Strukturaviy tilshunoslik



Download 198,17 Kb.
bet43/62
Sana31.12.2021
Hajmi198,17 Kb.
#267871
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62
Bog'liq
Strukturaviy tilshunoslik

Jalil  aka  deraza  tagida  yotardi(1).  To’shakda(2).  Bolishi  baland(3)  Unga 

suyanib,  boshini  ko’tarsa,  bog'ni  ko’radi(4).  O’zi  obod  qilgan  bog'u(5).   

(Sh.Xolmirzayev). 

Bu  matn  parchasi  beshta  gapdan  tashkil  topgan.  1-gap  asos,  2-gap  parsellyat. 

Asosdagi  o’rin  hoii  konkretlashtirilmaganligi  uchun  parsellyat  bo’lak  sifatida 

ajratilgan.  3-parsellyat  gap  ham  asosdagi  o’rin  holini  ta'kidlashga  xizmat  qiigan. 

Shuningdek,  4-gap  bifan  1-gap  o’rtasidagi  aloqani  zichlashtirgan.  Ya'ni,  qahramon 

deraza  tagida  yotibdi.  To’shakda  yotibdi.  Baland  bolishli  to’shakda  yotibdi.  Unga 

suyansa  o’zi  obod  qilgan  bog'ni  ko’radi.  5-gap  4-gapning  parsellyati  hisoblanadi. 

Ya'ni asos(4)dagi to’ldiruvchi(bog')ni aniqlashga xizmat qilgan. 

4.  Nominativ  (atov)  va infinitiv gaplar ham  matnni shakllantiruvchi sintaktik 

birliklar  hisoblanadi.  Atov  gaplar  biror  narsa-buyumning  mavjudligini  tasdiqlaydi 

yoki  ko’rsatadi.  Atov  gaplar  matnda  yolg'iz  qo’llanmaydi,  ulardan  keyin  atov  gap 

mazmunini ochuvchi,  tavsiflovchi  boshqa gap  yoki  gaplar keltiriladi.  Natijada  matn 

hosil  bo’ladi.  Masalan:  Bugun  bayram.  Ko’chalar  gavjum.  Sho’x-sho’x  kuylar 



yangraydi. Guras-guras odamlar o’tadi. o’yin-kuigi, shodon shovqin bahor osmonini 

titratadi (O’. Hoshimov). 

Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so’z 

yoki  bir  necha  so’zdan  iborat  bo’lgan  gaplardir:  Kutish!  Soniyalar  daqiqalarga, 


daqiqalar  soatlarga  aylanadigan  bekat  «Bunday  gaplar  mazmunan  ish-harakatni 

atab,  shu  ish  munosabati  bilan  ajablanishni,  shodlanishni  va  shunga  o’xshash 

holatlarni, shunga bog’langan hayajonlarni bildiradi ».  

 

5.  Murojaat  birliklari  va  ularning  matnni  shakllantirish  imkoniyatlari. 



Murojaat  birliklari  kundalik  hayotimizda,  nutq  faoliyatida  keng  qo’llaniladigan, 

o’zaro aloqa aralashuvga faol xizmat qiladigan, so’zlovchining tinglovchiga bo’lgan 

munosabatini  ifodalaydigan,  o’ziga  turli  modal  ma’nolarni  tashiydigan  o’tkir, 

ta’sirchan vositadir. Mumtoz badiiyat ilmida murojjat birliklari nido va iltifot san'ati 

doirasida  o’rganilgan.  Murojaat  birliklaridan  nutqda  tinglovchi  e'tiborini  tortish, 

xitob qilish, undash kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birlilarda so’zlovchi va 

tinglovchi  o’rtasidagi  turli  kommunikativ

 

munosabatlar  ifodalangan  bo’ladi. 



Misollar;  -  Malikam,-  debdi  jahl  otiga  minib.  -  Sizga  ruxsat!  Saltanat  xazinasidan 

o'zingiz  uchun  eng  qimmatli  narsani  oling-da  yurtingizga  jo’nang!  (O’.  Hoshimov) 

Hoy, ovsar! Bosar-tusaringni bilmay qolding-ku!

 

(S.Ahmad). Oyisha, Oyisha, Oyisha 



ona,  Nechun  ko’zlaringdan  oqar  marjon  yosh.  (A.Oripov)  Keltirilgan  birinchi 

misoldagi “malikam” murojaat birligi muloqot maqsadi uchun "tramplin» vazifasini 

bajarmoqda.  Ikkinchi  gap  tarkibidagi  “ovsar”  murojaat  birligi  kommunikantlar 

o’rtasidagi  shaxsiy  munosabatni  (kamsitish  haqorat)  oshkora  ifodalash  orqali 

konnotativ vazifani bajargan. Uchinchi gapda so’zlovchining emotsional munosabati 

takror  qo’llanuvchi  “Oyisha  ona”  murojaat  birligi  orqali  yana-da  aniq  ifodalangan. 

«Undalmaning  bir  murojaatning  o’zida  takror  qo’llanishi  ma'no  kuchaytirish, 

ta'sirchanlikni  oshirishga  xizmat  qiladi».  Murojaat  birliklarining  badiiy  matndagi 

qo’llanilishini  o’rganishda  kim,  kimga,  nimaga,  qanday  holatda,  qanday  nutqiy 

vaziyatda  murojaat  qilinayotganligiga  e’tiborni  qaratish  kerak  bo’ladi.  Nutq 

qaratilgan  shaxs  yoki  obyekt  (muxotab)ning  nutq  jarayonida  mavjud-mavjud 

emasligi,  murojaatning  ifoda  tarsi,  murojaat  qiluvchining  muxotabga  subyektiv 

munosabati  kabi  omillar  tahlilga  tortilishi  lozim.  Muxotab  ba'zan  o’t-o’lan,  hayvon 

yoki narsa-buyum bo’lishi ham mumkin. Masalan:  




Download 198,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish