19-rasm. Burchakli nomuvofiqlik Burchakli nomuvofiqlik Burchakli nomuvofiqlik (tabiiy holatda)
Geologik xaritadan ham osonlik bilan topiladi. Burchakli nomuvofiqlikning asosiy belgilaridan biri bu uning vertikal kesimda va geologik xaritada bir xil tasvirlanishidadir. Nomuvofiqlik burchagining qiymati 0 dan 1800 gacha o’zgaradi. Agar nomuvofiqlik burchagi 300 dan kichik bo’lsa uncha sezilmaydigan, agar nomuvofiqlik burchagi 300 dan katta bo’lsa keskin sezilarli nomuvofiqlik deyiladi. Azimutal burchakli nomuvofiqlik deb bir-biriga tegib turgan qatlamlarning tarqalishi ustma-ust tushmasligiga aytiladi.

Burchakli nomuvofiqlik ham stratigrafik nomuvofiqlikka o’xshab qatlamlar orasidagi tanaffusni ko’rsatadi, lekin bunda ikkala qatlamning bir-biriga nisbati Yuqorida aytganimizdek burchak ostida bo’ladi. Bundan Shuni bilish mumkinki pastki qatlam hosil bo’lgandan keyin tanaffus vaqtida bu maydonda tektonik harakatlar natijasida pastki qatlamni tuzilishi o’zgaradi. Bu o’zgarishni qandayligi tektonik harakatlarni turiga va territoriyaning rivojlanishiga bog’liq.
SHunday qilib burchakli nomuvofiqlikning umumiy xarakteristikasi 2 ta qiymat orqali belgilanadi. Bularning birinchisi nomuvofiqlik burchagi va ikkinchisi azimutal nomuvofiqlikning burchak qiymati.
Geografik nomuofiqlik. 10 dan kichik burchak ostida yotgan nomuvofiqliklar geografik nomuvofiqlik deyiladi. Nomuvofiqlik burchagining juda kichik bo’lganligi sababli geografik nomuvofiqliklarni topish uchun juda katta maydonlarda izlanish olib borish kerak. Geografik nomuvofiqlik asosan yuzaga chiqib qolgan jinslarga nisbatan Yangi qatlamlarni parallel yotishi natijasida hosil bo’ladi va u parallel va burchakli nomuvofiqliklar orasida bog’lovchi vazifasini o’taydi.

Tarqalish maydoniga qarab nomuvofiqliklar regional va tub nomuvofiqliklarga ajratiladi.
Regional nomuvofiqliklar katta territoriyani o’z ichiga oladi. Uning hosil bo’lishida ana shu katta territoriyalarda yuz beradigan vertikal tektonik harakatlarning musbat amplitudasi (ko’tarilishi) sabab bo’ladi. Regional nomuvofiqliklarga misol sifatida Markaziy Osiyoda ko’p uchradigan paleozoy va mezozoy orasidagi nomuvofiqlikni keltirish mumkin