Qizg'aldog'im, qirdan bo’lak koshonang yo’q,
Kokii yoysang, yerdan bo’lak toshoynang yo’q. (M.Yusuf)
Yoki:
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo’lib, sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?.. (M.Yusuf)
Tahlilda bu kabi holatlarning sababi aniqlanishi talab qilinadi. Yozuvchi yoki
shoirning murojaat qilishdan maqsadi va badiiy niyati
nimadan iborat ekanligi,
murojaat birliklaridagi denotativ konnotativ ma'nolar haqida mulohaza yuritiladi.
Zamonaviy adabiyotshunoslikda mazkur usul ritorik murojaat atamasi ostida
o’rganiladi. Ritorik murojaatlarda ritorik so’roqlarda bo’lgani kabi javob talab
qilinmaydi, balki, “obyektga e’tiborni kuchaytiradi va kitobxonda biror munosabatni
uyg’otadi”. Asosan, «shoirning poetic nutqda o’zi xohlagan intonatsiyasini –
tantanavoriik, ko’tarinkilik, g’azab, kesatish kabilarni ifodalashda» keng
foydalaniladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Mazmuniy yaqinlik va mazmuniy izchillik deganda nimani tushunasiz?
2. Til birliklarining takroriy qo’llanishi va xiazmatik konstruksiyalar haqida
ma’lumot bering.
3. Parsellyatli tuzilmalar deb nimaga aytiladi?
4. Atov va infinitiv gaplarning lingvopoetik imkoniyatlari haqida nimalarni
o’rgandingiz?
5. Murojaat birliklari va ularnmg lingvopoetik imkoniyatlari haqida nimalarni
bilasiz?
6. Zamon va makon ifodalovchi birliklar badiiy matnda qanday maqsad
semantik,
sintaktik, kommunikativ, estetik va
yana boshqa barcha jihatlardan uyg’unlikdir, muvofiqlashuvdir.
23
Gaplaming ana shunday uyg’unligi, muvofiqlashuvining natijasi
sifatida matn mavjud bo‘ladi. Ana shu bir-ikki mulohazadan kelib
chiqib, matnning asosiy birligi gapdir degan xulosaga kelish mumkin.
Ammo gapni matn birligi sifatida baholash tilshunoslikda u qadar
keng tarqalgan etnas.
Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi emas, deb hisoblaydilar.
Masalan, I.K.Galperin gap emas, balki bir qator gaplami
birlashtiradigan, nisbatan yirik butunlik - frazadan katta butunlik matn
birligi bo‘la olishini aytadi. U gap ana shunday butunlikda konstituent
sifatida ishtirok etishini, frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi
bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaxlit matnning ham tarkibiy qismi
bo4a olmasligini ta’kidlaydi. ^
Ayni shu frazadan katta butunlikni matnning asosiy birligi sifatida
baholash deyarli barcha tilshunosliklarda keng tarqalganligini
ta’kidlash mumkin. Bu termin orqali ifodalangan tushuncha turli
tilshunoslar tomonidan turlicha nomlanadi, ya’ni mazkur terminning
bir qancha sinonimlari mavjud. Masalan, “frazadan katta butunlik" -
“сверхфразовое единство" (O.S.Axmanova), “murakkab sintaktik
butunlik” - “сложное синтаксическое целое” (A.M.Peshkovskiy,
N.S.Pospelov),
“matn komponenti” - “компонент текста”
(I.A.Figurovskiy), “prozaik strofa” - “прозаическая строфа"
(G.Ya.Solganik),
“sintaktik
kompleks”
-
"синтаксический
комплекс”
(AJ.Ovsyannikova),
“monologik
jum la”
-
“монологическое
высказывание",
“kommunikativ
blok”
-
“коммуникативный блок ” va boshq.
0 ‘zbek tilshunosligida ham mazkur tushunchani ifodalash uchun
bir qator farqli terminlar qo‘llanmoqda. Masalan, A.Mamajonov
dastlab “yirik sintaktik birlik" terminini qo‘llagan bo‘lsa, keyinroq ‘
muntazam ravishda “superjrazali sintaktik birlik” terminidan
foydalanadi. Matnning stilistik muammolariga alohida e‘tibor bilan
qaragan I. Rasulov va H.Rustamovlar esa “murakkab sintaktik
Do'stlaringiz bilan baham: |