Strukturaviy tilshunoslik



Download 198,17 Kb.
bet41/62
Sana31.12.2021
Hajmi198,17 Kb.
#267871
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
Bog'liq
Strukturaviy tilshunoslik

Badiiy 

matn 

qismlarini 

bog'lashda 

quyidagi 

leksik-grammatik 

vositalarning alohida ahamiyati bor: 

1.  Takrorlar  yordamida  birikish.  Birinchi  gapda  qo’llangan  ayrim  affikslar, 

so’z,  so’z  birikmasi  yoki  gaplarning  keyingi  komponentlar  tarkibida  takroran 

qo’llanishi orqali matn shakllantirilishi mumkin. Takror usulidan aytilayotgan fikrni 

alohida ta'kidlash, tasdiqlash, kengroq, batafsilroq ifodalash maqsadida foydalaniladi. 

Nutqning ta'sirchanligi ortadi. «Leksik takrorlar, olmoshlar va sinonimlar yordamida 

hosil qilinadigan aloqa zanjirli aloqa, bir xil grammatik formalar bilan boshlanuvchi 

yoki tugallanuvchi komponentlar yiglndisidan tashkil topadigan aloqa parallel aloqa 

deyiladi».  Quyidagi  matnda  grammatik  jihatdan  bir  xil  shakllangan  so’z,  so’z 

birikmasi va gaplar takrorlanib, parallel aloqani yuzaga keltirgan: 

-

Iste'dodsiz iste'dodsizni yomon ko’rsa, nima bo’ladi? 

-

Hech nima bo’lmaydi! 

-

Iste'dodsiz iste'dodlini yomon ko’rsa, nima bo’iadi? 

-

Hech nima bo’lmaydi! 

-

Iste'dodli iste'dodsizni yomon ko’rsa, nima bo’ladi? 

-

Hech nima bo’lmaydi! 

-

Iste'dodli  iste'dodlini  yomon  ko’rsa,  nima  bo’ladi?  -Fojia  bo’ladi! 

(O’.Hoshimov) 

Takrorning  bir  necha  ko’rinishlari  bor,  ular  ham  matn  tashakkulida  uslubiy 

vazifa  bajaradi:  Alliteratsiya,  assonans,  anafora,  epifora  kabilar.  Alliteratsiya  deb 

undosh  tovushlarning  uslubiy  maqsadlarda  takrorlanishiga  aytiladi.  Assonans  esa 

unli tovushlarning takrorlanishidir.  Anafora  deganda so’z  yoki  so’z  birikmalarining 

she’riy  misralar  boshida  takrorlanishi  tushuniladi.  Epiforada  esa  misralar  oxiridagi 

so’z yoki qo’shimchalarning takrorlanishi nazarda tutiladi. Bularning bari matnning 

kompozitsion butunligi uchun xizmat qiladi. 

Dastlab  takrorianuvchi  birlikning  tarkibiga  ko’ra  o’zgarishli  va  o’zgarishsiz 

takrorlarni farqlab olishimiz kerak. Bu takrorning barcha ko’rinishlari uchun taalluqli 

xususiyat  hisoblanadi.  Takrorlar  qo’llanish  o’rniga  ko’ra  gorizontal  va  vertikal 

takrorlarga  bo’linadi.  Bunday  takrorlar  ayniqsa,  she'riy  matnlarda  o’ziga  xos 

ohangdoriikni  yuzaga  keltiradi.  Shuningdek,  takrorlanuvchi  birlikning  qaysi 

turkumga  mansubligiga  ko’ra  ot  takrori,  sifat  takrori,  olmosh  takrori,  fe'l  takrori 

kabilarga  bo’linadi.  Sintaktik  tabiatiga  ko’ra  so’z  birikmasi  takrori  va  jumla  takrori 

ham  farqlanadi.  Mazkur  birliklarning  joylashish  o’rni  va  o’rtadagi  masofaga  ko’ra 

kontakt  (masofasiz,  yaqin  o’rinli),  distant  (masofali,  uzoq  o’rinli)  takrorlarga 

ajratiladi.  Takrorning  yana  bir  ko’rinishi  xiazm  deb  ataladi.  Xiazm  ikki  qismdan 

iborat bo’lib, ikkinchi qism birinchi qismning teskarisi hisoblanadi: 

Uzun  tunlar  bunchalar  mahzun,  Mahzun  tunlar  bunchalar  uzun...  (I.Mirzo) 

Mumtoz  adabiyotimizda  takrorning  bu  turiga  alohida  san'at  sifatida  e'tibor  beriladi. 

Quyidagi misolda birinchi baytning har bir so’zi ikkinchi baytda o’zgarishsiz holda 

teskari  takrorlangan.  Ham  ohangdorlik,  ham  poetik  jihatdan  mukammal 

kompozitsiya yuzaga kelgan: 

Balodur manga hajring, davodur manga vasling, 

Itobing manga ofat, hadising manga darmon. 

Darmon manga hadising, ofat manga itobing, 

Vasling manga davodur, hajring manga balodur. 


Download 198,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish