Munis zamonasining mashhur olim, shoir va sanʼatkorlari bilan yaqin aloqada boʻlib, oʻzini ilm-fan, maʼrifatga bagʻishladi. Oʻzidan ilgari yashagan shoir va tarixchilarning asarlarini ishtiyoq bilan oʻrganadi. Bu hol Munisning quyidagi sheʼrida yaqqol koʻzga tashlanadi: - Munis zamonasining mashhur olim, shoir va sanʼatkorlari bilan yaqin aloqada boʻlib, oʻzini ilm-fan, maʼrifatga bagʻishladi. Oʻzidan ilgari yashagan shoir va tarixchilarning asarlarini ishtiyoq bilan oʻrganadi. Bu hol Munisning quyidagi sheʼrida yaqqol koʻzga tashlanadi:
- Voliyi mulki tariqat gar Nizomiydur manga,
- Manzili maʼniga Xizri roh Jomiydur manga.
- Xotirimgʻa Xisraviydin har zamon shoʻre yetib,
- Banda davronning bari shirin kalomidur manga.
- Pir Ansoriy soʻzidan choshni nutqum topib,
- Soʻzda hosil sharbati yuhyal Nizomiydur manga.
- Hofizi Sheroz, Lutfiydin taraqqiylar topib,
- Jilvagoh aqli tasavvufning maqomidur manga.
- Yuzima Attor har lahza doʻkoni fayz ochib,
- Doim andin atrparvar jon mashomidur manga.
- Fayzi Firdavsiy gahi qoʻnglum ochib firdavsdek,
- Goh Xoqoniy futuhining payomidur manga.
- Goh taʼbim Anvariy nuri bila ravshan boʻlub,
- Goh Saʼdiy jomining fayzi mudomidur manga.
- Topibon ishqi Iroqiydin zamirim nashʼayi,
- Hosil ahli ishqning shoʻri tamomi dur manga.
- Nusxai taʼyid Bediddin topib, Fayzi suxan,
- Maʼni ichra nomayi Iqbol nomidur manga.
- Qilsa hosil daxp bejo soʻz aro yoʻqdir gamim,
- Kim bu maʼnida Navoiy ruhi homiydur manga.
- Tong emas, Munis, agar boʻlsam Kiromiy qadrikim,
- Ustozi zohiru botin – Kiromiidur manga.
Bu gʻazalda keltirilgan maʼlumotdan Munisning qator sharq mumtoz shoirlarining ijodidan bahramand boʻlganligi koʻrinib turibdi. Munis yoshligidanoq sheʼr yozish bilan mashgʻul boʻlgan va oʻzidan ilgari oʻtgan tarixchilarning asarlarini zoʻr havas bilan oʻrgangan. Shoir birinchi yoshlik devonini 1804 yilda tuzdi. 1813 yilda barcha sheʼrlarini toʻplab “Munis ul-ushshoq” deb nomlangandevon tuzdi. - Bu gʻazalda keltirilgan maʼlumotdan Munisning qator sharq mumtoz shoirlarining ijodidan bahramand boʻlganligi koʻrinib turibdi. Munis yoshligidanoq sheʼr yozish bilan mashgʻul boʻlgan va oʻzidan ilgari oʻtgan tarixchilarning asarlarini zoʻr havas bilan oʻrgangan. Shoir birinchi yoshlik devonini 1804 yilda tuzdi. 1813 yilda barcha sheʼrlarini toʻplab “Munis ul-ushshoq” deb nomlangandevon tuzdi.
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Sharq qoʻlyozma asarlar fondida Munis devonlarining bir necha qoʻlyozma nusxalari saqlanmoqda. Ulardan1330-raqamli qoʻlyozma Munis 27 yoshga kirgan vaqtda 1804–1805 yili shoir tarjimai holidan koʻchirilgan. Devon oxirida quyidagi toʻrtlik keltirilgan:
- Qo’qon xonligining savdo va hunarmandchilik markazlaridan bo’lgan Qo’qon, Marg’ilon, Andijon, Namangan, Urganch, Baliqchi shaharlari o’z davrida madaniyati markazlari ham edilar. Masalan, Qo’qon 40 ta madrasa, 120 ta maktab, Marg’ilonda 10 ta madrasa, 80 ta maktab bo’lgan. Xassos shoir va davlat arbobi amir Umarxon (1810-1822), uning umr yo’ldoshi, mashhur shoira Nodirabegimlarning o’zlari ijodkor bo’lganliklari tufayli, Qo’qon adabiy muhiti vujudga kelgan. Ularning sayi-harakatlari tufayli saroyga iste’dodli shoirlar, adabiyotshunoslar, tarixchilar to’plangan edilar. Amiriy Bokixon to’ra, Gulxaniy, YOriy, Zavqiy, Zoriy, Maxjub, Maxmur, Mushrif, Nizomiy, Nodir, Nozil, oziylar shu adabiy muhitning gultojilari bo’lmish Dilshod, Nodira, Uvaysiylar o’z davrida samarali ijod qilganlar.
- Fazliy Namangoniyning «Majmuat ush-shuaro», Qori Raxmatullo Vozexning «Tuxmat ul-axbob fi tazkirat ul-ashob» tazkiralarida 200 nafarga yaqin shoir va olim ijodiga to’xtab o’tiladi. Ana shu adabiy jamoani amir Umarxonning o’zi boshqargan. U barcha shoir, adib, musavvir, hattot va musiqa bilimdonlariga homiylik qilgan. Uning xukumronligi davrida ko’plab masjid, madrasa, maktablardagi kitoblar iste’dodli davrida ko’plab masjid, madrasa, maktablardagi kitoblar iste’dodli hattotlar tomonidan ko’chirilgan.
- Qoʻqon adabiy muhiti. “Tazkirai Qayumiy”dagi materiallar tasnifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |