Standartlashtirish asoslari


 Mahsulot sifat nazorat tizimi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/246
Sana11.01.2022
Hajmi2,35 Mb.
#345785
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   246
Bog'liq
standartlashtirish asoslari

10.4. Mahsulot sifat nazorat tizimi 
I.
 
Sifat nazorati tizimini yaratish.
 
Buni quyidagi taxlitda amalga oshirish mumkin: 
1.
 
Iste’molchilar talabini  qondirish yoki ularning xoxishistaklarini aniqlash uchun 
loyihalash  (ishlab  chikish)  bosqichida  sifat  yaratish,  sifat  loyihasiga  asos  qo‘yish  va 
iste’molchiga  yangi  mahsulot  yoki  xizmatni  ilgarigidanda  tezrok  etkazish.  Sifatni 
boshqaruvning  yangi  modelida  (TQM)  loyihalash  jarayonida  loyihaning  xar  bir 
jixatini,  jumladan,  ishlab  chiqarish,  etkazib  berish  va  xizmat  ko‘rsatish  kabilarni 
xisobga olish uchun korxonaning turli bo‘limlaridan (marketing, konstruktorlik, ishlab 
chiqarish va boshka bo‘limlar) xodimlar birga yig‘ilishadi. Iste’molchilarning xoxish-
istaklari  nimadan  iborat  ekanligi  va  korxona  goyalarining  iste’molchilar  talablariga 
kanchalik javob berishini tushunib olish uchun korxona uz jamoasiga iste’molchilarini 
xam  taklif  etishi  kerak.  SHuningdek,  korxona  uzining  muxim  ta’minotchilarini  xam 
ularning professional bilimlaridan naf chiqarish va ularning potensial imkoniyatlariga 
baxo berish uchun ushbu jarayonga ularni xam jalb etishi kerak. 
2.
 
Barcha  ishlab  chiqarish  jarayonlarida  sifat  bo`yicha  ilmiy  usullar  va 
instrumentlarni  qo`llash.  Ushbu  usullar  va  instrumentlar  sifat  soxasida  qo‘yilgan 
maqsadlarga erishish uchun boshqaruv faoliyatini amalga oshirish va boshqariladi- gan 
ob’ektlarga  nisbatan  ta’sir  ko‘rsatish  yo`llari  va  usullarini  ifoda  etadi  xamda  sifat 
muammolarini xal etish va korxona faoliyatini yaxshilash imkonini beradi. 


 
292 
3.
 
Loyihalashning  muvofikligi  va  foydalanishga  yarokliligi  sifatni  boshqaruvning 
bosh  maqsadi  sifatida  karalishi  lozim.  Bu  o`rinda  korxonalarga  yaponcha  «turt  sifat 
darajasi» nomli konsepsiyani qo`llash tavsiya etiladi: 
-
 
birinchi  daraja
  -  standartga  moslik.  Bunda  sifat  standart  talablariga  muvofik 
yoki nomuvofik sifatida baxolanadi; 
-
 
ikkinchi daraja
 - foydalanishga yaroklilik. Mahsulot nafakat standart talablariga 
muvofik bulishi, balki iste’mollilik, foydalanish (ekspluatatsion) talablariga xamjavob 
berishi kerak, chunki fakat shundagina bozorda unga nisbatan talab mavjud buladi; 
-
 
uchinchi  daraja
  -  bozordagi  amaldagi  talablarga  muvofiklik.  Ideal  deb 
karalganda, bu  arzon  narxda taklif  etila-  digan  yukori sifatli  mahsulot, degani. Arzon 
narxda  yukori  sifatli  mahsulot  ishlab  chiqarishning  yagona  yo`li  defektsiz  ishlab 
chiqarishdir. Bunday ishlab chiqarish, avvalo, korxona ishchi-xodimlarining mahsulot 
sifati juda muxim ekanligini yaxshi anglashi va ularning doimo mahsulot yukori sifati-
ni ta’minlash uchun xarakat qilishiga boglik; 
-
 
turtinchi  daraja
  -  yashirin  extiyojlarga  muvofiklik.  YAshirin  extiyojni  xisobga 
olib  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  sotuvda  ustunlikka  ega  buladi.  Iste’molchi  uzi  nima 
xoxla-  shini,  kup  xollarda,  yaxshi  bilmaydi.  Bozorda  boshkalariga  uxshamagan, 
kutilmagan biror mahsulot chikishi bilan u aynan usha mahsulot unga kerak ekanligini 
tushunib etadi. 
4.
 
«Nol  defektlar»  konsepsiyasini  qo`llab-quvvatlash  va  keng  qo`llash,  zero, 
mazkur  konsepsiyada  korxona  uchun  bir  qator  ijobiy  jixatlar  mavjud,  ular  orasidan 
qo‘yidagilarni sanab utish mumkin: 
-
 
asosiy e’tiborni defektlarni aniqlash va ularni tugrilashga emas, balki defektlar 
paydo bulishining oldini olish- ga karatish; 
-
 
ishlab chiqarishda xarakatlarning defektlar darajasini kamaytirishga karatish; 
-
 
iste’molchiga  nuqsonlardan  xoli  mahsulot  kerak  ekanli-  gi  xamda  aynan  mana 
shunday mahsulot ishlab chiqarish kerakligini anglab etish; 
-
 
korxona  raxbariyati  uzok  muddatga  muljallangan  sifatni  oshirish  bo`yicha 
maqsadlarni aniq belgilab olishi («sifat siyosati»ni ishlab chikish) kerakligi; 


 
293 
-
 
korxona  ish  sifatini  nafakat  ishlab  chiqarish  jarayonlari  sifati  bilan,  balki 
noishlab  chiqarish  bo‘limlari  faoliyati  sifati  bilan  xam  belgilanishini  anglab etish. Bu 
kabi bo‘limlar faoliyati xizmatlar ko‘rsatish faoliyati sifatida karaladi; 
-
 
sifatni ta’minlash faoliyati moliyaviy taxlilini olib borish zarurligini e’tirof etish. 
5.
 
Potensial  nomuvofikliklar  sabablarini  bartaraf  etish  va  ularning  vujudga 
kelishini oldini olish uchun profilaktika tizimini joriy etish (ISO 9000 standarti goyala- 
riga  kura,  sifat  menejmenti  tizimi  shunday  faoliyat  kursatishi  kerakki,  bunda 
muammolarni  vujudga  kelib  bulganidan  keyin  aniqlash  emas,  balki  ularning  oldini 
olishga  muvaf-  fak  bulinsin).  Nomuvofikliklarning  oldini  olish  bo`yicha  choralar 
qo‘yidagilardan  iborat  bulishi  mumkin:  texnologik  uskuna  va  kurollarni  majburiy 
almashtirish,  asbob-uskuna-  larni  rejali  va  extiyot  chorasi  sifatida  ta’mirlash,  texnik 
xizmat ko‘rsatish, barcha ish o`rinlarida kerakli xujjatlarni ta’minlash xamda eskirgan 
xujjatlarni uz vaktida chiqarib tashlash va xokazo; 
6.
 
Korxonadagi  barcha  ishchilarga  asbob-uskunalar  va  kurilmalardan  optimal 
foydalanish, shuningdek, ularni mustakil ravishda ta’mirlash ishlarini urgatish. 
7.
 
Sifat darajasini baxolashda belgilanadigan aniq natijalarni qo`lga kiritish uchun 
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. 
8.
 
Asbob-uskuna va kurilmalar ishlashi uchun zaruriy sharoitni (xarorat, namlik va 
xokazo) ta’minlash. 
9.
 
Asbob-uskunalar va kurilmalarni standartlashtirish va davriy ravishda tekshirish 
bo`yicha ilmiy dastur tuzish. 
10.
 
Bajariladigan ish sifati darajasini uzluksiz ravishda baxolab borish. 
11.
 
Teskari alokani yo`lga qo‘yish. 
II.
 
Sifat nazorati tizimini joriy etish. 
Sifat  nazorati  tizimini  muvaffakiyatli  joriy  etish  uchun  bu  jarayonga 
korxonaning  barcha  xodimlari  ishtirok  etishi  xamda  sifatni  boshqaruvning  ilmiy 
asoslarini joriy etish talab etiladi. Tadqiqot olib borilgan korxonalar etar licha mablag 
ajratishlari,  ishchilardagi  ruxiyat  va  ishtiyokni  oshirish  xamda  ularning  xizmatlarini 
e’tirof  etish  orqali    ularni  moddiy  va  manaviy  qo`llab-quvvatlashlari,  ragbatlan- 
tirishlari zarur. 


 
294 
Sifat  nazorati  tizimini  joriy  etilganidan  so`ng,  sifatni  boshqaruv  bo`yicha 
zamonaviy yondashuvlarning kanchalik muvaffakiyatli tatbik etilayotganlini baxolash 
ishlari  olib  borilishi  (birinchi  bosqich)  lozim  va  ushbu  baxolash  asosida  keyingi 
bosqichlar xakida karor kabul qilish kerak. 
Agar  sifatni  boshqaruv  bo`yicha  zamonaviy  yondashuvlarni  qo`llash  yuzasidan 
berilgan  baxo  ijobiy  bulmasa,  korxona  mazkur  yondashuvlarni  tatbik  etishda  keyin 
davrlarda yuzaga keladigan kamchiliklarni bartaraf etish uchun bu xolatni kayta kurib 
chikishi zarur. 
Agar  sifatni  boshqaruv  bo`yicha  zamonaviy  yondashuvlarni  qo`llash  yuzasidan 
berilgan  baxo  ijobiy  bulsa,  korxona  keyingi  bosqichga  (sifatni  ta’minlash  bo`yicha 
zamonaviy yondashuvlarni tatbik etish) utishi mumkin. 
Ikkinchi  bosqich:  ISO  9000  xalsaro  standarti  asosida  sifatni  ta’minlash 
bo`yicha zamonaviy yondashuvlarni tatbits etish. 
Birinchi  bosqich  (sifatni  boshqaruvga  zamonaviy  yondashuvlarni  tatbik  etish) 
ikkinchi  bosqichni  amalga  oshirish  uchun  asos  bulib  xizmat  kiladi.  Urganilgan 
korxonalar  mazkur  bosqichni  amalga  oshirishdan  oldin  uz  ishchilarining  sifatni 
ta’minlash  bo`yicha  zamonaviy  yondashuvlarning  moxiyati  va  axamiyatini  tushunib 
etishiga  erishishi  va  ularga  mazkur  zamonaviy  yondashuvlarni  urgatishi  lozim. 
Korxonalarda  mahsulot  sifatini  boshqarish  bo`yicha  ishni  tashkil  etish  ISO  9000 
xalkaro  standarti  talablariga  javob  beradigan  sifat  menejmenti  tizimini  yo`lga 
qo‘yishni  kuzda  tutadi.  Bunda  mazkur  standart  bo`yicha  beriladigan  tavsiyalarga 
e’tibor ka- ratish lozim. Ushbu tavsiyalarda sifatni boshqaruvni  yo`lga qo‘yish uchun 
tavsiya  etiladigan  bir  qator  faoliyat  turlari  (funksiyalar,  elementlar)  o`rin  olgan. 
SHundan keyin qo‘yidagi bosqichlar tomon odimlash kerak buladi: 
 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish