Kurs ishining maqsadi: Korxona va firmalarning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashga oid tahlil vositalari bilan tanishish, mavjud imkoniyatlar va tahdidlar, qo’yilgan maqsad va kutilayotgan natijalarga erishish yo’llarini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining ishining vazifalari: Korxona va firmalarning kuchli va kuchsiz tomonlarini o’rganish uslublari bilan tanishish va “Artel” korxonasi misolida tahliliy baholashni o’tkazish.
Kurs ishining tarkibi 4 ta reja, 31 bet va ilovalar ro’yxatidan iborat.
1.Kompaniyaning strategik mavqeyini baholash metodlari
Kompaniyaning strategik mavqeyini baholashning o’ziga xos uslublari bo’lib, ularni asosan quyidagi savollar orqali talqin etiladi:
Amaldagi strategiya qay darajada samarali?
Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?
Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi?
Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustahkam?
Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ?
Har qanday korxonaning strategik mavqeyini baholash uchun to’g’ri ma’lumotlar va ularning tizimli bazasi kerak. Bu ma’lumotlar, asosan, so’rovnomalar, tadqiqotlar, mijozlar va xodimlar anketalar yuborish va qayta aloqani yo’lga qo’yish. 3
Yuqoridagi savollarga javob berish uchun bir qancha tahliliy asboblardan foydalanish zarur bo’ladi. Ular quyidagilar, SWOT – tahlil, qiymatlar zanjiri, xarajatlar tahlili va raqobatbardoshlikni baholash. Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jihatlar ayniqsa muhimdir, chunki ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu jihatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jihatlarni ko„rib chiqishni ham talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bo`lgan ishlarga yaxshi moslashgan bo`lishi lozim. Kompaniyaning uziga xos jihatlarini aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muhimdir, chunki:
noyob imkoniyatlar firmaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish imkoniyatini beradi;
bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi;
potensial jihatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin.
Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bulayotgan qulay imkoniyatlar raqobat ustunligiga ega bo`lgan yoki o`sish uchun boshqa imkoniyatlari bo`lgan kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi.
SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:
kompaniya uz strategiyasida o`zining ichki kuchli tomonlaridan yoki ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi ustunliklari bulmasa, uning qanday potensial kuchli jihatlari ana shu ustunliklarga aylanishi mumkin?
kompaniyaning zaif jihatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular ma‟lum bir qulay jihatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jihatdan kelib chiqqan holda qaysi zaif jihatlarga tuzatish kiritish kerak?
qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat yaratadi? Shuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bo`lmagan qulay imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Firmaning kuchli va zaif tomonlari uning boshqa firmalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.
Umuman olganda, kompaniyaning strategik mavqeyini topish va uni mustahkamlash jarayoni to’rt xil bosqichda tavsiflanishi mumkin:
Bozor segmentatsiyasi: mijozlarni tasniflashning samarali usullarini topiladi va bozorni bir xil qiymat tarmoqlari orqali ularni yaqinlashtiradigan umumiy xususiyatlarga ega guruhlarga bo’linadi.
Maqsadli bozorlarni: bozorni segmentatsiya qilish va sizning qiymat taklifingiz tadqiqotiga asoslanib, ushbu bozorlarda maqsadga erishmoqchi bo’lgan segmentlarni tanlash.
Bozorni joylashtirish strategiyasini ishlab chiqish: mahsulotni tanlangan maqsadli iste’molchilar bilan qanday joylashtirish to’g’risida qaror qabul qilish, bu mahsulot xususiyatlari va afzalliklari, narxlash, sotish, tarqatish va reklama harakatlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Monitoring: strategik mavqeyingiz anqilangandan keyin, maqsad iste’molchilar va marketing harakatlari bajarish bilan o’lchash borish, oldingi taxminlarni tasdiqlagan va shunga ko’ra, yangi axborot bo’lib, bozor joylashishni afzalliklarini sozlash.4
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |