QUYoSh NURLARI BILAN DAVOLASh. QUYoSh – XAVO VANNALARI
Quyosh vannalarini qabul qilishda, odam tanasiga faqat quyosh nurlarigina emas, balki havo, havo temperaturasi, namligi, harakat tezligi va boshqa faktorlari ham ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun bu vannalar quyosh-havo vannalari deb ataladi.
Quyosh – havo vannasii qabul qilish uchun maxsus maydonchalar tayyorlanadi.
Solyariy
Quyosh – havo maydonchasi (solyariy) ni o‘rmonga yaqin yerda, daryo, xovuz, ko‘l yoki dengiz qirg‘og‘ida, janub yoki janubi sharqqa qaratilib, yomg‘ir suvi tez oqib ketadigan qiya joyda ko‘rish tavsiya etiladi. Maydoncha shovqin -suron va chang yo‘q joyda ya’ni aholi zich joylashgan yerdan uzoqroqda bo‘lishi zarur. Uning hamma tomoni quyosh radiatsiyasi xamda havo o‘ta olishi uchun ochiq bo‘lishi va qattiq shamoldan, ayniqsa shimoldan va shimoli g‘arbdan esadigan shamoldan himoya qilinishi kerak. Maydoncha tekis bo‘lib, unga yirik rangsiz qum to‘kish yoki chim bostirish kerak. Maydoncha atrofi uncha baland bo‘lmagan zich ekilgan o‘simliklardan iborat “ko‘kat devor” yoki balandligi 1 – 1,5 m li oq yoki yashil rangga bo‘yalgan yog‘och devor bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim. Bazan shu maqsadda fanerdan qilingan ko‘chma pardalardan foydalaniladi. Bunday maydonchadan havo vannasi (aerariy) olish uchun ham foydalanish mumkin.
Quyosh – havo vannalari bilan davolash metodikasi
Umumiy va mahaliy quyosh-havo vannalari bo‘ladi.
Umumiy quyosh-havo vannalari qo‘llanilganda quvvatsiz bemorlarni unga asta – sekin o‘rgatish uchun bemorlar dastlabki 3 – 5 kun davomida yalong‘och holda 5 – 10 minut soya joyda (ayvon yoki daraxt tagida) yotqiziladi va xar kuni vaqtni 10 minut uzaytirib boriladi. Shundan so‘ng umumiy quyosh-havo vannasi berishga o‘tiladi. Har bir quyosh-havo vannasidan oldin qisqa muddatli havo vannasi beriladi. Protsedura vaqtida oyoqni quyoshga qaratib uzatib yotiladi. Vanna qabul qilish vaqtida bemorning bosh tomoniga zont yoki shchit qo‘yiladi. Bemor belgalangan muddat ichida asta-sekin chalqanchasiga, o‘ng va chap yonboshiga ag‘darilib, qorin bilan yotib, butun badanini bir tekisda nurlantiradi. Quyosh vannasi qabul qilingandan so‘ng qisqa muddat havo vannasi, so‘ngra dush qabul qilinadi, ustdan suv quyiladi, dengizda yoki daryoda cho‘milinadi. Suv protsedurasidan so‘ng bemor kiyinadi va soyada dam oladi.
Quyosh vannalarini dozalashning ikki asosiy metodikasi bor. Birinchi metodikaga ko‘ra vanna berishni dozalashda bemor qancha vaqt davomida vanna qabul qilganligi, ikkinchi metodikaga ko‘ra organizmga kaloriyalarda o‘lchanadigan quyosh radiatsiyasi tushishi hisobga olinadi. Bu metodika ancha aniqroq bo‘lib, buning uchun maxsus priborlar talab etiladi.
Quyosh – havo vannasidan oldin bemorga soya joyda 10 minut havo vannasi beriladi.
Quyosh nurlari bilan nurlantirish 5 minutdan boshlanadi (badanning old va orqa tomonga 2 1 minutdan) va keyingi har bir protsedurada bu vaqtga 5 minutdan (badanning old va orqa
2 tomoniga baravar) qo‘shib borilib, quyosh nurlari bilan nurlantirish muddati bir soatgacha yetkaziladi. Keyingi hamma nurlantirishlar shunday muddatda o‘tkaziladi.
Dozalash va davolash kursi kasallanish xarakteriga hamda bemorning quyosh radiatsiyasiga nisbatan reaksiyasiga bog‘liq.
Protsedura – 30 – 40 vannadan iborat. Har haftada bir kun tanaffus beriladi.
Quyosh vannasini bolalarga, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarga juda extiyotlik bilan berish kerak, chunki ular organizmining fizik faktorlarga, jumladan quyosh radiatsiyasiga nisbatan sezuvchanligi ortiqroq bo‘ladi. Vanna berishga tayyorgarlik, tanaffuslar va insolyatsiyadan keyin ustdan suv quyish, dush hamda cho‘milish kabi tadbirlar xuddi katta yoshdagi kishilarda o‘tkazilganidek amalga oshiriladi. Quyosh – havo vannasini berish 2 – 3 minutdan (badanning old va orqa tomoniga 1 – 1 1 minutdan )boshlanadi. So‘ngra har
2
protsedurada 2 – 3 minutdan (bu vaqtning yarmi badanning old tomoniga, yarmi orqa tomoniga) qo‘shib borilib, nurlantirish muddati 30 – 50 minutgacha yetkaziladi.
Janub kurortlarida qabul qilingan kaloriyalarda dozalashda quyosh vannalari quyidagi sxemaga ko‘ra o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |