“Yerni masofadan zondlash va muhandislik geologiyasi” kafedrasi dotsenti A.R. Asadov
Ma`ruza rejasi: 1.Qatlamlarning muvofiq yotishi 2.Qatlamlarning nomuvofiq yotishi 3.Nomuvofiqliklar hosil bo’lishiga ko’ra turlari 4.Tarqalish maydoniga ko’ra nomuvofiqliklar turlari
6-MAVZU. QATLAMLAR ORASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLAR. GEOLOGIK KONTAKT VA ULARNING TURLARI
Tog’ jinslaridan tashkil topgan qatlamlarni bir-biriga nisbatan joylashishini 2 turi mavjud. 1 – muvofiq, 2 – nomuvofiq.

Bir-birining ustida joylashgan har bir qatlam yoki qatlamlar majmuasi cho’kindi hosil bo’lishida hech qanday uzilish yuz bermagan, ketma-ket keladigan bitta stratigrafik gorizontga to’g’ri keladi. Qatlamlarni bunday tanaffussiz ketma-ket joylashishi natijasida tog’ jinslarining muvofiq yotishi hosil bo’ladi (16-rasm).
1-oxaktoshlar
2-dolomitlar
S1t2 S1t1 16- rasm. Qatlamlarning muvofiq joylashishi
Yer qobig’ining ko’tarilishi bilan suv havzasi chekinadi, natijada cho’kindi hosil bo’lishida uzilish ro’y beradi. Bunda tabiiy geografik sharoit o’zgaradi. CHo’kindi yig’iladigan maydonlar emirilish viloyatlariga aylanadi. CHo’kindi hosil bo’lishidagi tanaffus davrida tog’ jinslari burmalanadi, ekzogen jarayonlar natijasida emiriladi va relef tekislanadi. Keyingi maydonni dengiz qayta egallagan vaqtda hosil bo’lgan jinslar qadimgi jinslarning ustiga gorizontal holatda yota boshlaydi. Qatlam hosil bo’lishidagi tanaffuslar natijasida stratigrafik ketma-ketlik buziladi, ya’ni ba’zi stratigrafik qatlamlar kesmada bo’lmaydi. Bunday sharoitda tog’ jinslarining nomuvofiq yotishi hosil bo’ladi (17-rasm).