Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora



Download 271,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana31.12.2021
Hajmi271,96 Kb.
#269119
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
PF-6118-сон 24.11.2020. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Lavozimlar nomi

Razryadlar

Direktor


18

Direktor o‘rinbosari *

Dasturchi

15

Ma’lumotlar bazasi administratori



13

Korporativ tarmoq administratori

12

Texnik hujjatlashtirish bo‘yicha muhandis



12

Texnik mutaxassis

8

* Direktor lavozimiga mehnat haqi to‘lashdan 5% kam”;



6) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlarining

SHTATLAR JADVALI



Lavozimlar nomi

Birliklar soni

Direktor


1

Direktor o‘rinbosari

1

Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish shu’basi

Dasturchi



5

Texnik hujjatlashtirish bo‘yicha muhandis

3

Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini yuritish shu’basi

Ma’lumotlar bazasi administratori

1

Korporativ tarmoq administratori



1

Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash shu’basi

Texnik mutaxassis

3

Jami:

15

”.

16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda



mol-mulkni  realizatsiya  qilish  tartib-taomillarini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  PQ-3149-son  qarorining

1-ilovasida:

3-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:




“25. Auksion obyektining baholangan qiymatining 70 foiziga teng narx boshlang‘ich narx etib, davlat foydasiga undirishni

nazarda  tutuvchi  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  qo‘yilgan  mol-mulk  sotishda  sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish

samaradorligini  oshirish  bo‘yicha  hududiy  kengashlar  qaroriga  muvofiq  baholangan  qiymatining  50  foizigacha  teng  narx

boshlang‘ich narx etib belgilanadi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Garovga  qo‘yilgan  mol-mulk  ushbu  mol-mulk  bilan  ta’minlangan  qarzni  undirish  to‘g‘risidagi  ijro  hujjatlari  bo‘yicha

sotilayotgan mol-mulklarni sotishda u baholangan qiymatiga teng narx boshlang‘ich narx etib belgilanadi.”.

17.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  23-avgustdagi  “Sudlar  va  adliya  organlari  faoliyatini  moddiy-texnik

va moliyaviy ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3240-son qarori 1-ilovasining 2-bandida:

ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “16” raqami “40” raqami bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi xatboshidagi “24” raqami “40” raqami bilan almashtirilsin.

18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining

avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3384-son qarorining 6-bandida:

uchinchi  xatboshidan  “va  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  huzuridagi  Majburiy  ijro  byurosining  (keyingi

o‘rinlarda Byuro deb yuritiladi)” so‘zlari chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi xatboshidan “va Byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin.

19.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-yil  27-iyuldagi  “Osiyo  taraqqiyot  banki  ishtirokida  “Jizzax  shahrida

kanalizatsiya  tizimini  rivojlantirish”  loyihasini  amalga  oshirishga  doir  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  PQ-3885-son

qarorining  4-ilovasi  17-bandining  “Mas’ul  ijrochilar”  ustunidan  “Bosh  prokuratura  huzuridagi  Majburiy  ijro  byurosi

(Qudratxo‘jayev)” so‘zlari chiqarib tashlansin.

20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-iyuldagi “Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib

yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4394-son qarorida:

a) 1-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

b) 2-bandda:

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“xizmat majburiyatlarini bajarayotgan davlat ijrochisi maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari xodimlari”;

to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;

beshinchi  xatboshi  “ichki  ishlar  organlari”  so‘zlaridan  keyin  “O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  huzuridagi

Majburiy ijro byurosi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.

21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi

Majburiy ijro byurosi faoliyati samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4977-son farmoyishi ilovasida:

28-banddan “Bosh prokuratura huzuridagi Byuro (B. Qudratxodjayev)” so‘zlari chiqarib tashlansin;

33-band chiqarib tashlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-

yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga 

5-ILOVA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari

RO‘YXATI


1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018-yil  22-noyabrdagi  “Qattiq  maishiy  chiqindilarni  to‘plash  va  olib  chiqish

uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5580-son Farmonining 1-bandi va 6-

bandining “a” kichik bandi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada



takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5761-son Farmonining 1-bandi.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)






Download 271,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish