Statik biokimyо


Kerakli jihozlar va reaktivlar



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/176
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407609
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   176
Bog'liq
umimiy va sport biokimyosidan laboratoriya mashgulotlari

Kerakli jihozlar va reaktivlar

: Probirkalar (qalin shishadan yasalgan), o‘lchovli probirka 

(2  dona),  mikropipetka,  kalorimetr,  suv  hammomi,  pipetka  (5  ml  li),  Frank  ninasi  yoki 

skarifikator,  paxta,  doka,  kaliy  ishqorining  (KON)  25  %  li  eritmasi,  natriy  monogidrofosfat 

Na

2

HPO



4

 

· 

2H

2

O,  atsetat  angidrid,  sulfit  kislota  (konsentrik),  xolesterinning  xloroformdagi  20 



mg % li standart eritmasi. 

Ishning bajarilishi: 

 Buning uchun xolesterinning atsetat angidrid bilan yashil rang hosil qilish reaksiyasidan 

foydalaniladi.  Ana  shu  rangning  intensivligi  asosida  kolorimetrik  usul  bilan  xolesterin  miqdori 

aniqlanadi.  

Rangning intensivligini solishtirish uchun Dyubosk tipidagi kolorimetrdan foydalaniladi.  

Kalorometr  asbobida  2  ta  stakancha  bo‘lib,  ular  siljiydigan  maxsus  kursichalarga 

o‘rnatilgan.  Vintlar  yordamida  stakanchalarni  yuqori  ko‘tarish  va  pastga  tushirish  bilan  ularga 

quyilgan rangli suyuqliklarning qalinligini o‘zgartirish mumkin. 

Asbobning pastki qismidagi plastinkaga tushgan yorug‘ tekshiriladigan rangli suyuqlik va 

shisha tayoqchalardan o‘tib, maxsus prizmaga (V) tushadi. Prizmadan o‘tganda o‘ng tomondagi 

yorug‘  okulyarning  chap  tomonida  va  chap  tomondagi  yorug‘  okulyarning  o‘ng  tomonida 

ko‘rinadi.  




Kolorometr bilan ishlashdan avval uni tekshirib ko‘rish kerak. Buning uchun asbobning 

ikkala  stakanchasiga  bir  xil  konsentratsiyali  rangli  suyuqlik  solinadi.  So‘ng  stakanchalarni 

asbobdagi  joyga  o‘rnatib,  tegishli  vintlar  yordamida  bir  xil  qalinlikka  to‘g‘irlanadi.  Shundan 

keyin  plastinkani  yorug‘  tomonga  qaratib,  okulyardan  qarab  ikki  tomondagi  rangning  bir  xil 

bo‘lgani topiladi.  

Shundan  so‘ng  asbobni  va  plastinkani  qimirlatmasdan  stakanchalardagi  suyuqlik  to‘kib 

tashlanadi, stakanchalar yuvilgandan keyin biriga standart, ikkinchisiga tekshiriladigan suyuqlik 

solinadi.  Standart  eritmali  stakan  asbobning  chap  tomoniga  va  tekshiriladigan  suyuqlik  o‘ng 

tomoniga  o‘rnatiladi.  Vint  yordamida  standart  eritmani  ma'lum  qalinlikda  (10-15  mm)  qo‘yib, 

o‘ng tomondagi vint yordamida tekshiriladigan suyuqlikni yuqoriga ko‘tarish va pastga tushirish 

bilan okulyardagi rangning bir xil bo‘lgani topiladi (tayoqchalarning uchi albatt suyuqlikka botib 

turishi shart). So‘ngra shkaladan standart va tekshiriladigan suyuqliklarning qalinligi aniqlanadi. 

O‘ng tomondagi suyuqlikning qalinligini o‘zgartirib, qaytadan okulyarda ko‘ringan rangning bir 

bo‘lganini  topib,  shkaladan  suyuqliklarning  qalinligi  aniqlanadi.  Shu  xilda  suyuqliklarning 

qalinligi  2-3  marta  aniqlanadiva  o‘rtachasi  olinadi.  Shundan  keyin  tekshirilgan  suyuqlikdagi 

modda miqdori formula yordamida hisoblab topiladi.  

Barmoqdan  mikropipetka  bilan  0,1  ml  qon  olib,  sentrifuga  probirkasining  eng  tagiga 

tushiriladi. Qon olingan pipetka bilan distillangan suvdan 0,1 ml olib qonga qo‘shiladi. Yana shu 

pipetka bilan kaliy ishqorining 25 % li eritmasidan 0,1 ml olib, u ham shu probirkaga solinadi. 

Shundan  keyin  probirka  qaynab  turgan  suv  hammomida  30  minut  saqlanadi.  Natijada  yuqori 

harorat  ta'sirida  va  ishqor  ishtirokida  qondagi  xolesterin  efirlari  gidrolitik  usulda  xolesterin  va 

yog‘ kislotasiga parchalanadi.  

Mo‘ljallangan  vaqt  o‘tgach  probirkaga  1,5  ml  xloroform  0,15  g  chamasida  natriy 

gidrofosfat  kukuni  solinadi  va  shisha  tayoqcha  bilan  aralashtiriladi.  So‘ng  10  minut  tinch 

saqlanadi.  Ko‘rsatilgan  vaqt  o‘tgach  probirka  to  undagi  xloroform  qaynaguncha  qaynab  turgan 

suv  hammomiga  qo‘yiladi  va  sovuq  suvda  sovitiladi.  Gidrofosfat  gigroskopik  bo‘lgani  uchun 

probirkadagi  suvning  hammasini  o‘zida  olib  qoladi  va  suvsiz  xloroform  ajraladi.  Qondagi 

efirning gidrolizlanishidan hosil bo‘lgan xolesterin va erkin xolesterinning hammasi shu suvsiz 

xloroformda  erigan  bo‘ladi.  Probirkadagi  xloroform  dekantatsiya  usulda  2,5  ml  li  probirkaga 

quyiladi.  Qotgan  tuzda  qolgan  xolesterin  qoldiqlari  1  ml  xloroform  bilan chayqatilib,  o‘lchovli 

probirkadagi  suyuqlik  ustiga  solinadi.  Uning  ustiga  suyuqlikning  hajmi  2.5  ml  ga  yetguncha 

xloroform qo‘shiladi. 

Shundan keyin ikkinchi bir 2,5 ml li probirkaga xolesterinning xloroformdagi 20 mg% li 

eritmasidan 1 ml olib, ustiga uning hajmi  2,5 ml ga yetguncha xloroform qo‘shiladi.  

O‘lchovli  probirkalarning  ikkalasiga  ham  1  ml  dan  atsetat  angidri  va  3  tomchidan 

konsentrik  sulfat  kislota  qo‘shiladi  va  so‘ng  chayqatiladi.  30  minut  tinch  saqlanadi.  Natijada 

probirkalardagi suyuqlik yashil rangga buyaladi. 

Mo‘ljallangan 30 minut o‘tgach, probirkalardagi yashil rangli suyuqlikni kolorimetrning 

stakanchalariga qo‘yib, ularning rangi solishtiriladi. Shundan keyin quyidagi formula yordamida 

xolesterinning miqdori hisoblab chiqariladi. 




Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish