61.62 Plazma - moddalarning to'rtinchi agregat holi bo'lib, unda gaz atomlarining asosiy qismi yuqori darajada ionlashgan bo'ladi. Modda plazma holatda yulduzlarda, yer ionasferasida, gazli razryadda, katta tem peraturagacha qizdirilgan gazlarda, portlashdagi yong'inda, elektrolitda va h.k. uchraydi.
Plazma oddiy gazlardan tamoman farq qiladi. Ba’zi hodisalarda o'z xususiyati bilan elektrolit va qattiq o'tkazgichlarga (metallar, yarimo'tkazgichlar) o'xshab ketadi. Plazma to'g'risidagi asosiy bilim gazdagi razryadlarni tekshirish natijasida olingan. Hozirgi vaqtda plazmaning xususiyatlarini o'rganishga qiziqish kattadir. Chunki plazma - yengil yadrolarni sintez qilish natijasida olinadigan termoyadro reaksiyasidan energetik maqsadlarda foydalanish masalasi bilan bog'langandir. Plazma molekular ion va elektronlardan (yoki teshik va elektronlardan) tashkil topgan bo'lib, neytral holatda bo'ladi. Termodinamik muvozanat holatidagi plazma amaliy holda to'la ionizatsiyalangan bo'lib, yuqori tem peraturalarda kuzatiladi.
Biz ana shu term odinam ik m uvozanat holatidagi plazm ani
qarab chiqaylik. Plazma o'zaro ta ’sir potensiali Kulon qonuniga bo'ysunadi.
Van-der-Vaals gazi uchun esa o'zaro ta’sir potensiali , o'zaro ta ’sir kuchi esa bo'ladi. Plazmada har bir zarra bir vaqtning o‘zida qo'shni zarralar kollektivi bilan o'zaro ta’sirlashadi. Shuning uchun ham plazma asosan gaz emas,
balki uzoqdan ta’sir etuvchi kuchlar bilan bog'langan Sistema bo'lib hisoblanadi. Uzoqdan ta’sir etuvchi Kulon kuchlari va plazmadagi yengil elektronlarning katta harakatchanligi tufayli, plazmada kollektiv jarayonlar katta rol o'ynaydi, ya’ni
tebranish va turli xil tipdagi to'lqinlar katta rol o'ynaydi. To'la ionlashgan plazmani olish uchun gazni shunday temperaturagacha qizdirish kerakki, atomlar harakatining o'rtacha energiyasi k uning to'la ionizatsiya potensialidan katta yoki
unga teng bo'lsin: . Vodorod yoki deytiriy holi uchun J=13,595eV, shuning
uchun to'la ionlashgan vodorod plazma temperaturalarda olinadi. Ana shunday temperaturada plazmani faqat zaryadlangan zarralardan tashkil topgan sistema deb qarab bo'lmaydi. Bu holda undagi nurlanishni ham hisobga olish kerak.
Muvozanat nurlanish energiyasining zarralar harakatining issiqlik energiyasiga teng bo'lgandagi temperaturani topaylik, ya’ni
ifodadan temperaturani aniqlaymiz:
Siyraklashtirilgan kichik zichlikdagi plazma ----- <.f>< kT
shart bilan aniqlanadi. Bu yerda Kulon o'zaro ta ’sir
o'rtacha energiyasi, - zarralar orasidagi o'rtacha masofa.
— ekanligini hisobga olsak, u holda bo'ladi. Bu issiq siyraklashtirilgan plazma deb yuritiladi. Plazma ichki energiyasi
bu yerda , ideal gaz ichki energiyasi zarralarning kulon o;zaro tasir energiyasi. Plazma holat tenglamasi
Bu yerda
Do'stlaringiz bilan baham: |