«Sportlarda musobaqadan oldingi holatning umumiy psixologik tavsifi»



Download 340 Kb.
bet7/7
Sana23.06.2017
Hajmi340 Kb.
#13361
1   2   3   4   5   6   7

Xulosa

«Sport psixologiyasi» Fani hozirgi zamonaviy sportning barcha turlarini qamrab olgan bo’lib, undagi barcha muammolar markazida sportchi va uning faoliyati turadi. Sportchi shaxsining jamiyat ijtimoiy hayotidagi roli oshib borgani sayin bu fanning ijtimoiy-pedagogik fanlar tizimidagi ahamiyati ham ortib boradi. «Sport psixologiyasi» Fani bo’lg’usi sport mutaxassislari va murabbiylar tayyorlashda, sportchilarni sport mashg’ulotlari va musobaqalarga tayyorlashda, ularni jismoniy va ruhiy jihatdan chiniqtirishda, milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashda, mashg’ulotlarni sifatli tashkil etishda, sport musobaqasi jarayonida paydo bo’ladigan muammoli vaziyatlarni to’g’ri hal etishda, sportchilarga yangi nazariy bilimlar berish hamda shaxsiy muammolarini oqilona hal etishda, ilmiy, nazariy va uslubiy yo’l-yo’riq ko’rsatadigan fanlardan biridir.



  1. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shuningdek, sportda ham sezilarli darajada rivojlanish ko’zga tashlandi. Sport turlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi, uch bosqichli («Umid nihollari» - «Barkamol avlod» - «Universiada») sport musobaqalarining o’tkazilishi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi farmonining qabul qilishi «Sport psixologiyasi» fanining bundan keyingi rivojlanish istiqbolini ham belgilab berdi. Shuningdek, bugungi ijtimoiy hayot «Sport psixologiyasi» fani oldiga sportning ijtimoiy tomonlari to’g’risida ilmiy izlanishlar olib borish lozimligini zarurat qilib qo’ymoqda.

Biz mana shu hayotiy haqiqatdan kelib chiqib, ko’p yillik ilmiy izlanishlarimiz va amaliy faoliyatimiz natijalariga asoslanib, o’z yo’nalishimiz bo’yicha sport faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi muammolarning ijobiy hal qilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

- jismoniy madaniyat fakultetlari qoshida maxsus amaliy sport psixologlari tayyorlash bo’limlarini ochish;

- jismoniy madaniyat fakultetlarida sport psixologiyasi laboratoriyalarini ochish, ularni texnik vositalar bilan jihojlash;

- har bir komandasi uchun komanda psixologi lavozimini joriy etish;

- komanda psixologlarini taraqqiy etgan davlatlar tajribasini o’rganish uchun amaliyot o’tashga yuborish;

- sport psixologi mutaxassislarini tayyorlashga e’tiborni ko’chaytirish.



Chunki sportchilarni sport musobaqalariga va jahon olimpiada o’yinlariga ruhiy jihatdan tayyorlashda komandada ijobiy va jo’shqin ruhiy muhitni vujudga keltirishda, ularga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda, sportchilarni og’ir vaziyatdan chiqib, g’alaba qozonishga yordam berishda komanda psixologlarining roli katta ekanligi hozirgi sportda yoqqol sezilmoqda. Buning uchun zudlik bilan jismoniy madaniyat instituti va jismoniy madaniyat fakultetlarida komanda psixologlari tayyorlash bo’limlari ochilsa, bu yaqin kelajakda o’zining natijalarida berishi shubhasizdir.

  1. Bugungi kunda sportchilarni sport faoliyatiga tayyorlash va mahoratli sportchilarni etishtirish, tegishli malaka va ko’nikmalarni hosil qilish, ularning hissiy-irodaviy sifatlarini rivojlantirish, sportga bo’lgan qiziqishlarini o’stirish, sportchilarga g’alabaga intiluvchanlik, epchillik, o’zini tuta bilishlik va chidamlilik kabi xarakter xislatlarini tarbiyalash uslublari ishlab chiqilmoqda. Biz ushbu magistrlik dissertasiyani yozishda sportchi xarakterining o’zgaruvchanligini, tashqi tassurotlarga qanchalik engil, oson va chaqqoniylik bilan moslashish yoki, aksincha, sportchi xatti-harakatlarining qanchalik sust va qoloqligi, vazmin va bosiqligi, affektga moyilligi, chidamsizligi, noxush tuyg’ular va boshqa emotsional o’zgarishlarning paydo bo’lish sabablarini anchagina chuqur tahlil qilib, amaliy tajribalar misolida yoritishga erishdik.

  2. Ilmiy va amaliy tajribalarimiz natijalariga hamda mavjud nazariy va uslubiy adabiyotlarga asoslanib, sportchining startdan oldingi ruhiy tayyorgarlik holati uning oldingi musobaqalarda erishgan muvaffaqiyatlariga bog’liq bo’lishi, sportchining musobaqalarda ko’rsatgan quyi natijalari esa nafaqat ularning jismoniy, texnik yoki taktik tayyorgarligiga, balki musobaqadan oldingi ruhiy tayyorgarlik holatga ham bog’liq ekanligini mazkur ishimizda ko’rsatib berishga harakat qildik. Biz dissertasiyada sportchining startga tayyorgarlik holatini quyidagi qismga ajratdik. 1) sportchining startdan oldingi qaltirash, jonsizlik holati; 2) sportchining startga yuqori tayyorgarlik va jangovarlik holati; 3) sportchining ruhan tushkunlik holati. Shulardan startga jangovar tayyorgarlik va startdagi ta’sirchanlik holati sportchi uchun g’alabani ta’minlaydigan muhim holatlardir. Bulardan tashqari, ko’p yillik amaliy faoliyatimiz natijalari g’alabaga erishishning yana bir muhim omili komandadagi har bir o’yinchining maqsadi komandaning umumiy maqsadi bilan uzviy bog’liqlikda, yagonalikda ekanligini ko’rsatadi. Ayrim hollarda komanda sportchilari o’rtasida o’zaro ijobiy munosabatlarning buzilishi oqibatida paydo bo’ladigan noxushliklar jamoada turli salbiy holatlarni vujudga keltiradi: ularda bir-biriga ishonchsizlik, bir-birining o’yinidan qoniqmaslik, adolatsizlik, tartibsizlik kabi salbiy munosabatlar paydo bo’ladi. Natijada komanda o’yinchilari ketma-ket mag’lubiyatga uchrayveradi, o’yinning sifati pasayadi, o’yinchilar boshqa komandalarga o’tib ketishga majbur bo’ladilar. Agar sport komandalarida psixolog lavozimi joriy etilib, uning faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bunday salbiy holatlarning oldi olingan yoki bunday noxushliklarga barham berilgan bo’lar edi.

  3. Biz mazkur dissertasiya ishimizda irodasi bo’sh, xarakteri zaif sportchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning alohida uslubiy jihatlarini ilmiy nuqtai nazardan asoslab berishga harakat qildik. Murabbiylarga bunday sportchilar bilan ishlashda «o’zini-o’zi boshqarish», «autogen mashq qilish», «meditatsiya» uslublaridan foydalanish to’g’risida tavsiyalar berdik. Jumladan, hozirgi sportda rekordlarning muttasil yangilanish va o’zgarib turishi sababli sportchilardan yuqori (maksimal) kuchlanish bilan mashq qilishni talab qilish, sportchida bajariladigan har bir harakatni to’g’ri idrok qilish malakalarini rivojlantirsh (masalan, baland tog’larda mashq qilishga moslashish to’g’risida fiziolog va psixolog olimlarning ilmiy tajribalari hamda amaliy izlanishlari natijalariga asoslangan nazariy xusolalarga amal qilish yoki 300 metrga yuguruvchilarga masofani to’g’ri idrok etish barobarida musobaqada kuchli hayojon va vahimaga berilmaslik) uchun maxsus mashqlarni bajarish yuzasidan tegishli uslubiy ko’rsatmalar berdik.

  4. Xullas, mazkur dissertasiya ishimizda, sportchilarda musobaqadan oldingi holatini o’rganish va sportchilarni musobaqaga tayyorlash, sohaga oid ko’plab muammoli masala va vazifalarni to’g’ri hal etish, sportchilarda ma’naviy hissiyotlarni shakllantirishda alohida ahamiyatga ega bo’lgan muammolar ilmiy-uslubiy va metodik nuqtai nazardan yoritib berildi. Shuningdek, magistrlik dissertasiya ishimizda ko’pgina tushunchalari mahalliy shart-sharoit va hozirgi kunning xususiyatlari hisobga olinib, anchagina batafsil izohlandi.

Mualliflarning ko’p yillik pedagogik hamda sport musobaqalarining doimiy ishtirokchisi va murabbiysi sifatida orttirgan tajribalariga tayanilgan holda respublikamiz va chet ellarda chop etilgan ilmiy, o’quv-metodik manbalarni o’rganish asosida tayyorlangan mazkur dissertasiyada sportchilarning sport musobaqasidan oldingi holatini o’rganish bo’yicha yaratilgan dastlabki dissertasiyalardan biri bo’lgani uchun ayrim tushunchalar yetarli darajada talqin qilinmagan bo’lishi mumkin. Shu bois muallif mazkur dissertasiyaning mazmuni bo’yicha bildirilgan xolisona istak, taklif, fikr-mulohaza va maslahatlarni samimiy qabul qiladilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». T.: «Ma’naviyat», 2008. 28-bet.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida so’zlagan nutqi. Toshkent-1995 y. fevral

  3. Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi umumiy yig’ilishida so’zlagan nutqi. Toshkent, 1994 yil, 7 may. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganish bag’ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent-2012. 23-24-betlar.

  4. Karimov I.A. Asosiy maqsadimiz-yurtimizda erkin va obod, farovon hayot barpo etish yo’lini qat’iyat bilan davom ettirishdir. O’zbekiston ovozi. 2007 yil 8 dekabr.

  5. Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi Islom Karimovning «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. «Iqtisodiyot» 2009. 6-10 betlar.

  6. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 17 yanvardagi 27-sonli «O’zbekistonfutbolining rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Toshkent-2007. 25-26 betlar.

  7. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». T.: O’zbekiston, 1997.

  8. «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida». O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. «Ma’naviyat» gazetasi. 2002 yil, 26 oktyabr.

  9. Bolalar va yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Termiz-2003 yil, 4-5 betlar.

  10. 1992 yil 14 yanvarda «Jimoniy tarbiya va sport to’g’risida» Respublika qonuni qabul qilindi.

Ilmiy-uslubiy adabiyotlar

  1. Abu Ali ibn Sino. Tibbiyo o’gitlar. Tuzuvchilar: U.I.Karimov., S.U.Karimova. Toshkent, «Mehnat», 2002 y. 54-57 betlar.

  2. Boymurodov N. Amaliy psixologiya. Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2009 y. 3-4 betlar.

  3. Volkova I.P. Praktikum po sportivnoy psixologii. Piter.Sankt-Peterburg-2002. 24-25 betlar

  4. Davlatshin M.G. «Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya». «O’qituvchi» nashriyoti. Toshkent-2002. 82-85 betlar.

  5. V.A.Marshiuk. Metodiki psixo-diagnostiki v sporte. Maskva «Proveshyeniye». 2001. 86-bet.

  6. Melnikova. Psixologiya. Maskva «Fizkulturai sporti», 2002. 10-12 betlar.

  7. Masharipov Y. Sport psixologiyasi. O’quv qo’llanma. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. Toshkent-2010. 5-bet.

  8. Masharipov Y. Sport psixologiya. Leksiya to’plami. Samarqand-2007. 6-7 betlar

  9. Masharipov Y. Umumiy va sport psixologiyasi. O’quv qo’llanma. «Ilm Ziyo» nashriyoti. Toshkent-2012. 94-95 betlar.

  10. Masharipov Y. Umumiy va sport psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Samarqand-2012. 24-31 betlar.

  11. Kruteykiy. «Pedagogik psixologiya asoslari». Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti. 2003. 6-7 betlar.

  12. Lesgaft P.F. Vozrastkak psixologiya. Sankt-Peterburg. 1991. 7-9 betlar.

  13. Lesgaft P.F. Psixologicheskaya podgotovka k sorevnovaniyu v sporte. «Fizkultura i sport» Maskva-1969. 60-63 betlar.

  14. Puni A.S. O sostoyanii psixicheskoy gotovnosti sportsmena K. Sorevnovaniyu. «Teor. Iprakt.fizich.kult.», 1990. №4. str. 28-31.

  15. Puni A.S. Voprosы psixologicheskoy podgotovki k sorevnovaniyam. Sankt-Peterburg-1997. 26-28 betlar.

  16. Raximov S. Ibn Sino. Ta’lim va tarbiya to’g’risida. Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti. 1967. 38-43 betlar.

  17. Ruzik P.A., V.A. Medvedov, A.V.Rodinov. Psixologiya i sovremennы sport. Moskva «Fizkultura i sporta». 2003. 31-33 betlar.

  18. Pavlov I.P. Polnoye sobraniye sochineniy. III tom, 1-kitob, SSSR Fanlar akademiyasining nashriyoti, 224-246 betlar.

  19. Xalilov K. Ma’naviyat ruhiyat va moddiyat. Toshkent. O’zbekiston Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti. 2005. 5-6 betlar.

  20. G’oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent. «O’qituvchi» 1990. 3-5 betlar.

Ilmiy to’plamlar

  1. Aminjanov Sh.A. (SamDU). Bolalarning jismoniy yuklamalarga moslashuvida harakat apparatining o’ziga xos xususiyatlari. Jismoniy madaniyat ta’lim-tarbiyasi jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishni takomillashtirish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Samarqand-2003. 102-104 betlar.

  2. Aminjanov Sh.A. (SamDU). Bolalarning jismoniy yuklamalariga moslashuvida harakat apparatining o’ziga xos xususiyatlari. Jismoniy madaniyat ta’lim-tarbiyasi jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishni takomillashtirish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Samarqand-2003. 102-104 betlar.

  3. Alimov H., R.Abdumalikov, A.A. Qo’ysinov. «Barkamol avlod» sport klubi-tashkiliy ishlar manbaidir. Bolalar va yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb muammolari. Termiz-2003. 15-17 betlar.

  4. Alimov Sh.Q. Q.Yarashev (O’zDJTI). Yosh sportchilarni tayyorlashda ijtimoiy psixologik holatning ahamiyati. Bolalar va yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb muammolari. Termiz-2003. 17-19 betlar.

  5. Alimov Q., R.Abdumalikov, A.A.Qo’ysinov. «Barkamol avlod» sport klubi-tashkiliy ishlar manbaidir. Bolalar va yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Termiz-2003, 15-17 betlar

  6. Alimov Sh.Q., Q.Yarashev. Yoshlar sportchilarni tayyorlashda ijtimoiy psixologik holatlarning ahamiyati. Bolalar va yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Termiz-2003, 17-20 betlar

  7. Azizova Sh.V., L.Ibragimova. Makatabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayoniga o’yinlarning ta’siri. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar.Toshkent-2012.15-17 betlar.

  8. Jumayev N. Sport maktabi o’quvchilarida o’zini-o’zi irodaviy boshqarish va uning shakllanishida liderning axloqiy sifatlari. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar.Toshkent. 2012. 226-228 betlar.

  9. Jabborov H.H, S.G’.Samatov. Sportchilarda emosional zo’riqishning psixologik diagnostikasi va korreksiyasi. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar.Toshkent-2012.136-138 betlar.

  10. Karimov X. Sport sohasida psixodiagnostikani tatbiq etish muammolari. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar.Toshkent-2003, 144- 145 betlar.

  11. Masharipov Y. Jismoniy madaniyat o’qituvchilari tayyorlashni takomillashtirish masalalari. jismoniy madaniyat ta’lim-tarbiyasi jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishni takomillashtirish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Samarqand-2003. 39-41 betlar.

  12. Masharipov. Y. Sportni rivojlantirishda pedagogik axborot texnologiyasining o’rni. Uzluksiz ta’limda pedagogik axborot texnologiyaning ahamiyati. Respublikasi ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Samarqand-2008. 154-157 betlar.

  13. Masharipov Y. Talabalarning sportga qiziqtirishni oshirishning psixologik-pedagogik shartlari. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb muammolari. Respublikasi ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. SamDU, 2004. 72-74 betlar.

  14. Masharipov Y. Yoshlarda tajovuz va do’q-po’pisa holatining paydo bo’lishi sabablarini o’rgani. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Toshkent-2012.252-254 betlar.

  15. Masharipov Y. Ta’lim jarayonida talabalarning ruhiy holatini boshqarish muammolari. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Toshkent-2012.451-543 betlar.

  16. Sportni rivojlantirishda pedagogik axborot texnologiyasining o’rni. Uzluksiz ta’limda yangi pedagogik va informasion texnologiyalar. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Samarqand-2003. 71-72 betlar.

  17. Masharipov Y. Jismoniy madaniyat o’qituvchilari tayyorlashni takomillashtirish masalalari. Jismoniy madaniyat ta’lim-tarbiyasi jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishni takomillashtirish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Samarqand-2003 y. 39-41 betlar.

  18. Po’latov M. O’smirlarni sport faoliyatiga undovchi psixologik omillar. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Toshkent-2012.279-281 betlar.

  19. Ro’ziyev B. Sportchi shaxsiga psixologik yondashuv: o’zini-o’zi stimullashtirish va o’zini-o’zi faollashtirish. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Toshkent-2012. 536-538 betlar.

  20. Salomov R.S., N.To’xtaboyev. 13-15 yoshli yengil atletikachilarni 800 metr va 1500 metrga yugurishda chidamlilikning rivojlanishi. jismoniy madaniyat ta’lim tarbiyasi jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishni takomillashtirish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Samarqand - 2003. 93-95 betlar.

  21. Suleymanova N.A. Sportchilar irodaviy tayyorgarligining psixologik asoslari. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Toshkent-2012.175-177 betlar.

  22. Salomov R.S., N.To’xtaboyev. 13-15 yoshli yengil atletikachilarni 800 metr va 1500 metrga yugurishda chidamlilikning rivojlanishi. jismoniy madaniyat ta’lim tarbiyasi jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishni takomillashtirish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Samarqand- 2003. 93-94 betlar.

  23. Tashlanov E. Sport turlariga saralashda ruhiy tayyorgarlikning ahamiyati. XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Toshkent-2012. 177-178 betlar.

  24. To’laganova G.Q., Sh.E.To’lagonov. Tarbiyasi «qiyin»lik va xushxulqlilikning tavsiflari va mezonlari. XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Toshkent-2012. 179-181 betlar.

  25. Tilanov A.A. (Jizzax OZK) kurash milliy qadriyatlarimiz va uning rivojlanishi xususida. Jismoniy madaniyat ta’lim-tarbiyasi jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishni takomillashtirish muammolari. R.I.A.K.M. Samarqand-2003. 19-23 betlar.

  26. Xolbekova U.M., A.Ismatov. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda qadriyatlar va umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalash masalalari. Jismoniy madaniyat ta’lim-tarbiyasi jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishni takomillashtirish muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Samarqand – 2003. 22, 24 betlar.

  27. Xoldorov T.X. U.Raxmonqulov, B.Bo’riboyev. Bolalar sportini ommalashtirishda ixtisoslashtirishning ahamiyati. bolalar va yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Termiz-2003. 74-76 betlar.

  28. Xodjayeva A.K. A.Bozorov. katta sport faoliyatini tark etgan sportchilarning yangi faoliyat turiga moslashuvlarining ijtimoiy xususiyatlari. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Toshkent-2012. 334-336 betlar.

  29. Shaymardonov R.N., Saidov B. Jismoniy tarbiya yoshlarni sog’lomlashtirish va tarbiyalash omili. Bolalar va yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Termiz – 2003. 81-83 betlar.

  30. Haydarov B.T. Sportchilarning baland tog’ sharoitiga moslashuvi va uning fiziologik mexanizmlarini o’rganish. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Samarqand – 2004. 32-35 betlar.

  31. Haydarov B.T. Sportchilarning baland tog’ sharoitiga moslashuvi va uning fiziologik mexanizmlarini o’rganish. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Samarqand – 2004. 73-74 betlar.

  32. Qodirov Sh.B. (O’zMT) Sport maktabi o’quvchilarining tanlangan yo’nalishlariga mosligini tadqiq etish. XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Toshkent-2012. 148 bet.

  33. Qurbonov U. Sportchilar faoliyatida trenerning ahamiyati. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Toshkent-2012. 156-158 betlar.

  34. G’aziyeva Z. Sport komandasida jipslikni tadqiq etishning ahamiyati. «XXI asr psixologiyasining nazariy va amaliy muammolari»ni o’rganishga bag’ishlangan. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallar. Toshkent-2012. 128-139 betlar.






Download 340 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish