Stomatologiyada yoruglik bilan bilan davolash


Havo vannalari bilan davolash metodikasi



Download 174,04 Kb.
bet7/10
Sana28.04.2022
Hajmi174,04 Kb.
#588121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
STOMATOLOGIYADA YORUGLIK BILAN BILAN DAVOLASH2

Havo vannalari bilan davolash metodikasi


Havo vannasini boshlashda havo temperaturasi 200 dan kam bo‘lmasligi va shamol kuchsiz bo‘lishi lozim. Keyinchalik asta – sekin pastroq temperaturaga o‘tish mumkin. Havo vannasi kunning birinchi yarmida qabul qilinadi, ammo buni darhol ovqatdan so‘ng boshlamaslik kerak. Vannani peshindan keyin takrorlash mumkin. Vannani qabul qilishda birdan yalong‘och bo‘lmay avval qo‘lni, keyin oyoqni, so‘ngra esa butun tanani yalong‘och qilish tavsiya etiladi. Bemor o‘zini qanday sezishiga qarab, vanna avval 5 – 10 – 15 minut beriladi, keyingi har protsedurada 5 – 10 minutdan qo‘shilib borilib, 1-2 soatgacha yetkaziladi. Protsedurani davom ettishi ob-havoga ham bog‘liq. Havo salqin bo‘lganda havo vannasini yengil gimnastika yoki yurish bilan almashtirilib turish tavsiya etiladi.
Havo vannasidan keyin cho‘milish, dush qabul qilish, ustdan suv quyish yoki artinish lozim.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga havo vannasi berilganda havo temperaturasi 220 dan kam bo‘lmasligi lozim. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga havo vannasi berilganda havo temperaturasi 200 atrofida bo‘lishi va keyin asta-sekin pasaytirilishi kerak.
Vanna berish 3-3 minutdan boshlanadi va har 3 vannadan keyin bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2-3-5 minutdan, 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 10-15 minutdan qo‘shib boriladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga vanna berish 30 minutgacha, yoshi kattaroq bolalarga esa 60 minutgacha yetkaziladi.
Yurak tomir sistemasi, nafas organlari zararlanganda (surunkali bronxit, o‘pka sili), qonning ba’zi bir kasalliklarida, nerv sistemasining funksional o‘zgarishlarida havo vannasi naf beradi.
Yaqqol ifodalangan umumiy darmonsizlik va oriqlab ketishda, yurak faoliyatining anchagina zaiflashishida, og‘ir formadagi silda, qon tupurishda moyillikda havo vannasi naf bermaydi.
Sil kasallar sanatoriylarida doimo sof, toza havodan foydalanishga katta ahamiyat beriladi. Palatalar kecha kunduz shamollatib turiladi, isitmalaydigan bemorlar yaxshi havoda ko‘p vaqtni bog‘, parkda o‘tkazadilar va kuniga bir-ikki martda uzoq vaqt (1 - 2 soatgacha) sayr qiladilar.
Suyak sili sanatoriysida bolalar sutkalab ochiq ayvonda bo‘ladilar.

Download 174,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish