1.1.Fanning maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda statistika nazariyasi, metodi va amaliyoti to’g’risida bir tizimga solingan bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifalari - statistika predmeti va metodi, uning ahamiyati va roli haqida chuqur bilimga va tasavvurga ega bo’lish; statistikaning nazariy, uslubiy va amaliy masalalarini har taraflama o’rganish; O’zbekistonda davlat statistikasining tashkil etilishi, uning “Davlat statistikasi haqida”gi Konundan kelib chiqadigan vazifalari va huquqlarini bilish; statistik kuzatish mohiyati, turlari, dastur - uslubiy va tashkiliy masalalarini o’rganish; statistik kuzatish ma’lumotlarini svodkalash va guruxlash hamda uning natijalarini statistik jadvallarda ifodalay olish; taqsimot qatorlarini tuzish va tahlil qilish usullarini egallash; statistik ko’rsatkichlar, ularning turlari va shakllari, taqqoslash yo’llari, makro va mikro iqtisodiy ko’rsatkichlar haqida chuqur tasavvurga ega bo’lish; tanlanma kuzatishning mohiyati, nazariy va amaliy masalalari, tanlanmaning reprezentativligini baholash yo’llarini bilish, ilmiy va tajribaviy gipotezalarni statistik tekshirish va echimlarni olish usullarini egallash; bozor hodisalari o’rtasidagi sabab-oqibat bog’lanishlarini ochish uchun korrelyatsion-regression tahlilni qo’llay olish; dinamika qatorlarini tuzish va tahlil qilish usulubiyatini bilish; statistika amaliyotida qo’llaniladigan iqtisodiy indekslarni hisoblash to’g’risida tasavvurga ega bo’lishni ta’minlash, hamda ular asosida xulosalar chiqarish bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
1.2.Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
“Statistika” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr:
• statistikaning predmeti va uning o’ziga xos xususiyatlari;
• hozirgi O’zbekistion Respublikasi davlat statistikasi va xalqaro
statistikani tashkil etilishi;
• statistik kuzatishning mohiyati va ahamiyati;
• guruxlash vazifalari, turlari va belgilari;
• mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar;
• statistik jadval va grafiklar;
• o’rtacha miqdorlar turlari va shakllari;
• kvadrat va kub o’rtacha miqdorlar hamda ulardan amaliyotda foydalanish;
• variatsiya ko’rsatkichlari va statistika amaliyotida ulardan foydalanish;
• tanlanma kuzatish uning mazmuni, qo’llanilish sabablari va afzalliklari;
• juft korrelyatsiya;
• determinatsiya koeffitsienti va uning talqini;
• dinamika qatorlarining turlari, tahlil qilish ko’rsatkichlari;
• dinamika qatorlari ma’lumotlari asosida statistik prognozlash;
• iqtisodiy indekslarning mohiyati, ahamiyati va roli;
• statistika amaliyotida qo’llaniladigan iqtisodiy indekslar;
• aholi turmush darajasi va uni ifodalovchi statistik ko’rsatkichlar;
• milliy hisoblar tizimining mohiyati, ahamiyati va funktsiyalari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
• ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, ularning muhim belgilari;
• statistika uslubiyatini;
• statistik ma’lumotlar va ularni guruxlash, uning mazmuni, ahamiyati hamda vazifalari;
• statistik ko’rsatkichlarni tahlil qilishni;
• nisbiy va mutlaq ko’rsatkichlar, ularning mazmuni va aks ettirish shakllari;
• statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlashni;
• o’rtacha miqdorlar va ularning shakllarini;
• darajali o’rtacha miqdorlarni;
• assimetriya koeffitsienta va uni aniqlash tartibini;
• tanlanma kuzatishda reprezentativlikni ta’minlovchi tanlash usullari;
• juft korrelyatsiya tenglamasini tuzish tartibini;
• dinamika qatorlarida qator o’rtacha darajalarini hamda tahlil ko’rsatkichlarini hisoblashni;
• dinamika qatorlari darajalarini interpolyatsiyalash va ekstrapolyatsiyalashni;
• iste’mol narxlari indeksini tuzish tartibini;
• aholi turmush darajasi va uni ifodalovchi statistik ko’rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilishni:
• milliy hisob-kitoblar tizimi asosida makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash va statistik baholashni;
• iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni qo’llashni;
• makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilishni;
• makroiqtisodiy siyosatning natijalarini prognoz qilishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
• statistik usullar yordamida statistik tadqiqotlar olib borish;
• maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlar va ro’yxatlar o’tkazish;
• statistik ko’rsatkichlarni statistik tahlil qilish va baholash;
• variatsiya ko’rsatkichlarini hisoblashni va ularni talqin qilish;
• amaliyotda korrelyatsion-regression usullardan foydalanish;
• dinamika qatorlarida asriy tendentsiyalar, mavsumiy va
kon’yukturaviy o’zgarishlarni hisoblash;
• statistika amaliyotida iqtisodiy indekslarni hisoblash va ularni talqin qilish;
• yalpi ichki mahsulot deflyatorini hisoblash;
• milliy hisob-kitoblar tizimining asosiy kategoriyalari va tushunchalaridan statistika amaliyotida foydalanish;
• aholi turmush darajasini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlarni
hisoblash ko’nikmalariga ega bo’lishi;
• iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda makroiqtisodiy
ko’rsatkichlarni; makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni statistik
tahlil qilish; makroiqtisodiy siyosatning ijobiy va salbiy
oqibatlarini statistik, baholash; statistik ma’lumotlar
natijalarini prognoz qilish malakalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |