0 ‘rta Osiyoning janubiy hududlari ham mazkur oblast tarkibiga kiradi. Bu hududlarda
sial karbonatli, ko‘pincha sho‘rlangan va dag‘al tarkibli nurash po‘sti katta maydonlami
egallaydi. Hududning 3/4 qismini subtropik cho‘llaming sodda va kam rivojlangan
tuproqlari ishg‘ol etgan. Shuning uchun 75 % maydoni tosh va chag‘ir toshli cho‘l
tuproqlari, qum va qumloqlardan iborat bo‘lib, qolgan 25 % maydonlardagina bo‘z
tuproqlar tarqalgan. Tuproqlarning turlicha boMishida litologik geomorfologik
sharoitlaming xususiyatlari hal qiluvchi rol o‘ynaganligi ma’lum. Hammasidan ko‘proq
cho‘llaming toshloq va toshloq loyli tuproqlari keng tarqalgan. Ayniqsa, Osiyoning
toshloq cho‘llarida sur - qo'ng'ir c h o 'l tuproqlari rivojlangan. Subtropiklaming qumli
cho‘llari toshloq loyli cho‘llarga nisbatan kichikroq maydonlami egallaydi. Qumli
cho‘llarda qum marzalari, do‘ng qumlari kabi relyef shakllari keng tarqalgan bo‘lib, ular
turli darajada o ‘simliklar bilan qoplangan (mustahkamlangan), ana shular ostida qumli
cho 7
tuproqlari shakllanadi. K o ‘chib yuruvchi barxan qumlar unchalik katta b
o‘lmagan maydonlami egallaydi. Asosiy tipik bo ‘z tuproqlar tog‘oldi va tog‘laming
pastki qismlaridagi lyossimon yotqiziqlar va lyosslarda shakllanadi. Bulardan tashqari
cho‘l oblasti tuproq qoplami tuzilmasida s h o ‘rxoklar va taqirlar ham muhim o ‘rin
tutadi (yuqoridagi tuproqlarning genezisi va xossalariga oid ma’lumotlarga VII. 7.2.
bandda kengroq t o ‘xtalingan). Subtropik semam о ‘rmon oblastida yetakchi qishloq
xo‘jalik tarmoqlari - choychilik, subtropik mevachilik (limon, apelsin, mandarin, xurmo,
anjir, anor va b.) hisoblanadi. Yana shuningdek, uzum, efirmoyli v a dorivor o ‘simliklar
yetishtirish ham rivojlangan. Subtropik kserofit - о ‘rmon va buta - dasht oblastida
yuqoridagi mevalardan tashqari vinochilik, ipakchilik, asalarichilik hamda turli boshoqli
(bug‘doy, makka va b.), sabzavot va yemxashak ekinlari yetishtirish rivojlangan.
Dehqonchilik sug‘orma va lalmi tarzda amalga oshiriladi. Cho‘l zonasida hududning 76
% maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanilsa-da, shuning atigi 1,7 % i haydaladigan
yerlar, 0,1 % i yem-xashakka mo‘ljallangan, 74 % i esa yaylovlarga t o ‘g ‘ri keladi.
Tog‘oldi chala cho‘l zonasining 69 % i qishloq xo‘ja lik yerlari bo‘lib, shuning 18 %
maydoni sug‘oriladigan yerlar, 0,7 % i yem xashakka mo‘ljallangan, 46 % i yaylovlarga t
o ‘g‘ri keladi. Asosiy qishloq xo‘j a l i k tarmog'i - paxtachilikdir. Umuman subtropik
mintaqaning dehqonchilikda o'zlash tirilganlik darajasi 17 % bo‘lib, eng ko‘p
haydaladigan tuproqlar qurg‘oqchil va semam oblastlardagi jigarrang, qizil va sariq, qora
subtropik hamda qayir tuproqlari hissasiga to‘g ‘ri keladi. Nil, Dajla, Furot, Hind,
Amudaryo kabi daryo vodiylarid