Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora


Majburiy ijro byurosi tumanlararo bo‘limlarining



Download 271,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana31.12.2021
Hajmi271,96 Kb.
#269119
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
PF-6118-сон 24.11.2020. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Majburiy ijro byurosi tumanlararo bo‘limlarining

NAMUNAVIY TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI

Bo‘lim boshlig‘i

 

Davlat ijrochisi



8 — 36

Boshqaruv xodimlari umumiy shtat birliklari soni 9 — 37 birlik. Majburiy ijro byurosi tumanlararo bo‘limlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat

budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 275 birlik.

* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni o‘rnatilgan me’yorlar asosida aniqlanadi, bunda har bir tumanlararo bo‘limida kamida 1 nafar

ish yurituvchi nazarda tutiladi.

** Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda bittadan tumanlararo bo‘lim, Toshkent shahrida 2 tumanlararo bo‘lim faoliyat yuritadi.

***  Tumanlararo  bo‘limlar  tashkiliy-nazorat  va  material-texnik  ta’minoti  Majburiy  ijro  byurosi  hududiy  boshqarmalari  tomonidan  amalga

oshiriladi.  Tumanlararo  bo‘limlar  xodimlar  soni  va  saqlashga  xarajatlar  Majburiy  ijro  byurosining  tegishli  hududiy  boshqarmalari  shtatlar  jadvali  va

xarajatlar smetasida aks etadi”;

6) 4-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risidagi Nizom)da:

a) 4-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “tuman (shahar)” so‘zlaridan keyin “va tumanlararo bo‘limlarining” so‘zlari bilan

to‘ldirilsin;

b)  5-banddan  “tegishincha  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar,  Toshkent  shahar,  tuman  (shahar)  prokurorlariga”

degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

v) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash;

ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa

organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari

boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish;

zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalangan  holda  majburiy  ijro  tizimi  tezkorligi  va

samaradorligini ta’minlash;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish  tizimini  takomillashtirish,  davlat  ijrochilari  faoliyatining

samaradorligini oshirish”;

g) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10. Byuro o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash sohasida:

sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarining  majburiy  ijrosini  ta’minlaydi,  majburiy  ijro  etish  qonun  bilan  boshqa

davlat organlariga yuklatilgan hujjatlar bundan mustasno;

vakolatli organlarning mol-mulkni, shu jumladan huquqbuzarlik buyumlari va qurollari hamda ashyoviy dalillarni davlat

daromadiga o‘tkazish yoki yo‘q qilib tashlashni nazarda tutuvchi qarorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro qiladi;

xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkning baholanishi, saqlanishi va sotilishini tashkil qiladi;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta’minlashda, shu jumladan qarzdorlarning pul mablag‘lari

va  boshqa  mol-mulkini  qidirishda  davlat  organlari,  kredit  va  boshqa  tashkilotlar  bilan  o‘zaro  hamkorlik  qiladi,  ushbu

maqsadlarda ko‘rsatilgan davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;

qarzdor  —  jismoniy  shaxslar  va  olib  qo‘yilishi  lozim  bo‘lgan  bolani  qidirishni  amalga  oshiradi,  bu  maqsadlarda  tezkor-

qidiruv faoliyatini amalga oshiradi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;

o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi;



aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonun va odil sudlovni hurmat qilish, jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida sud

hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  so‘zsiz  va  ixtiyoriy  ravishda  bajarish  zaruriyatini  shakllantirish  bo‘yicha  kompleks

chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi, ularni o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risida xabardor

qiladi, ushbu maqsadlarda seminarlar, brifinglar, press-konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi;

b)  ijro  ishi  yuritish  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  rioya  etilishi  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish,  sud  hujjatlari  va

boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlash yoki ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qonun

hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida:

ijro  ishi  yuritish  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga,  shu  jumladan  ijro  ishi  yuritish  taraflari,  baholash  tashkilotlari,  ijro

hujjatlar  bo‘yicha  mol-mulkni  saqlash  va  sotish  ishlarini  amalga  oshiruvchi  tashkilotlar,  bank  va  boshqa  kredit  tashkilotlari,

qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar (shaxslar) hamda majburiy ijro organi

hisoblanmagan  va  sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijrosini  ta’minlovchi  tashkilot  va  mansabdor  shaxslar,

shuningdek  qarzdorlarga  nisbatan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  huquqiy  ta’sir  choralarini  amalga  oshiruvchi  tashkilotlar  va

mansabdor shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etishga  oid  qonun  hujjatlari  buzilishining  oldini  olish,  bartaraf  etish,

shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash choralarini ko‘radi;

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilmaslik holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olishda

ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

sud  qarori  yoki  boshqa  ijro  hujjatlarini  bajarmaslik,  band  solingan  mol-mulkni  qonunga  xilof  ravishda  tasarruf  etish,

shuningdek  voyaga  yetmagan  yoki  mehnatga  layoqatsiz  shaxslarni,  ota-onani  moddiy  ta’minlashdan  bo‘yin  tovlashga,  ijro  ishi

yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklar bo‘yicha surishtiruv va tergovga qadar

tekshiruvni amalga oshiradi;

ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritadi, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqadi va ma’muriy

jazo qo‘llaydi;

ma’muriy  huquqbuzarliklar  to‘g‘risidagi  ishlarni  yuritish  amaliyotini  tahlil  qiladi,  ularning  hisobini  olib  boradi  hamda

ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish choralarini ko‘radi;

Byuro  vakolatiga  taalluqli  ishlar  bo‘yicha  tergovga  qadar  tekshiruv  va  surishtiruv  o‘tkazadi,  shuningdek  tezkor-qidiruv

faoliyatini amalga oshiradi;

tergovga  qadar  tekshiruv  va  surishtiruv  o‘tkazish,  protsessual  qarorlar  qabul  qilish,  tezkor-qidiruv  tadbirlarini  amalga

oshirish amaliyotini o‘rganib boradi, ularning hisobini yuritadi va bu borada faoliyat samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;

v)  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalangan  holda  majburiy  ijro  tizimi  tezkorligi  va

samaradorligini ta’minlash sohasida:

ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritadi;

Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasini yuritadi;

ijro  hujjatlari  yuzasidan  qarzdorliklarni  undirish  masalalari  bo‘yicha  yagona  idoralararo  elektron  hamkorlik  tizimi

ishlashini ta’minlaydi;

Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi ishlashini ta’minlaydi;

qonun  hujjatlari  bilan  belgilangan  ro‘yxatga  muvofiq  yirik  bitimlar,  ayrim  turdagi  moliya-kredit  xizmatlari,  xalqaro

yo‘lovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlarini amalga oshirishda ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanmagan qarzdorlik mavjudligini

onlayn rejimda tekshirish uchun (huquqiy ta’sir choralarini amalga oshirish uchun) davlat organlari va tashkilotlarining Byuro

ma’lumotlar bazalariga ulanishini ta’minlaydi;

Byuro  organlari  ish  yurituvidagi  ijro  hujjatlari  bo‘yicha  ijro  harakatlari  amalga  oshirilishining  avtomatlashtirilgan

monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmatini ko‘rsatadi;

elektron  onlayn-auksionlar  operatori  bilan  elektron  hamkorlik  qiladi  hamda  ijro  harakatlarini  olib  borish  davomida

xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish taomiliga elektron tijoratni joriy etish bo‘yicha choralar ko‘radi;

Byuro zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan va samarali bajarish maqsadida majburiy ijro organlari axborot

tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazasini takomillashtirish choralarini ko‘radi;

Byuro organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish choralarini ko‘radi;

axborot  tizimlari,  resurslari  va  ma’lumotlar  bazasini  ishlatish,  axborot  xavfsizligini  ta’minlash  sohasida  Byuro

xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

g) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida:

sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish masalasida xorijiy davlatlar majburiy ijro organlari va

boshqa vakolatli davlat organlari bilan xalqaro hamkorlik qiladi;

xalqaro shartnomalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining sud qarorlari ijrosiga oid qismi hamda ijro

hujjatlari bo‘yicha jismoniy shaxslar-qarzdorlarni qidirish qismi bajarilishini tashkil qiladi;

xorijiy  davlatlarning  majburiy  ijro  organlari,  boshqa  vakolatli  organlari  hamda  ixtisoslashtirilgan  xalqaro  tashkilotlar

bilan  sud  hujjatlarini  ijro  etishda  o‘zaro  huquqiy  yordam  ko‘rsatish  masalalarida,  shuningdek  qonuniy  kuchga  kirgan  sud

qarorlari bo‘yicha aktivlarni qaytarish masalalarida hamkorlik qiladi;

sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish  sohasida  hamkorlik  masalalari  bo‘yicha  xalqaro  shartnomalar

loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;

Byuro vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan, shuningdek Sud ijrochilari xalqaro

ittifoqi bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qiladi;

d)  sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish  tizimini  takomillashtirish,  davlat  ijrochilari  faoliyatining

samaradorligini oshirish sohasida:

sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarini  ijro  etish  sohasida  huquqni  qo‘llash  amaliyotini  tahlil  qiladi  va

umumlashtiradi hamda uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

ijro ishi yuritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni

tayyorlashda ishtirok etadi, o‘z vakolati doirasida ijro ishi yuritishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;

samarali  ish  uslublarini  ishlab  chiqadi  va  amaliyotga  joriy  qiladi,  Byuro  davlat  ijrochilari  va  boshqa  xodimlarini

boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va kasb mahoratini oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;

erishgan natijalarga qarab Byuro xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘radi, Byuro

davlat ijrochilari va boshqa xodimlari ishini reyting baholash tizimini joriy etadi;




Byuro  organlarida  ichki  xavfsizlikni  ta’minlaydi,  Byuro  organlari  xodimlari  faoliyatiga  noqonuniy  aralashish,  xizmatni

o‘tash  bilan  bog‘liq  xodimlar  va  ularning  oila  a’zolarining  shaxsiy  hayoti,  sog‘lig‘i  va  mol-mulkini  tahdidlardan  himoya  qilish

choralarini ko‘radi;

ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi;

Byuro  organlarida  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  va  oldini  olish  bo‘yicha  tizimli  ish  olib  boradi,  Byuro  organlarida

korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini (“komplayens-nazorat”) joriy etadi va ishlashini ta’minlaydi;

davlat  ijrochilari  va  boshqa  xodimlar  tomonidan  Majburiy  ijro  organlarida  xizmatni  o‘tash  qoidalari  va  odob-axloq

qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlaydi.

Byuro qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin”;

d) 11-bandda:

o‘n yettinchi xatboshida “qidiruv e’lon qilish” so‘zlaridan keyin “va uni amalga oshirish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

“b” kichik band chiqarib tashlansin;

e) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“12.  Byuro  sud  hujjatlari  va  boshqa  organlar  hujjatlarining  o‘z  vaqtida  va  to‘liq  ijro  etilishini  ta’minlash,  shuningdek

yuklatilgan boshqa vazifalarni samarali bajarish uchun javobgardir”;

yo) 15-bandning “i” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;

j) quyidagi mazmundagi 15 -band bilan to‘ldirilsin:

“15 .  Byuro  direktori  tashabbuskor  va  malakali  mutaxassislardan  iborat  doimiy  faoliyat  yuritadigan,  shuningdek  davlat

organlari  va  tashkilotlar  mutaxassislaridan  iborat  boshqa  belgilangan  to‘lovlardan  tashqari  Byuroning  budjetdan  tashqari

mablag‘lari  va  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan  boshqa  manbalar  hisobidan  qo‘shimcha  ravishda  har  oylik  mehnat  haqi

fondining (pul ta’minotining) ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda haq to‘lanadigan ekspert-tahlil guruhlarini tuzishga haqli”;

z) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“18.  Byuroning  tuman  (shahar),  tumanlararo  bo‘limlari  boshliqlari  katta  davlat  ijrochilari,  ularning  o‘rinbosarlari

tegishincha katta davlat ijrochilari o‘rinbosarlari hisoblanadi”;

i) 19-bandda:

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari (bosh inspektorlar bundan mustasno) va uning hududiy boshqarmalari

boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi”;

to‘rtinchi xatboshi “tuman (shahar)” so‘zlaridan keyin “va tumanlararo” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

k) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“21. Byuroning markaziy apparati va hududiy tuzilmalarning (moliya-xo‘jalik tuzilmalari bundan mustasno) xodimlari o‘z

maqomiga ko‘ra prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi.

Maqomiga ko‘ra prokuratura organlari xodimlari hisoblangan xodimlarga darajali unvonlar beriladi va ular O‘zbekiston

Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  tasdiqlanadigan  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi  huzuridagi  Majburiy  ijro

byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xizmatni o‘taydilar”;

l)  22-bandning  birinchi  xatboshisidagi  “shuningdek,  maxsus  toifalar  beriladigan  mansablarni  egallab  turgan”  so‘zlari

chiqarib tashlansin;

7) 5-ilova (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida va Agrosanoat majmui va oziq-

ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom)da:

a) nomidan “va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasida” so‘zlari

chiqarib tashlansin;

b) 1-banddagi “va Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi

o‘rinlarda — Inspeksiya)” so‘zlari chiqarib tashlansin;

v)  2  va  4-bandlar,  9-bandning  beshinchi  va  oltinchi  xatboshilari,  10-band,  13-bandning  birinchi  xatboshisi,  26-bandning

birinchi  xatboshisi,  28-band,  35-bandning  birinchi  xatboshisi,  36-band,  39-bandning  oltinchi  xatboshisi,  46-band,  47-bandning

ikkinchi va yettinchi xatboshilari, 67-bandning uchinchi xatboshisi, 68 va 70-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Inspeksiya” va “va

Inspeksiya” so‘zlari chiqarib tashlansin;

g) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3.  Byuroda  xizmatni  o‘tashning  huquqiy  asoslarini  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  O‘zbekiston

Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi

Bosh prokurori (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) va Byuro direktorining buyruqlari tashkil qiladi”;

d) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6.  Byuroda  xizmat  qilish  uchun  yurisprudensiya,  moliya,  iqtisodiyot,  va  boshqa  sohalarda  oliy  yoki  o‘rta  maxsus

ma’lumotli,  sog‘lig‘iga  ko‘ra  xizmat  majburiyatlarini  bajarishga  qodir  bo‘lgan,  zarur  kasb-kor  va  ma’naviy  fazilatlarga  ega

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.

Bunda Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa

mutaxassislikdagi  oliy  ma’lumotga  ega  shaxslar,  Byuroning  boshqa  lavozimlariga  —  oliy  yoki  o‘rta  maxsus  ma’lumotli  boshqa

mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi.

Yuridik  ma’lumotga  ega  bo‘lmagan  shaxslarni  davlat  ijrochisi  lavozimiga  xizmatga  qabul  qilish,  alohida  hollarda  Byuro

direktorining yozma ruxsati va Byuroning markaziy apparatida tuzilgan maxsus komissiyaning nomzodni davlat ijrochisi xizmat

vazifalarini bajarishga malakasi, kasb mahorati va ish tajribasi muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida ruxsat etiladi.

Ushbu  bandning  uchinchi  xatboshisida  belgilangan  tartib  tezkor-qidiruv  faoliyati,  surishtiruv  va  ma’muriy  amaliyot

faoliyati bilan shug‘ullanadigan Byuro tuzilmalarida xizmatni o‘tash uchun nomzodlarga ham tatbiq etiladi.

Byuro organlarida lavozimlarni (shu jumladan rahbar lavozimlarni) egallash uchun mutaxassislik, ma’lumot darajasi va

minimal ish tajribaga qo‘yiladigan talablar Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadi.

7.  Byuroga  xizmatga  qabul  qilish,  tarkibi  Byuro  direktori  tomonidan  tasdiqlanadigan  konkurs  komissiyasi  tomonidan

nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rganish, shu jumladan bilim darajasi, zarur kasb malakasi

va ishchanlik qobiliyatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan konkurs asosida amalga oshiriladi.

Byuroga  xizmatga  qabul  qilishda  zimmalariga  yuklanadigan  xizmat  vazifalarini  bajarishga  sog‘lig‘i  imkon  berishini

aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi”;

e) 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

1

1




“8.  Xodimlarni  xizmatga  qabul  qilish  va  lavozimga  tayinlash  Bosh  prokuror,  Byuro  direktori  yoki  Byuroning

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  boshqarmalari  (keyingi  o‘rinlarda  hududiy  boshqarmalar  deb

yuritiladi) boshliqlarining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi”;

yo) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“12. Xodimlarning lavozimlari ro‘yxati Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan shtat jadvali bilan belgilanadi.

Byuro faoliyatining ichki tizimini tashkil etish tegishlicha Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan Reglament hamda

hududiy boshqarmalarning Namunaviy reglamenti bilan belgilanadi”;

j) quyidagi mazmundagi 13 -band bilan to‘ldirilsin:

“13 .  Davlat  ijrochisi  lavozimiga  ilk  bor  yoki  davlat  ijrochisi  maqomidagi  boshqa  lavozimga  (bosh  davlat  ijrochisi  yoki

uning o‘rinbosari lavozimi bundan mustasno) tayinlanayotgan shaxs (Byuro organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bundan

mustasno) ishlashiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida maxsus o‘quv kursini o‘taganidan keyin ruxsat

beriladi”;

z) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“14.  Xodimlar  xizmatni  o‘tash  davrida  Bosh  prokuror  tomonidan  tasdiqlanadigan  prokuratura  organlari  xodimlarining

kasb odobnomasiga rioya qilishlari shart.

Prokuratura  organlari  xodimlarining  kasb  odobnomasi  talablarini  buzish  belgilangan  tartibda  javobgarlikni  keltirib

chiqaradi. Mazkur qoidalar buzilishining har bir holati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.

Xizmat  tekshiruvni  o‘tkazish  davrida  Byuro  xodimi  vaqtinchalik,  lekin  bir  oydan  ortiq  bo‘lmagan  muddatga  xizmat

vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.

Xizmat  tekshiruvini  o‘tkazish  va  Byuro  xodimini  vaqtinchalik  xizmat  vazifalarini  bajarishdan  ozod  qilish  tartibi  Bosh

prokuror tomonidan belgilanadi”;

i) 16-bandda:

birinchi xatboshidan “va Inspeksiya” so‘zlari chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshidagi “Byuro direktori va Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari “Bosh prokuror” so‘zlari bilan almashtirilsin;

k) 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“17. Byuro xodimlariga Bosh prokuror tomonidan belgilangan shaklda va tartibda xizmat guvohnomalari beriladi.

Byuro direktori xizmat guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzosi qo‘yilgan holda beriladi.

Byuroning  Bosh  prokuror  tomonidan  lavozimga  tayinlanadigan  xodimlariga  xizmat  guvohnomalari  O‘zbekiston

Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi o‘rinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) tomonidan beriladi.

Guvohnoma  Byuro  xodimining  aybi  bilan  yo‘qotilishi  lavozimdagi  nojo‘ya  xatti-harakat  hisoblanadi  va  intizomiy

javobgarlikni keltirib chiqaradi. Guvohnoma yo‘qotilishining har bir holati bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi”;

l) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“18.  Xodimlarni  egallab  turgan  lavozimlariga  xizmat  bo‘yicha  muvofiqligini  aniqlash  maqsadida  Byuro  direktori

tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda attestatsiya o‘tkaziladi.

Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi

tomonidan,  lavozimiga  Byuro  direktori,  Byuroning  hududiy  boshqarmalari  boshliqlarining  buyruqlari  bilan  tayinlanadigan

xodimlar  esa  —  tegishlicha  Byuro  va  uning  hududiy  boshqarmalarining  attestatsiya  komissiyalari  tomonidan  attestatsiyadan

o‘tkaziladi”;

m)  19-bandning  uchinchi  xatboshisidagi  “tegishlicha  Byuro  direktori  va  Inspeksiya  boshlig‘i”  so‘zlari  “Bosh  prokuror”

so‘zlari bilan almashtirilsin;

n) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“22. Xodimlarga egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda quyidagi darajali unvonlar beriladi:

2-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori;

3-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori o‘rinbosarlari;

adliya  katta  maslahatchisi  —  Byuro  markaziy  apparati  boshqarma  va  bo‘lim  boshliqlari,  Byuroning  Axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy  etish  markazi  direktori  (keyingi  o‘rinlarda  —  Markaz),  Byuroning  hududiy  boshqarma

boshliqlari;

adliya maslahatchisi — Byuro direktori yordamchisi, boshqarma va bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari, Byuroning markaziy

apparati  bosh  surishtiruvchisi,  bosh  taftishchisi,  bosh  inspektorlari,  Markaz  direktori  o‘rinbosari,  bo‘lim  boshliqlari,  Byuroning

hududiy boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari, Byuro hududiy boshqarmalarining bo‘lim boshliqlari, jamoatchilik bilan aloqalar

va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektorlari, ichki xavfsizlikni ta’minlash sho‘basi katta inspektorlari, Byuro tuman (shahar)

va tumanlararo bo‘lim boshliqlari — katta davlat ijrochilari;

adliya kichik maslahatchisi — Byuro markaziy apparati katta surishtiruvchilari, katta inspektorlari, Markaz dasturchilari,

ma’murlari,  muhandislari,  sho‘ba  mudirlari,  axborot  texnologiyalari  mutaxassisi,  Byuro  hududiy  boshqarmalarining  katta

surishtiruvchilari,  surishtiruvchilari,  katta  inspektorlari,  inspektorlari,  bosh  taftishchilari,  katta  taftishchilari,  axborot

texnologiyalari mutaxassislari, tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlari;

1  va  2-darajali  yurist  —  Byuro  tuman  (shahar)  bo‘limlari  davlat  ijrochilari,  surishtiruvchilari,  qidiruv  bo‘yicha  katta

inspektorlari, murojaatlar bilan ishlash katta inspektorlari;

3-darajali yurist — birinchi marta attestatsiyadan o‘tgan va lavozimga tayinlangan xodimlarga beriladi.

Ushbu Nizomning 67-bandida sanab o‘tilgan xodimlarga lavozimidan qat’i nazar, darajali unvonlar o‘z vaqtida beriladi”;

o) 24-bandda:

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Boshqa darajali unvonlar Byuro direktorining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan beriladi”;

uchinchi xatboshidagi “Byuro va Inspeksiyaga” so‘zlari “Byuroga” so‘zi bilan almashtirilsin;

p) 32-bandda:

o‘ninchi  xatboshidagi  “Majburiy  ijro  byurosining”  so‘zlari  “O‘zbekiston  Respublikasi  prokuraturasining”  so‘zlari  bilan

almashtirilsin;

o‘n ikkinchi xatboshidagi “Byuro direktori” so‘zlari “Bosh prokuror” so‘zlari bilan almashtirilsin;

r) 34-bandda:

ikkinchi  xatboshidagi  “Byuro  direktori,  Inspeksiya  boshlig‘i,  Byuro  va  Inspeksiyaning  hududiy  boshqarma  boshliqlari”

so‘zlari “Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan almashtirilsin:

1

1



“Qimmatbaho sovg‘a, Faxriy yorliq bilan taqdirlash, navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni

belgilangan muddatdan oldin yoxud egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar berish, “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasining

Faxriy  xodimi”,  I,  II,  III  darajali  “A’lo  xizmatlari  uchun”  ko‘krak  nishoni,  shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori

hamda  Davlat  muassasalari  va  jamoat  xizmati  xodimlari  kasaba  uyushmasi  Respublika  kengashining  Faxriy  yorlig‘i  bilan

mukofotlash Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi”;

s)  35   va  40-bandlar,  41-bandning  ikkinchi  xatboshisi,  43-band,  44-bandning  birinchi  xatboshisi,  44 -banddagi  tegishli

kelishikdagi “Inspeksiya boshlig‘i” so‘zlari chiqarib tashlansin;

t) 38-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Byuro  direktori,  Byuroning  hududiy  boshqarmalari  boshliqlari  bo‘ysunuvidagi  xodimlarga  nisbatan  hayfsan  va  jarima

shaklidagi  intizomiy  jazolarni  qo‘llashlari  mumkin.  Bundan  tashqari,  ular  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  holatlardagi

kelishish  tartibiga  rioya  qilgan  holda  xizmatga  qabul  qilish  va  lavozimiga  tayinlash  o‘z  vakolatiga  kiruvchi  xodimlarning

lavozimini pasaytirishi yoxud xizmatdan bo‘shatishi mumkin”;

u) 45-bandda:

uchinchi xatboshidagi “Inspeksiyada” so‘zlari chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

f) 48-bandda:

birinchi xatboshidagi “va Inspeksiya” so‘zlari chiqarib tashlansin;

ikkinchi  xatboshidagi  “Inspeksiya  boshlig‘ining  o‘rinbosarlari,  Byuro  va  Inspeksiya  hududiy  boshqarmalari  boshliqlari,

shuningdek  Byuroning,  Inspeksiyaning  markaziy  apparatlari”  so‘zlari  “hududiy  boshqarmalari  boshliqlari,  shuningdek

Byuroning markaziy apparati” so‘zlari bilan almashtirilsin;

x) 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“49.  Kadrlar  zaxirasiga  nomzodlar  Byuro  direktori,  uning  o‘rinbosarlari,  Byuro  markaziy  apparati  tarkibiy  tarmoqlari

rahbarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari, shuningdek prokuratura organlari, Byuro attestatsiya komissiyalari tomonidan

taqdim etiladi.

Mas’uliyatli, malakali va tajribali xodimlarning xizmat pog‘onasida yuqorilab borishini ta’minlash maqsadida Byuroning

kadrlar  boshqarmasi  tomonidan  ichki  xavfsizlikni  ta’minlash  boshqarmalari  va  Byuroning  boshqa  tuzilmalari  bilan  birgalikda

kadrlar zaxirasiga nomzodlarni xolisona tanlash, ularni o‘rganish hamda kasbga tizimli ravishda tayyorlash amalga oshiriladi”;

ts) 50-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Byuro va uning hududiy boshqarmalarining rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasi tegishlicha Byuro va uning hududiy

boshqarmalarining hay’atlarida tasdiqlanadi”;

ch)  53-bandning  birinchi  xatboshisidagi  “Inspeksiya  xodimlari  xizmat  avtotransporti  va  maxsus  vositalar  bilan”  so‘zlari

chiqarib tashlansin;

sh) 55-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“55. Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish

jamg‘armasi  mablag‘lari,  shuningdek  qonun  hujjatlari  bilan  taqiqlanmagan  boshqa  manbalar  hisobidan  Bosh  prokuror

tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;

e) 56-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“56. Xodimlarga davomiyligi o‘ttiz kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. O‘n yildan ortiq ish stajiga

ega bo‘lgan xodimlarga davomiyligi besh kalendar kun, o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga davomiyligi o‘n kalendar

kun,  yigirma  yildan  ortiq  ish  stajiga  ega  bo‘lganlarga  esa  davomiyligi  o‘n  besh  kalendar  kun  haq  to‘lanadigan  qo‘shimcha  ta’til

beriladi”;

yu) 63-bandda:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“63. Byuroda xizmatni o‘tash xodim ishdan bo‘shatilganda tugatiladi”;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bosh prokuror, Byuro direktori va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan”;

oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bosh  prokuror,  Byuro  direktori  va  hududiy  boshqarmalari  boshliqlarining  tashabbusi  bilan  xizmat  o‘tashni  tugatish

uchun quyidagilar asos bo‘ladi”;

o‘n ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“xodimning Byuroda xizmatda bo‘lishining eng yuqori yoshiga yetishi”;

ya) 64-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan, yuqori kasbiy tayyorgarlik va egallab turgan lavozimida katta amaliy ish

tajribasiga ega, zimmasiga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon beradigan xodim o‘z vakolatlari doirasida

Bosh prokuror yoki Byuro direktorining roziligi bilan Byuroda xizmatni davom ettirishi mumkin”;

ya )  66-bandning  birinchi  xatboshisidagi  “Byuro  direktori,  Inspeksiya  boshlig‘i”  so‘zlari  “Bosh  prokuror”  so‘zlariga

almashtirilsin;

ya ) 72-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“72. Byuro va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnat nizolari Bosh prokuror va Byuro direktori tomonidan ko‘rib chiqilishi

mumkin”;


ya ) nizomning ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni

o‘tash to‘g‘risidagi nizomga 

ILOVA


Download 271,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish