  hujjatlariga  ushbu  Farmondan  kelib

chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

24.  Mazkur  Farmonning  ijrosini  samarali  tashkil  etishga  mas’ul  va  shaxsiy  javobgar  etib  O‘zbekiston  Respublikasining

Bosh prokurori N.T. Yo‘ldoshev hamda Byuro direktori belgilansin.

Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, uning ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va

nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  A.N.  Aripov  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Administratsiyasi

rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlar  natijadorligi  yuzasidan  2021-yil  1-yanvar,  2021-yil  1-iyul  va  2022-yil  1-yanvarga

qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.


Download 271,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish