(2 dona), mikropipetka, kalorimetr, suv hammomi, pipetka (5 ml li), Frank ninasi yoki
skarifikator, paxta, doka, kaliy ishqorining (KON) 25 % li eritmasi, natriy monogidrofosfat
Buning uchun xolesterinning atsetat angidrid bilan yashil rang hosil qilish reaksiyasidan
foydalaniladi. Ana shu rangning intensivligi asosida kolorimetrik usul bilan xolesterin miqdori
Rangning intensivligini solishtirish uchun Dyubosk tipidagi kolorimetrdan foydalaniladi.
Kalorometr asbobida 2 ta stakancha bo‘lib, ular siljiydigan maxsus kursichalarga
o‘rnatilgan. Vintlar yordamida stakanchalarni yuqori ko‘tarish va pastga tushirish bilan ularga
Asbobning pastki qismidagi plastinkaga tushgan yorug‘ tekshiriladigan rangli suyuqlik va
shisha tayoqchalardan o‘tib, maxsus prizmaga (V) tushadi. Prizmadan o‘tganda o‘ng tomondagi
yorug‘ okulyarning chap tomonida va chap tomondagi yorug‘ okulyarning o‘ng tomonida
Kolorometr bilan ishlashdan avval uni tekshirib ko‘rish kerak. Buning uchun asbobning
ikkala stakanchasiga bir xil konsentratsiyali rangli suyuqlik solinadi. So‘ng stakanchalarni
asbobdagi joyga o‘rnatib, tegishli vintlar yordamida bir xil qalinlikka to‘g‘irlanadi. Shundan
keyin plastinkani yorug‘ tomonga qaratib, okulyardan qarab ikki tomondagi rangning bir xil
bo‘lgani topiladi.
Shundan so‘ng asbobni va plastinkani qimirlatmasdan stakanchalardagi suyuqlik to‘kib
tashlanadi, stakanchalar yuvilgandan keyin biriga standart, ikkinchisiga tekshiriladigan suyuqlik
solinadi. Standart eritmali stakan asbobning chap tomoniga va tekshiriladigan suyuqlik o‘ng
tomoniga o‘rnatiladi. Vint yordamida standart eritmani ma'lum qalinlikda (10-15 mm) qo‘yib,
o‘ng tomondagi vint yordamida tekshiriladigan suyuqlikni yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish
bilan okulyardagi rangning bir xil bo‘lgani topiladi (tayoqchalarning uchi albatt suyuqlikka botib
turishi shart). So‘ngra shkaladan standart va tekshiriladigan suyuqliklarning qalinligi aniqlanadi.
O‘ng tomondagi suyuqlikning qalinligini o‘zgartirib, qaytadan okulyarda ko‘ringan rangning bir
bo‘lganini topib, shkaladan suyuqliklarning qalinligi aniqlanadi. Shu xilda suyuqliklarning
qalinligi 2-3 marta aniqlanadiva o‘rtachasi olinadi. Shundan keyin tekshirilgan suyuqlikdagi
modda miqdori formula yordamida hisoblab topiladi.
Barmoqdan mikropipetka bilan 0,1 ml qon olib, sentrifuga probirkasining eng tagiga
tushiriladi. Qon olingan pipetka bilan distillangan suvdan 0,1 ml olib qonga qo‘shiladi. Yana shu
pipetka bilan kaliy ishqorining 25 % li eritmasidan 0,1 ml olib, u ham shu probirkaga solinadi.
Shundan keyin probirka qaynab turgan suv hammomida 30 minut saqlanadi. Natijada yuqori
harorat ta'sirida va ishqor ishtirokida qondagi xolesterin efirlari gidrolitik usulda xolesterin va
yog‘ kislotasiga parchalanadi.
Mo‘ljallangan vaqt o‘tgach probirkaga 1,5 ml xloroform 0,15 g chamasida natriy
gidrofosfat kukuni solinadi va shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi. So‘ng 10 minut tinch
saqlanadi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgach probirka to undagi xloroform qaynaguncha qaynab turgan
suv hammomiga qo‘yiladi va sovuq suvda sovitiladi. Gidrofosfat gigroskopik bo‘lgani uchun
probirkadagi suvning hammasini o‘zida olib qoladi va suvsiz xloroform ajraladi. Qondagi
efirning gidrolizlanishidan hosil bo‘lgan xolesterin va erkin xolesterinning hammasi shu suvsiz
xloroformda erigan bo‘ladi. Probirkadagi xloroform dekantatsiya usulda 2,5 ml li probirkaga
quyiladi. Qotgan tuzda qolgan xolesterin qoldiqlari 1 ml xloroform bilan chayqatilib, o‘lchovli
probirkadagi suyuqlik ustiga solinadi. Uning ustiga suyuqlikning hajmi 2.5 ml ga yetguncha
xloroform qo‘shiladi.
Shundan keyin ikkinchi bir 2,5 ml li probirkaga xolesterinning xloroformdagi 20 mg% li
eritmasidan 1 ml olib, ustiga uning hajmi 2,5 ml ga yetguncha xloroform qo‘shiladi.
O‘lchovli probirkalarning ikkalasiga ham 1 ml dan atsetat angidri va 3 tomchidan
konsentrik sulfat kislota qo‘shiladi va so‘ng chayqatiladi. 30 minut tinch saqlanadi. Natijada
probirkalardagi suyuqlik yashil rangga buyaladi.
Mo‘ljallangan 30 minut o‘tgach, probirkalardagi yashil rangli suyuqlikni kolorimetrning
stakanchalariga qo‘yib, ularning rangi solishtiriladi. Shundan keyin quyidagi formula yordamida
xolesterinning miqdori hisoblab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: