Ushbu oblast materiklaming sharqiy gumid hududlarini egallagan bo'lib, yiliga 1000 mm
dan 2500 mm gacha yog'in yog'adi. Asosan Shimoliy yarim sharda Shimoliy Amerikada
AQSHning janubi-sharqiy shtatlarida va Sharqiy Osiyoda Xitoyning janubi-sharqiy
viloyatlarida, Tayvan orolida, Yaponiyaning janubida,shuningdek, Kaspiy dengizining
janubi-g'arbiy sohilidagi Lenkoran (Ozarbayjon) shahri atroflarida tarqalgan.Janubiy
yarim sharda janubiy Amerikada, ya’ni Braziliyaning janubi, Urugvay, Paragvay,
Avstraliyaning bir qismi, Yangi Zelandiyaning shimoliy qismlarini qamragan. Tuproq
qoplamida q izil va sariq tuproqlar asosiy o'rinni egallasa-da, Janubiy yarim shaming
nisbatan namgarchilik kam bo'lgan (800-1000 mm) hududlarida q i z g ‘ish qora
tuproqlar ham tarqalgan.Qizil va sariq tuproqlar tarqalgan hududlarda asosan
avgitporfiritli tub jinslar ko ' p tarqalgan. Bular yuzasida qizil tusli elyuviy, delyuviy,
prolyuviy va allyuviy yotqiziqlari to'plangan bo‘ladi. Tahlillar ona jins tarkibida temir
oksidlari ko‘p va kaolinitlar yo‘qligini ko‘rsatadi (Bahodirov, Rasulov, 1975,309-b.).
Qizil tuproqlar asosan andezitli otqindi jinslaming ferrolitli nurash po‘stlari va ulaming
qayta yotqizilishidan shakllanadi.Sariq tuproqlar esa asosan parchalanishi qadimgi dengiz
terrasalari va ularga tutashgan tog' yonbag*irlarida elyuvial loyli slanets va loylarda
shakllangan. Ulaming qizil tuproqlardan asosiy farqi . ferralitning kamligi hamda
cho'kindi jinslarda paydo boflishdir. Qizil va sariq tuproqlar uchun suv bilan yuvilish
tartibi va kislotali reaksiya xarakterlidir. Ulaming ustki qatlamida gumus miqdori uncha
ko‘p emas hamda qatlam unchalik qalin bo‘lmaydi. QizgMsh qora tuproqlarning gumus
qatlami qalin (50-60 sm), gumus miqdori esa 10 % va undan ham ortadi. Bu tuproqlar
asosan sernam iqlimli o ‘rmonlarda paydo bo‘lgan. Janubiy Amerika qizil tuproqlari igna
bargli va igna bargliaralash o'rmonl ar ostini egallagan, qizg‘ish qora tuproqlar esa baland
bo‘yli o ' t o'simliklari bilan band bo'lgan subtropik pampalarda shakllangan.
Avstraliyaning ushbu oblasti uchun t o g ' l i relyef xarakterli va tuproq qoplamida sariq
va sarg ‘ish - qo ‘ng 4r tuproqlar ustuvor.
S u b t ro p i k kserofit - o ' r mon va b u t a - d asht oblasti Mazkur oblast hamma
materiklarda tarqalgan bo'lib, O'rta dengiz bo'yi, Kichik Osiyo, Kavkazortining markaziy
qismlari, Janubiy va Sharqiy Osiyo (Hindiston, Pokiston, Myanma, Xitoyning j uda katta
maydonlari), Shimoliy Amerika (Texas, Nyu-Meksika, Arizona, Kalifomiya shtatlari),
Avstraliya, Janubiy Afrika (Kalaxari cho'lining janubi) va Janubiy Amerikani o ' z
ichiga
oladi. Ulaming barchasi murakkab t e l y e f tuzilishiga ega b o'li b, tog' tizmalari, yassi
tog'liklar, plato va tog' oralig'i botiqlarining almashinib kelishi xarakterli. Shu bois katta
hududlarda gorizontal tuproq zonalari namoyon bo'lmay, tog' balandlik mintaqalari
hukmronligi yaqqol ifodalangan. Tuproq qoplamida jigarrang va sur jigarrang tuproqla
keng tarqalgan. U yoki bu guruh tuproqlari orasida o'zi ga xos qora subtropik tuproqlar
ham muhim o'rin tutadi Jigarrang va sur ji garrang tuproqlar asosan sial - karbonatli
nurash po'stida shakllangan bo'lsa-da, jigarrang tuproqlar past bo'yli siyrak kserofit
o'rmonlar ostida, sur jigarranglari esa butali subtropik dashtlar ostida uchraydi.
Avstraliyada jigarrang tuproqlar quruq evkalipt o'rmonlar ostida, O ' r t a dengiz
mamlakatlarida boshoqli o ‘tlar bilan qoplangan dag‘al bargli doimiy yashil butalar
(makvis) yoki bargini t o ‘kuvchi butalar (shiblyak) ostida rivojlanadi. Ular uchun
mavsumiy nam sharoitda suv bilan yuvilmaslik tartibi xarakterlidir. Jigarrang
tuproqlarda gumus miqdori 5-8 % ni tashkil etadi, reaksiyasi meyorga yaqin. Sur
jigarrang tuproqlar jigarrang va bo‘z tuproqlar o ‘rtasidagi o ‘tkinchi holatni egallaydi.
Ular jigarrang tuproqlardan kesmasining kam loylashganligi hamda gumus miqdorining
unchalik ko‘p emasligi (2-4 %) bilan farqlanadi. Bundan tashqari ular o ‘rtasidagi
tafovutning asosi gidrotermik tartib hisoblanadi. Qora subtropik tuproqlar asosan yassi,
yuzasi kam o ‘yilgan tekisliklar yoki botiqlarda rivojlansa-da, ba‘zan daryo vodiylari
va dengiz bo‘yi terrasalarida ham uchraydi. Ba‘zilar ushbu tuproq genezisi va
rivojlanishi gidromorf bosqich bilan bog‘liqligini qayd etsalar-da, ular avtomorf
sharoitlarda ham uchraydi. Ularda gumus miqdorining ko‘pligi, suv bilan yuvilmaganlik
tartibi va loyli karbonat qatlamining mavjudligi uni qora tuproqlarga yaqinlashtiradi.
Biroq, qurg‘oqchil issiq mavsumda j uda qattiqlashadi va yuzasi yoriladi, namgarchilikda
esa j uda bo‘kib ketishi va boshqa xususiyatlari bilan tipik qora tuproqlardan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: