8-tajriba: Kraxmalga yod ta’sir ettirish reaktsiyasi
Kraxmal yod bilan ko’k rang beradi. Bu reaktsiya o’ziga xos reaktsiya bo’lib, kraxmal
tarkibidagi amilozaning poliglyukozid zanjiri spiralsimon strukturaga ega bo’ladi, yod esa spiral
o’rtasidagi bo’shliqqa kirib olib, koordinatsion kompleks hosil qilsa kerak. Shuning uchun
kraxmal gidrolizga uchratilsa yoki spirt quyilsa ko’k rang yo’qoladi, shunday hodisa
qizdirilganda ham kuzatiladi, lekin eritma sovitilganda ko’k rang yana hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |