Kerakli asbob va reaktivlar
probirkalar, pipetkalar, glyukozaning 1% eritmasi, kumush
oksidning ammiakdagi eritmasi, spirt lampasi.
Ishning bajarilishi
Probirkaga glyukozaning 1 foizli eritmasidan 1 ml olib, unga barobar hajmda kumush
oksidning ammiakdagi eritmasidan qo’shib qizdiriladi. Natijada erkin kumush probirka
devorlariga o’tirib oyna hosil qiladi.
2-tajriba. Uglevodlarni α-naftol yordamida aniqlash.
Bu reaktsiya hamma uglevodlar uchun xosdir. Uglevodlar kontsentrlangan sulfat kislota
ta’sirida furfurol yoki uning hosilalariga aylanadi. Hosil bo’lgan mahsulot 2 mol α- naftol bilan
kondensatsiyalanib rangli kompleks hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |