Sud buyrug’ini chiqarish bo’yicha talablar reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Fuqarolik protsessual huquqining tizimi



Download 50,47 Kb.
bet8/9
Sana29.05.2022
Hajmi50,47 Kb.
#616298
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fuqorlik Alibekovga

Fuqarolik protsessual huquqining tizimi
Fuqarolik protsessual huquqining barcha qoidalari bir biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning yaxlit tizimini tashkil qiladi. Ushbu tizimda umumiy va maxsus ahamiyat kasb etuvchi normalar majud bo‘lib, ular birgalikda fuqarolik protsessual huquqining tizimini hosil qiladi. Protsessual normalar sud ishlarini yuritish turlari hamda fuqarolik protsessining barcha bosqichlari uchun umumiy bo‘lgan normalarga ajratiladi. Ular fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalarini aniqlaydi, fuqarolik protsessi prinsiplarini mustahkamlaydi, fuqarolik ishlarida ishtirok etuvchi shaxslar doirasini, dalillar, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari, chaqiruvlari va hokazolarni belgilaydi.
Fuqarolik protsessual huquqining umumiy qismida Fuqarolik protsessual kodeksining “Umumiy qoidalar” deb nomlangan birinchi bo‘limida fuqarolik sud ishlarini yuritishning prinsiplari, sud tartibi, sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish, sudga taalluqlilik va sudga tegishlilik, fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, sudda vakillik, dalillar, da’voni ta’minlash, ish yuritishni to‘xtatib turish, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, sud xarajatlari, protsessual majburlov choralari, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari va chaqiruvlari, kelishuv bitimini tuzish kabi institutlar nazarda tutilgan.
Fuqarolik protsessual huquqining maxsus qismi – protsessning turli bosqichlarini (birinchi instansiya sudida ish yuritish, sud qarorlari ustidan shikoyat berish va ularni qayta ko‘rish, sud hujjatlarini ijroga qaytarish) tartibga soluvchi, shuningdek fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtiroki masalasini nazarda tutuvchi normalar yig‘indisidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, maxsus qismda fuqarolik ishlarining ayrim turkumlarini ko‘rish, hal qilish uchun va fuqarolik jarayonining ayrim bosqichlari uchun maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy me’yorlar bayon etiladi.1
Fuqarolik protsessual huquqining yuqorida bayon etilgan tizimi o‘zida Fuqarolik protsessual kodeksining tuzilishini belgilab beradi.
Fuqarolik protsessual huquqi mamlakatimiz huquq tizimining tarkibiy qismi sifatida huquqning aksariyat tarmoqlari bilan o‘zaro aloqador hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolik protsessual huquqi moddiy huquq bilan uzviy aloqada bo‘lib, o‘z navbatida moddiy huquq normasida nazarda tutilgan majburiyatlar boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilmagan taqdirda huquqni sud orqali himoya qilishning, boshqacha qilib aytganda, fuqarolik, mehnat, oila, ma’muriy va boshqa majburiyatlarni majburiy ravishda amalga oshirishning muhim shakli sifatida e’tirof etiladi. Undan tashqari, sud yuzaga kelgan fuqarolik ishini moddiy huquq normasi asosida hal etadi. Biroq moddiy va protsessual huquq sohalari o‘zaro mustaqil va tartibga solish predmeti va uslubiga ko‘ra turlicha hisoblanadi. Masalan, muayyan munosabat, xususan mulkiy, shaxsiy nomulkiy, mehnat, oila va boshqa sohadagi ishtirokchilarning
xatti-harakatlari moddiy-huquqiy sohani tartibga solishning predmeti hisoblanadi.
Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur prinsip O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 7-moddasida ham mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov faqat sud tomonidan, FPKda belgilangan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qonun va sud oldida tenglik prinsipi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, FPKning 8-moddasi va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning
6-moddasida belgilangan. Unga ko`ra, qonun va sud oldida tenglik prinsipi odil sudlovni amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan, tashkilotlarning esa tashkiliy-huquqiy shaklidan, mulkchilik shaklidan, joylashgan yeri, shuningdek boshqa holatlardan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
Sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi prinsipi. Mazkur prinsip O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
112-moddasida, FPKning 9-moddasida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 9-moddasiga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud- huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4850-son, 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-son va 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini sud tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4966-son Farmonlarining qabul qilinishi sudyalarning mustaqilligini mustahkamlashda va ularning ijtimoiy jihatdan muhofaza qilishni kuchaytirishda, odil sudlovni sifatini oshirishda hamda sudya kadrlarni tanlash va ularni tayinlash (saylash)da, sudyalikka qo‘yilgan talablarni samarali tizimini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Sudyalarning mustaqilligi prinsipining amal qilishi odil sudlovning fuqarolar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning, ular o‘rtasidagi nizolarni hal etishning samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Sud ishlari yuritiladigan til prinsipi. Mazkur prinsip O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, FPKning 11-moddasi hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 11-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritiladi. Sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxslarga ishga taalluqli materiallar bilan o‘z ona tilida to‘liq tanishib chiqish, sudda ona tilida yoki o‘zi biladigan boshqa tilda so‘zlash, ko‘rsatuv va tushuntirishlar berish, arz bilan murojaat etish, iltimosnomalar taqdim etish, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan tartibda tarjimonning xizmatlaridan foydalanish huquqi ta’minlanadi. Ishda ishtirok etuvchi va sud ishlari yuritiladigan tilni bilmaydigan shaxs ishdagi sud hujjatlari berilishini so‘rab yozma ariza bilan murojaat etgan taqdirda, unga sud hujjatlari uning ona tiliga yoki u biladigan boshqa tilga tarjima qilib topshiriladi.
Sud ishlari yuritiladigan til prinsipi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslarga jarayonning tushunarli, shu bilan birga sudda ish ko‘rishning tarbiyaviy xarakterda bo‘lishini ta’minlaydi. Sud ishlari yuritiladigan til prinsipiga rioya etilishi ish holatlarini to‘g‘ri aniqlashiga qonuniy, asosli hal qiluv qarori chiqarilishiga ko‘maklashadi. Sud ajrimlari hal qiluv qarorlaridan farqli o‘laroq, sud muhokamasi davrida, qaror chiqarilganidan keyin, hatto ijro bosqichidagi turli protsessual masalalarni hal qilish bo‘yicha chiqarilishi mumkin. Undan tashqari, chet davlatga nisbatan da’vo taqdim etish, da’vo ta’minlanishi va undiruv (FPKning 362-moddasi), chet davlat sudlarining sudga doir topshiriqlarini ijro etish va O‘zbekiston Respublikasi sudlarining chet davlat sudlariga topshiriq bilan murojaat qilish (FPKning 363-moddasi), chet davlat sudlarining va chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish hamda ijro etish (FPKning 364-moddasi) masalalari ham sud ajrimlari bilan hal etiladi.Shunday qilib, birinchi instansiya sudi tomonidan chiqariladigan ajrim ishni mazmunan hal qilmaydigan qaror hisoblanadi.

Xulosa
Protsessual hujjatlar protsessual huquq normalariga qat'iy rioya va berilgan huquqiy munosabatlar qo'llaniladigan, yoki foydalanishga asoslangan bo'lib, ayrim hollarda, qonun o'xshash munosabatlarni tartibga soluvchi, yoki umumiy tamoyillar va qonun ma'nosi kelgan mustaqil huquq normalariga, qat'iy muvofiq topshirilishi kerak. Protsessual hujjatlar kerak emas, ularning dolzarb va maqbulligi, yoki taniqli holatlar to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga isbot auditorlik huquqni muhofaza dalil tomonidan tasdiqlangan, hozirgi ishi faktlarga tegishli aksini lozim isbot kerak, va hatto agar to'plami kelib chiqadigan har tomonlama xulosa mavjud faktlar. Hujjatda 3 ta element mavjud. Huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan shartlar, ishning huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan sharoitlarini belgilovchi va oqlaydigan dalillar, dalillarni o'rganish bilan tasdiqlangan belgilangan holatlar tahlili natijalari. Protsessual hujjatda huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan faktlar to'g'risida to'liq ma'lumot bo'lishi kerak. Istisno: jinoyat protsessida fuqarolik harakati. Protsessual hujjatning maqsadiya'ni, sudga yuborilgan ushbu talab sud qarorida, sud ajrimida, chiqarilish qarorida, yakuniy olib tashlash uchun asos bo'lgan faktlarning mavjudligi yoki yo'qligining tushuntirilishi. Protsessual hujjatning tarkibiy qismida va uning alohida bo'limlarida dalillar qat'iy mantiqiy ketma-ketlikda ko'rsatilishi kerak. har bir keyingi holat tabiiy ravishda avvalgi holatidan kelib chiqadi va olingan xulosalar asosli va to'liq asoslanishi kerak.Hujjatlar aniqlik, savodxonlik ya'ni, hujjatli matnning maksimal qisqaligi; hujjat tarkibida noaniq, uzun so'zlar yo'qligi, hujjatning mazmunini o‘zbek tili qoidalari bo'yicha to'g'ri taqdim etish lozimligi ham ahamyatga molik hisoblanadi.


Download 50,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish