Jalil aka deraza tagida yotardi(1). To’shakda(2). Bolishi baland(3) Unga
suyanib, boshini ko’tarsa, bog'ni ko’radi(4). O’zi obod qilgan bog'u(5).
(Sh.Xolmirzayev).
Bu matn parchasi beshta gapdan tashkil topgan. 1-gap asos, 2-gap parsellyat.
Asosdagi o’rin hoii konkretlashtirilmaganligi uchun parsellyat bo’lak sifatida
ajratilgan. 3-parsellyat gap ham asosdagi o’rin holini ta'kidlashga xizmat qiigan.
Shuningdek, 4-gap bifan 1-gap o’rtasidagi aloqani zichlashtirgan. Ya'ni, qahramon
deraza tagida yotibdi. To’shakda yotibdi. Baland bolishli to’shakda yotibdi. Unga
suyansa o’zi obod qilgan bog'ni ko’radi. 5-gap 4-gapning parsellyati hisoblanadi.
Ya'ni asos(4)dagi to’ldiruvchi(bog')ni aniqlashga xizmat qilgan.
4. Nominativ (atov) va infinitiv gaplar ham matnni shakllantiruvchi sintaktik
birliklar hisoblanadi. Atov gaplar biror narsa-buyumning mavjudligini tasdiqlaydi
yoki ko’rsatadi. Atov gaplar matnda yolg'iz qo’llanmaydi, ulardan keyin atov gap
mazmunini ochuvchi, tavsiflovchi boshqa gap yoki gaplar keltiriladi. Natijada matn
hosil bo’ladi. Masalan: Bugun bayram. Ko’chalar gavjum. Sho’x-sho’x kuylar
yangraydi. Guras-guras odamlar o’tadi. o’yin-kuigi, shodon shovqin bahor osmonini
titratadi (O’. Hoshimov).
Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so’z
yoki bir necha so’zdan iborat bo’lgan gaplardir: Kutish! Soniyalar daqiqalarga,
daqiqalar soatlarga aylanadigan bekat «Bunday gaplar mazmunan ish-harakatni
atab, shu ish munosabati bilan ajablanishni, shodlanishni va shunga o’xshash
holatlarni, shunga bog’langan hayajonlarni bildiradi ».
5. Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari.
Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyatida keng qo’llaniladigan,
o’zaro aloqa aralashuvga faol xizmat qiladigan, so’zlovchining tinglovchiga bo’lgan
munosabatini ifodalaydigan, o’ziga turli modal ma’nolarni tashiydigan o’tkir,
ta’sirchan vositadir. Mumtoz badiiyat ilmida murojjat birliklari nido va iltifot san'ati
doirasida o’rganilgan. Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e'tiborini tortish,
xitob qilish, undash kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birlilarda so’zlovchi va
tinglovchi o’rtasidagi turli kommunikativ
munosabatlar ifodalangan bo’ladi.
Misollar; - Malikam,- debdi jahl otiga minib. - Sizga ruxsat! Saltanat xazinasidan
o'zingiz uchun eng qimmatli narsani oling-da yurtingizga jo’nang! (O’. Hoshimov)
Hoy, ovsar! Bosar-tusaringni bilmay qolding-ku!
(S.Ahmad). Oyisha, Oyisha, Oyisha
ona, Nechun ko’zlaringdan oqar marjon yosh. (A.Oripov) Keltirilgan birinchi
misoldagi “malikam” murojaat birligi muloqot maqsadi uchun "tramplin» vazifasini
bajarmoqda. Ikkinchi gap tarkibidagi “ovsar” murojaat birligi kommunikantlar
o’rtasidagi shaxsiy munosabatni (kamsitish haqorat) oshkora ifodalash orqali
konnotativ vazifani bajargan. Uchinchi gapda so’zlovchining emotsional munosabati
takror qo’llanuvchi “Oyisha ona” murojaat birligi orqali yana-da aniq ifodalangan.
«Undalmaning bir murojaatning o’zida takror qo’llanishi ma'no kuchaytirish,
ta'sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi». Murojaat birliklarining badiiy matndagi
qo’llanilishini o’rganishda kim, kimga, nimaga, qanday holatda, qanday nutqiy
vaziyatda murojaat qilinayotganligiga e’tiborni qaratish kerak bo’ladi. Nutq
qaratilgan shaxs yoki obyekt (muxotab)ning nutq jarayonida mavjud-mavjud
emasligi, murojaatning ifoda tarsi, murojaat qiluvchining muxotabga subyektiv
munosabati kabi omillar tahlilga tortilishi lozim. Muxotab ba'zan o’t-o’lan, hayvon
yoki narsa-buyum bo’lishi ham mumkin. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |