Participants of investment activity
|
- investitsiya maqsadlarini amalga oshirish bilan bog’liq faoliyat. Investitsiya kompleksi tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.
|
Investorlar
|
Инвесторы
|
Investors
|
- buyurtmachilar, pudratchilar, etkazib beruvchilar, banklar, sug’urta kompaniyalari, loyihalovchilar, vositachilar, ilmiy-maslahat firmalari, o’z mamlakatidagi qonunchilikka ko’ra investitsiyaviy mulk egalari (tasarrufchilari) yoki buyurtmalardan foydalanuvchi sifatida qatnasha oluvchi xorijiy tashkilotlarni kiritish mumkin.
|
Inqirozga qarshi mo‘ljallangan choralar dasturi
|
Антикризисная программа
|
Anti-crisis program
|
- xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ektlari. Investorlar ob’ektlar va investitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo’ladi. Investorlar kreditorlar va xaridorlar rolini bajarishlari, shuningdek, investitsiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funktsiyalarini bajarishlari mumkin. Odatda investorlar kapital qo’yilmalar sarflanadigan sohalarni aniqlaydilar, kontrakt va shartnomalarning shartlarini ishlab chiqadilar va investitsiya aktining boshqa tomonlari bilan - kontraktor, hukumat organlari, pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulotning iste’molchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradilar.
|
Kredit
|
Кредит
|
Credit
|
– O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2009-2012 yillarga mo’ljallanib inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi bo’lib, mazkur dasturda talabni rag’batlantirishga yo’naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlovchi chora-tabdirlar majmui o’z aksini topgan.
|
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
|
Макроэкономические показатели
|
Macroeconomic indicators
|
– olingan resurslarni foiz bilan qaytarish va o’rnini qoplash asosida vaqtincha foydalanish uchun berish. Kreditlash usullaridan biri sifatida ssudani keltirish mumkin.
|
Modernizatsiya
|
Модернизация
|
Modernization
|
– mamlakat yaxlit iqtisodiyoti darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’lchash va baholash imkoniyatini beruvchi ko’rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o’sish, ishsizlik, inflyatsiya darajasi va boshqalar.
|
Mehnat bozori
|
Рынок труда
|
Labor market
|
– ob’ektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me’yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko’rsatkichlariga moslashtirish.
|
Mehnat haqi
|
Заработная плата
|
Wage
|
– mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar asosida ishchi kuchi xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, unga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
|
Mamlakatning iqtisodiy hududi
|
Экономическая зона страны
|
The economic zone of the country
|
– joriy davrda ish beruvchi tomonidan yollangan xodimga bajargan ishlari uchun berilgan pul yoki natura usulidagi to’lovlar bo’lib, ular hisoblangan summalar yig’indisidan tashkil topadi va ikki qismga bo’linadi: ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar
|
Mexnat resurslari balansi
|
Баланс трудовых ресурсов
|
Balance of labor resources
|
– shu mamlakat hukumati tomonidan boshqariladigan hudud bo’lib, uning chegarasida fuqarolar, tovarlar va kapitallar erkin harakat qila oladi.
|
Milliy hisoblar
|
Национальные счета
|
National accounts
|
– mavjud mehnat resurslari va ularni faoliyat turlari va sohalari bo’yicha taqsimlanishni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi.
|
Milliy hisoblar tizimi (MHT)
|
Система национальных счетов (mht)
|
System of national accounts (mht)
|
– buxgalteriya schyotiga o’xshash formadagi jadvallar tizimi bo’lib, u YaIMni ishlab chiqarish, taqsimlash va oxirgi foydalanish jarayonini xarakterlaydi.
|
Milliy boylik
|
Национальное богатство
|
National wealth
|
– makro darajada bozor iqtisodiyotini yoritish va tahlil qilish uchun foydalaniladigan o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar va tavsifnomalar tizimi. Uning asosida yirik iqtisodchi olimlar D. Keys, Dj. Xiks tomonidan yaratilgan siyosiy iqtisod yo’nalishlari yotadi.
|
Mahsulotlarga soliqlar
|
Налоги на товары
|
Taxes on goods
|
– kishilik avlodi mehnati tufayli va foydalanish mumkin bo’lgan tabiiy boyliklar yig’indisidan tashkil topadi. Mehnat natijasida paydo bo’lgan ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlaridan iborat noz-ne’matlar yig’indisi milliy mulk deb ataladi.
|
Nominal ish haqi
|
Номинальная заработная плата
|
Nominal wages
|
– rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan va sotilgan yoki import qilingan mol va xizmatlarga mutanosib ravishda olinadigan soliqlar. Ularga masalan, qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz, bojxona to’lovlari va h.k.lar kiradi.
|
Oxirgi iste’mol uchun qilingan harajatlar
|
Расходы на конечное потребление
|
Consumption on final consumption
|
– pul formadagi ish haqi, faqat pul hajmini ifodalaydi, uning sotib olish qobiliyatini hisobga olmaydi.
|
Oraliq iste’mol
|
Промежуточное потребление
|
Intermediate consumption
|
– uy xo’jaligi a’zolari rezidentlarning iste’mol tovarlari va xizmatlar sotib olish uchun qilingan harajatlari, shuningdek davlatni boshqarish organlari va uy xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlarning yakka tartibli va jamoa is’temoli uchun qilgan harajatlari yig’indisi. harajatlarni bunday guruhlash oxirgi iste’molni kim tomonidan moliyalashtirilishini ko’rsatadi.
|
Real ish haqi
|
Реальная заработная плата
|
Real wages
|
– ishlab chiqarish jarayonida butunlay to’liq ishlatilgan mol va xizmatlar qiymati.
|
Rezidentlar
|
Жители
|
Residents
|
– mavjud iste’mol baholariga nisbatan tuzatish kiritilgan pul formadagi ish haqi. Unga qancha tovar va xizmatlarni sotib olish mumkinligini ko’rsatadi.
|
Rentabellik
|
Рентабельность
|
Profitability
|
– nisbatan uzoq vaqt davomida hududida iqtisodiy qiziqishi bo’lgan institutsion birliklar (korxonalar, tashkilotlar, uy xo’jaliklari va h.k.lar).
|
Sektor
|
Сектор
|
Sector
|
– korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning to’rt xil ko’rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi. Bu ko’rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda ko’rsatkichini korxona aktivlarining o’rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan aktsiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi.
|
Soliqlar
|
Налоги
|
Taxes
|
– institutsion birliklar yig’indisi bo’lib, ularning maqsadi, moliyalashtirish manbalari va funktsiyalari bir xil bo’ladi, natijada ularning iqtisodiy hulqi ham o’xshashib ketadi.
|
Subsidiyalar
|
Субсидии,
|
Subsidies,
|
– bular majburiy, qaytarilmaydigan to’lovlar. Ular davlat organlari tomonidan ishlab chiqarish birliklaridan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarganlari uchun yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalaganlari uchun olinadi.
|
Sof kreditlash (qarz olish)
|
Чистые кредиты (заимствования)
|
Net loans (borrowings)
|
– joriy to’lovsiz, qaytarilmaydigan to’lovlar bo’lib, ular davlatni boshqarish organlari tomonidan ma’lum iqtisodiy-ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun qilinadi: mahsulotlar va importga subsidiyalar, ishlab chiqarishga subsidiyalar va h.k.
|
Soliqlarni unifikatsiya qilish
|
Унификация налогов
|
Unification of taxes
|
– nomoliyaviy aktivlarni sotib olish uchun moliyalashtirish mablag’larining, sof xarajatlarga nisbatan ortiqligi (defitsitligi). Uning hajmini aniqlash uchun yalpi asrash bilan yalpi jamg’arish va erlarni va nomaterial aktivlarni sof sotib olish plyus «qolgan dunyo» kapital transfertlari orasidagi farqqa teng. Makrodarajadagi sof kreditlash yoki sof qarz olish mamlakatning «boshqa dunyo»ga bergan yoki «boshqa dunyo»dan olgan sof resurslari hajmini ko’rsatadi.
|
Tannarx
|
Стоимость
|
Value
|
– soliq mexanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy mohiyati, soliqqa tortish ob’ekti o’xshash bo’lgan soliq turlarini birxillashtirish.
|
Turmush darajasi
|
Уровень жизни
|
Standard of living
|
– mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan barcha xarajatlarning qiymati.
|
To‘lov balansi
|
Платежный баланс
|
Payment balance
|
– aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlar bilan ta’minlanganlik hamda ularni iste’mol qilish darajasi.
|
Transfertlar
|
Переводы
|
Translations
|
– mikroiqtisodiy statistikaning muhim bo’limi; Shu mamlakat va boshqa dunyo rezidentlari orasidagi barcha tashqi iqtisodiy operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni ma’lum tizimga keltiradi.
|
Tug‘ilish va vafot etishning umumiy koeffitsenti
|
Общий коэффициент рождения и смерти
|
The total birth and death rate
|
– daromadlar va boyliklarni qayta taqsimlashni ifodalaydigan ko’rsatkich; U bir institutsional birlik tomonidan ikkinchisiga tekinga berilgan pullar, tovarlar, xizmatlar yoki aktivlarni ifodalaydi. Ular joriy va doimiyga yoki pul formadagi va natural formadagi transfertlarga bo’linadi.
|
Tug‘ilish koeffitsentining yig‘indisi
|
Общий коэффициент рождаемости
|
The total fertility rate
|
– joriy yilda tirik tug’ilganlar soni bilan vafot etganlar sonini mavjud bo’lgan o’rtacha yillik aholi soniga bo’linadi va promilleda (1000 kishiga nisbatan) ifodalanadi.
|
Tarmoqlararo balans
|
Межсетевой баланс
|
Intranet balance
|
- har bir yosh guruxi bo’yicha hisoblangan tug’ilish koeffitsentlarining yig’indisi; bir ayol butun umri mobaynida tuqqan bolalar sonini ifodalaydi.
|
Fisher indeksi
|
Индекс фишера
|
Fisher's index
|
– MHTning muhim bo’limi bo’lib, uning yordamida tarmoqlararo aloqalar, oraliq iste’mol, tarmoqlar ishlab chiqarishi va talabi orasidagi murakkab bog’lanishlar tadqiq qilinadi.
|
To‘xtovsiz inventarizatsiya usuli
|
Метод фиксированной инвентаризации
|
Fixed inventory method
|
– Laypeyres va Pashe indekslari asosida tortilgan o’rtacha geometrik sifatida hisoblanadigan indeks. U YaIM xalqaro miqyosida solishtirishda keng qo’llaniladi.
|
Uy xo‘jaligi
|
Домашнее хозяйство
|
Household
|
– asosiy fondlarning tiklashdagi bahosini aniqlash uchun (u yoki bu kunga nisbatan). Buning uchun baho indekslari yordamida investitsiyalarning tiklashdagi bahosi aniqlanadi.
|
Foyda va aralash daromadlar
|
Прибыль и смешанный доход
|
Profit and mixed income
|
– umumiy yashash sharoitlarini va ayrim tovar va xizmatlarni birgalikda iste’mol qilish uchun o’z daromadlarini va moddiy boyliklarini birlashtirgan shaxslar guruhi.
|
Foyda
|
Прибыль
|
Profit
|
– yalpi qo’shilgan qiymatning bir qismi bo’lib, u ishlab chiqaruvchilar ixtiyorida ish haqi, ishlab chiqarish va import solig’ini to’lagandan so’ng qoladi. Bu modda mulkdan olgan daromadni hisobga olmagan holda ishlab chiqarishdan olingan foyda yoki zarar summasini ifodalaydi. Bu uy xo’jaliklariga qarashli nokorparativ korxonalarda bu mulk egasi va tadbirkor daromadidan ajratib bo’lmaydigan mehnat uchun to’lovlar elementini ham o’z ichiga oladi. Shuning uchun uni aralash daromad ham deyiladi.
|
Fond bozori
|
Фондовый рынок
|
Stock market
|
– korxona va tijorat tashkilotlarining ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasi. Balansdagi foyda korxonaning mahsulot (xizmat) larini, ortiqcha asosiy fondlarning va boshqa mulklarni sotishdan oladi. Sotishdan tashqari operatsiyalardan olingan daromadlar (zarardan tashqari) ham shu ko’rsatkich tarkibiga qo’shiladi.
|
Xalq xo‘jaligi balansi (XXB)
|
Баланс национальной экономики (xxb)
|
Balance of national economy (xxb)
|
– qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.
|
Yalpi ichki mahsulot (YaIM)
|
Валовой внутренний продукт (ввп)
|
Gross domestic product (gdp)
|
– sobiq SSSR va sotsialistik mamlakatlarda qo’llanilgan tizim bo’lib, unda makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi o’z aksini topgan. XXB markscha kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ta’limotiga asoslangan.
|
Yalpi milliy daromad (YaMD)
|
Валовой национальный доход (ввп)
|
Gross national income (gdp)
|
– markaziy makroiqtisodiy ko’rsatkich; u yoki bu davrda shu mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chikarilgan oxirgi mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor bahosida hisoblangan hajmi.
|
Yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ)
|
Валовая добавленная стоимость (gpa)
|
Gross value added (gpa)
|
- shu mamlakat rezidentlarining shu mamlakatning va xorijiy mamlakatlarning YaIMni yaratish davomida olgan birlamchi daromadlari (mulkdan olgan soliq bilan birga)ning yig’indisi.
|
Yalpi ichki mahsulot deflyatori
|
Дефлятор валового внутреннего продукта
|
Deflator of gross domestic product
|
- shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi daromadlar va sof joriy transfertlar yig’indisi.
|
Shaxsiy daromad
|
Личные доходы
|
Personal income
|
- alohida olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, tarmoqlar va iqtisodiy sektorlarning faoliyati natijasi bo’lib, uning hajmi yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’moli orsidagi farqqa teng.
|
Eksport
|
Экспорт
|
Export
|
- yalpi ichki mahsulot uchun aniqlangan baho indeksi; Uni aniqlash uchun yalpi ichki mahsulot qiymat indeksini, YaIMning fizik hajm indeksiga nisbatan olinadi.
|
Erkin iqtisodiy zona
|
Свободная экономическая зона
|
Free economic zone
|
– jismoniy shaxslarning soliq to’lagunga qadar daromadi.
|
Aholi takror paydo bo‘lishini brutto koeffitsenti
|
Брутто коэффициент воспроизводства населения
|
Gross reproduction ratio
|
|