O’TIB KYeTADIGAN IONLAShTITUVChI NUR BILAN DAVOLASh
Nur energiyasining ba’zi turlari ionlar-ham gazsimon moddalarda, ham to‘qimalarda musbat va manfiy zarrachalar hosil qiladi, bu zarrachalar to‘qimalarga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday hossaga ega bo‘lgan nur energiyasi ionlashtiruvchi radiatsiya deyiladi. Nur to‘qima ichkarisida ionlashuv hodisasini yuzaga keltiradigan bo‘lsa, bu o‘tib ketadigan (ionlashtiradigan) nur deb ataladi.
RYeNTGYeN NURLARI BILAN DAVOLASh (RYeNTGYeNOTYeRAPIYa)
Rentgen nurlari, ultrabinafsha nurlarga qaraganda anchagina qisqadir. Ular elektromagnit tebranishi spektrining 1,2 dan 0,001 m qismini egallaydi. Bu nurlar 1895 yilda D.K.Rentgen tomonidan topilgan va uning nomiga qo‘yilgan.
Rentgen nurlari, yuqori kuchlanishli tok rentgen trupkasi orqali o‘tkazilganda paydo bo‘ladi, bunda tez o‘tayotgan elektronlar oqimi trubka anodi tomonidan tormozlantiriladi.
Yuqori kuchlanishli transformatorlar quvvatiga ko‘ra farqlanadi. Organizmga chuqurroq kira oladigan yanada qisqa rentgen nurlarini olish uchun kuchlanishi yuqoriroq bo‘lgan tok talab qilinadi.
Spiralni past kuchlanishli tok bilan qizitib (8 – 12 V), so‘ngra rentgen trubkasi orqali yuqori kuchlanishli tok o‘tkazilsa, manfiy zaryadlangan elektronlar oqimi katoddan qochadi va yuqori tezlikda anod tomonga harakat qiladi. Elektronlar anodda tormozlansa ularning kinetik energiyasi issiqlik va nur energiyalariga aylanadi. Nur energiyasi trubka shishasi orqali bemalol o‘tadi.
Rentgen nurlarining biologik ta’siri juda murakkab bo‘lib, bu nerv regulyatsiyasi, qon yaratadigan organlar, ovqat hazm qilish organlari, qon tomir sistemasi va boshqa sistemalar tomonidan birmuncha o‘zgarishlar yuz berishida ifodalanadi.
Nur berilgandan so‘ng 8 – 9 kun o‘tgandan keyin yengil qizarish sifatidagi teri reaksiyasini hosil qiladigan rentgen nurlari miqdori – eritema doza hisoblanadi.
Rentgen nurlari dozasiga qarab, terida uch bosqichli reaksiya kuzatilishi mumkin. Klinik jihatdan organizmning bu reaksiyasi bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng ro‘y beradi. Birinchi bosqichli reaksiyada teri qizarmaydi. Bunda boshning nur berilgan joylaridagi soch to‘kilib ketadi. Doza oshirilganda terida qizarish (ikkinchi bosqichli reaksiya), pufakcha (uchinchi bosqichli reaksiya) va hatto yara (zararlanish) paydo bo‘lishi mumkin. Uchinchi bosqichli reaksiyadan keyin zararlanish yuz beradi – teri atrofiyasi va pigmentatsiyasi. Terining shu joylariga ta’sirlovchilar (issiqlik, ximiyaviy va boshqa ta’sirlovchilar) ta’sir ettirilsa, yara va hatto rentgen raki ko‘rinishidagi kech reaksiyalar yuz berishi mumkin. Rentgen nurlari kumulyativ ta’sir qiladi. Terining biror joyiga tez – tez yoki qayta – qayta, xatto kichik dozalarda ham nur berish natijasida qiyinlik bilan davolanadigan rentgen dermatiti paydo bo‘lishi mumkin.
Reaksiya nur berilgandan so‘ng bir necha soat o‘tgandan keyin ro‘y berib, bunda yengil qizarish, qichishish, ba’zan shish kuzatiladi va bu 1 – 2 kundan so‘ng o‘tib ketadi. Rentgen nurlari tegishli dozada berilganda organizm ichkarisida joylashgan organ va to‘qimalarning hujayrali elementlari zararlanishi yoki halok bo‘lishi mumkin.
Rentgenoterapiya yuza va chuqur bo‘ladi. Rentgen nurlari bilan teri kasalliklarini davolash – yuza rentgenoterapiya, boshqa kasalliklarni davolash – chuqur rentgenoterapiya deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |