1.3. Ilmiy tadqiqot materiallari va natijalari
Barcha tabiiy va ijtimoiy fanlari kabi psixologiya ham analiz qilish uchun faktlar to’planishning ikki xil metodidan-kuzatish va eksperiment uslublaridan foydalandik. Bu uslublar o’z navbatida mohiyati jihatdan farqi bo’lmagan bir qancha ko’rinishlarga egadir. Psixologik sohada ilmiy bilimlar to’plashning bu ikki metodini alohida qayd qilib ko’rsatish zarur, chunki sport psixologiyasi, yuqorida aytib o’tilgan sabablarga ko’ra, kuzatish metodi deganda, sportchi faqat o’z-o’zini kuzatishni tan olib, sport psixologiyasi sohasida xususan, yuksak formadagi sportchining ruhiy jarayonlarini o’rganishda va ilmiy materiallarni to’plashda, sportchining sport faoliyati va musobaqa jarayonlarini kuzatish orqali juda ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldik.
Biz kuzatish uslubi yordamida, sportchining ruhiy hodisalarida voqyea bo’layotgan, hayotiy uchrayotgan ichki va tashqi qiyinchiliklarni yengib o’tishda paydo bo’layotgan irodaviy faolligini, ya’ni tabbiy sharoitda, sportchini turli-tuman sport faoliyatida qanday ko’rinishda voqye bo’lsa, o’sha ko’rinishda kuzatish metodining yordami bilan o’rgandik. Xuddi shuningdek sportchining ruhiy hayoti hodisalarini o’rganishda tashqi kuzatish metodi yordamida o’rganildi.
Tashqi asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan sportchining sport mashg’uloti va musobaqalari jarayonida, uning sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida, har xil harakatlarni bevosita sezib, idrok qila oladigan faktlarni aniqladik. Sportchining sport faoliyati jarayonida paydo bo’ladigan: mimika, imo-ishoro, nutq turli harakatlar va umuman sportchining butun xatti-harakati va faoliyatini bevosita kuzatish bemalol mumkin.
Sportchining ruhiy jarayonlar bilan bevosita bog’langan ba’zi bir fiziologik xodisalar-turqning o’zgarishi, nafas olish, qon aylanishi vash u kabilarning o’zgarishi ham tashqaridan kuzatildi. Kuzatish ma’lumotlarini so’zlar bilan tasvir etish, ko’rsatma vositalar, suratga olish, tovushni yozib olish va shu kabi yo’llar bilan ham o’rganishga harakat qildik. Masalan, sportchining harakat malakalarining shakllanishi, sport tajribalarining ortib borishi, sport mashg’uloti va musobaqasi jarayonida duch kelgan to’siqlarni va qiyinchiliklarni yengish uchun qanday zo’r iroda bilan sabot-matonat ko’rsatishini ham kuzatish yo’li bilan ko’zdan kechirib va tekshirib bordik. Sportning ruhiy hayot xodisalarini o’rganishda psixologiyaning o’z-o’zini kuzatish metodiga ham murojaat qildik.
Sportchining o’z-zini kuzatish yo’li bilan sportchi o’zidagi ruhiy kechinmalari tekshirildi. Bu holda tadqiqotchi ruhiy jarayonlar va holatlarning ichki tomoni – sportchining subyektiv kechinmalari qanday ro’y bersa, ularni shu holida tasvir etish aniqlab olishga harakat qiladi. Tadqiqotchi o’z tadqiqotlarida tekshirilgan sportchilarning o’z-o’zini kuzatib olgan ma’lumotlarga ham asoslanadi.
I.P.Pavlov o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan aniqlab olish mumkin bo’lgan subyektiv psixik xodisalar haqida gapirar ekan bunday deb yozgan edi: «Albatta, bu (subyektiv-P.I) holatlar biz uchun birinchi darajali voqyelikdir, ular kundalik hayotimizni yo’lga soladi, inson jamiyatining taraqiyot etishiga sabab bo’ladi. Ammo subyektiv holatlarga qarab yashash boshqa-yu, ularning mexanizmni chinakamiga ilmiy tahlil qilish boshqa».
Sportchining o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan subyektiv ravishda kungildan kechayotgan faktlarni aniqlash, tasvirlash mumkin, lekin ularni har tomonlama tushuntirish mumkin emas. Ammo sportchining hayotida bo’layotgan psixik xodisalarni tushuntirish-uning sababini, asab-fiziologik asosini topish va sportchi yashaydigan ijtimoiy sharoit bilan bog’langanligini aniqlashni taqozo etadi. Bizning kuzatishimizning vazifasi faktlarni tasvir etish bilan birga, shu faktlarni tushuntirish, ularning kelib chiqish qonuniyatlarini ham bilish lozim.
Tadqiqotchidan o’z-o’zini kuzatish metodini ilmiy asosda tatbiq etish uchun maxsus tayyorgarlik kerak, albatta. Ilmiy tadqiqotlardan birontasini ham maxsus tayyorgarliksiz olib borish mumkin emas.
Biz sportchilar bilan muomala qilishda sport tajribasiga va ilmiy teshirish ishlarida sportli amaliy bilimga ega bo’lishimiz yordamida sportchi ruhiy hayotining tashqi ko’rinishlarini kuzatar ekanmiz, ruhiy jarayonlarining subyektiv suratda qanday kechishini ham ozmi-ko’pmi ocha oldik. Masalan, sportchining vahima holatini kuzatish yo’li bilan tekshirganimizda ko’z, yuz muskullaridagi xilma-xil harakatlarni va to’rqning o’zgarishini qayd qilibgina qolmay, balki, shu bilan birga, shu vahima jarayonlari qanday zabt va qanday tezlik ro’y berishini ham bir qadar bila oldik. Modomiki vahima jarayonlari tashqi sport musobaqasidan oldin va musobaqa jarayonida o’z ifodasini topar ekan, vahimaning mazmunini bila olamiz, vahima jarayoni qay shaklda ro’y berayotganini, vahima qanday qilib vujudga kelayotganini, qo’rquv holatdan qanday qilib chiqib ketish sabablarini ham kuzatdik.
Kuzatish uslubi yordamida sportchining ruhiy holatlarini faqat tasvir etish imkoniga ega bo’lish bilan birga, sportchiga ruhiy holatni tushuntirish, ya’ni sportchilarning sport mashg’uloti yuklamalarini bajarish holatiga, sport musobaqasi jarayonida paydo bo’ladigan xavotirlanish, tashvishlanish, o’z imkoniyatiga ishonmaslik, sportchining faoliyat xarakteriga, oraganizmning umumiy holatiga va asab tizimining ishlash xususiyatlariga bog’liq ekanligini kuzatish metodi yordamida o’rgandik. Murabbiy ta’lim va tarbiya jarayonida sportchilarning yosh va individual psixik xususiyatlarini tekshirib o’rganishda ana shu kuzatish metodidan foydalansa bo’ladi va qiyinchiliklar barham topadi va kamayadi.
Eksperimental metodni birinchi marta fiziolog Veber (1795-1878) va fizik Fexner (1801-1887) sezgilar tekshirishda qo’llanishgan. Eksperimental tadqiqot usullarini Vilgelm Bundt (1832-1920) mukammal ishlab chiqqan XIX asrning oxirida Rossiyada eksperimental psixologiya bo’yicha bir qancha laboratoriyalar vujudga keltirildi. 1911 yilda Moskva universiteti huzuridagi professor Chelnonov rahbarligi ostida eksperimental psixologiya instituti ochildi.
Hozirgi zamon psixologiyasining ko’pgina muvaffaqiyatlari laboratoriya eksperimenti tufayli qo’lga kiritilgan. Eksperimental metodoni psixologiya sohasida qo’llash psixologiya ma’lumotlarini pedagogikaga keng tatbiq etishga imkon beradi. Ammo bizda texnika vositalarining yo’qligi, laboratoriya xonalarining mavjud emasli sababli, bu metoddan foydalanishga imkoniyat bo’lmaganli tufayli boshqa, tabiiy eksperiment metodidan foydalandi.
Tabiiy eksperiment. Tabiiy eksperiment metodi oddiy obyektiv kuzatish metodi bilan laboritoriya eksperimenti metodi o’rtasida turadi. Bu metodni professor A.F.Lazurskiy kuzatish va tajriba metodlarining kamchiliklaridan saqlanish va ikkila metodning foydali tomonlarini qo’shish maqsadida yaratgan.
Biz tabiiy eksperiment metodi yordamida sportchilarda taktik fikrlashda, sportchi tafakkurining tez, aniq qarorga kelishida paydo bo’ladigan sportchilarning ruhiy sifatlari: tashabbuskorligi, taktik fikrlash jarayoni, harakatlarni to’g’ri idrok qila bilishi, g’alabaga intiluvchanligi, sport musobaqasi jarayonida chidam-matonatli ko’rashishlari kuzatish yo’li bilan tekshirib o’rganildi. Sportchilarga turlarida mashq qilayotgan sportchilarda biz shunday sifatlar namoyon bo’lishini kuzatdik. Sportchilarda kuzatish metodi sportchi hayoti va sport faoliyatining odatdagi sharoitlaridagina emas, balki shu bilan birga sportchi psixikasining kasallik oqibatida o’zgarganligini tekshirishda kuzatish metodidan foydalanish mumkin.
Eksperiment metodi.
Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, bu metod yordami bilan sportchining sport faoliyati ularning sport musobaqalarida ro’y beradigan o’zgarishlarida hamda, sportchilarning kundalik sport mashg’uloti jarayonida qanday ro’y bersa, o’shanday holda o’rganildi. Ammo bu metoddan foydalanganda ba’zi bir o’ngaysizlik va qiyinchiliklarni uchratishga to’g’ri keldi, masalan bu yerda tadqiqotchining tekshirishi uchun qaysi ruhiy hodisalarning yuzaga chiqishi kerak bo’lsa, o’sha hodisalar yuzaga chiqqan sportchilarni qidirishga yoki biron sportchida, ba’zan tadqiqotchining o’zida shu hodisalarning yuzaga chiqishini kutib turishga to’g’ri keladi. Eksperiment metodidan foydalanganda bu o’ygaysizlik ruhi jarayonlarining individual psixologik xususiyatlarini ro’y berishini o’rgandik. Masalan, sportchida tekshirish lozim bo’lgan biron ruhiy jarayon odatdagi jismoniy mashq yuklamalarini bajarishda va sport musobaqalari paytida maxsus reja bilan, sportchilarning o’ziga sezdirmasdan tajriba asosida o’rgandik. Albatta, bu sport faoliyati va unda tekshiriladigan ruhiy faoliyat dastavval analiz qilinadi. Masalan, sportchilardagi muayyan bir ruhiy jarayonlarni, muayyan bir xarakter xususiyatlarini, muayyan bir qobiliyatlarini ularning biron bir musobaqadagi o’yindagi faoliyati sharoitida tekshiriladigan bo’lsa, sportchilarning tekshirish nazarda tutilgan ruhi jarayon, xarakter xususiyatlari, qobiliyatlari qaysi musobaqada, o’yinda, ayniqsa yaqqol ko’rinishi oldindan bilib olinadi. Tekshiriluvchi sportchilar shundan keyin tadqiqotchi tomonidan maxsus ravishda, lekin tekshiriluvchi sportchilar uchun tabiiy bo’lgan sharoitga jismoniy mashg’ulotga yoki bu o’rinda musobaqaga jalb qilamiz. Tadqiqotchi sportchilar faoliyatini kuzatib turadi va tekshiriluvchi sportchilar uchun tabiiy sharoitda kelib chiqadigan ruhiy jarayonlarni va sportchilarning individual xususiyatlarini qayd qilib bordik. Ammo tekshirilayotgan sportchilar, yuqorida aytilganidek, o’z faoliyatlari maxsus suratdan kuzatib turganimizni sezmasliklari lozim. Shu sharoitga rioya qilgandagina, tekshirilayotgan sportchilar kundalik hayot va sport faoliyatida o’zlarini qanday tutsalar, maxsus yo’l bilan atayin vujudga keltirilgan tabiiy sharoitda ham o’zlarini o’shanday samimiyat bilan tutadilar. Bunday eksperimentning tabiiy eksperimentligi ham shundadir.
Biz tabiiy eksperiment uslubi yordamida tekshiruvchi tadqiqotchi tekshiriladigan ruhiy hodisalarni zarur bo’lganda maxsus yo’l bilan ataylab vujudga keltiramiz. Masalan, sportchining o’yin vaqtida taktik va texnik harakatlarni bajarishdagi, jamoada o’zini tutishi, komanda do’stlari bilan o’zaro munosabatlari, harakatlarni aniq va to’g’ri idrok qilishi, sportchi diqqatining barqarorligi, taqsimlanishi, ko’zatuvchanligi, kuchi va boshqa shu kabilar o’rganildi. So’ngra bu psixik hodisalarni boshqacha bir tarzda vujudga keltirishga harakat qildik. Jumladan: sportchining musobaqadan oldin ruhiy holatini, musobaqaga qanday tayyorlanganligini, vahima, qo’rquv, ishonch, shijoat, g’alaba qilishga bo’lgan turli xil harakatlar, sportchining ayrim irodaviy sifatlari tarkib topishiga qanday ta’sir ko’rsatayotganligini aniqlashga harakat qildik. Masalan, sportchining jismoniy mashq yuklamalarini metodik usullarning ta’siri, sportchilarda musobaqada g’alaba qilishlarining tarkib topishiga, sport mashqlari uslubiyatlarining ta’siri tekshirildi.
So’rash va suhbat metodi. Biz bu metod yordamida ruhiy hodisalarning asosan, ichki. Subyektiv tomonini tekshirishda foydalandik. Bu metodda tadqiqotlar taxminan quyidagicha o’tkazildi. Sportchi ruhiy hayot hodisalarining birortasini, masalan, sportchida g’alaba qilgandan keyin shodlik hissi subyektiv ravishda qanday kechishini jismoniy mashq jarayoni qanday borishini, irodaga bog’liq harakatlarda qaror qabul qilish jarayoni qanday ro’y berishini, biron sport musobaqasida qanday qilib g’alabaga erishgani va musobaqadan keyin qanday o’zini tutishini va shunga o’xshash hodisalarni tekshirishni oldindan vazifa qilib qo’ydik. Biz suhbat vaqtida sportchilarga beriladigan savollarni oldindan, uni turli maqsadlarda mashg’ulotning har bosqichida: uyga berilgan mashq topshiriqlari va mustaqil mashqlarning qanday bajarilganligini tekshirishda, yangi mashqlarni tushuntirishda, ilgari majarilgan mashqlarni takrorlash va mustahkamlashda, mashg’ulotlarni yakunlashda, sportchilarning savollariga javob berishda qo’llash mumkin. Suhbat, uni o’tkazish uchun tegishli asos bo’lsa, ya’ni sportchilar o’rganiladigan mashqlar to’g’risida bir qadar bilim va ma’lumotlaga ega bo’lsalar, mashq jarayoni yaxshi o’tkaziladi, suhbat jismoniy mashq yuklamalarini sportchining shaxsiy tajribasiga bog’lab tushuntirishga imkon beradi. Suhbat jarayonida sportchilar ilgari o’zlashtirgan zarur bilim va malakalarini esga tushiradilar va ularni o’rganilayotgan mashq ko’rsatmalari bilan bog’laydilar. Murabbiy jismoniy mashqlarni tushuntirib ko’rsatganida sportchilarning nimani tushunganini va nimalarni tushunmaganini bilib oladi. Shuning uchun murabbiy suhbat vaqtida jismoniy mashq materialiga tuzatishlar kiritishi, uning sodda va murakkabligiga qarab qo’shimcha ma’lumotlar berib borishi mumkin. Suhbat sportchilar bilan har bir daqiqada o’tkazish mumkin, lekin yosh sportchilar bilan o’tkazish ko’proq ahamiyatga egadir. Dastlabki jismoniy mashqlar yosh sportchilarning tasavvurlariga, uning shaxsiy tajribasiga asoslanadi. Sportchilar yangi mashq materiallarini o’zlashtirishga asos bo’ladigan tasavvurlarni kichik yoshdagi sportchilar ongida paydo qilish va shakllantirish uchun suhbat eng qulay uslubdir. Yosh sportchilarga yangi mashqlarni tushuntirish, odatda, yangi mashqlarni ilgari o’rganilgan mashq bilan, sportchilarga ma’lum narsa bilan bog’lash maqsadida o’tkaziladigan suhbatdan boshlanadi.
Jismoniy mashg’ulot jarayonida suhbat metodining asosan ikki turi: katexizis suhbat, ko’pincha sportchilar ruhiy tayyorgarligini tekshirish va unga baho berishda, sport harakat ko’nikma va malakalarini mustahkamlashda va o’rgangan jismoniy mashqlarni tahlil qilishda o’tkaziladi.
Evrik suhbat, odatda sportchilarga yangi bilim ko’nikma va malakalar berish uchun o’tkaziladi. Savollar va ularga berilishi mumkin bo’lgan javoblar sportchining fikrni yangi mashqlarga, yangi taktik xulosalarga olib keladigan qilib tuziladi. Sportchilarda: o’zimiz g’alaba qilayapmiz, yangi jismoniy mashq yuksamalarini o’zimiz takrorlayapmiz, degan subyektiv taa’surot paydo bo’ladi. Hozirgi kunda suhbatning bu turi sportchilarni musobaqaga jismoniy, texnik, taktik va ruhiy jihatdan tayyorlashda keng qo’llanilmoqda.
Sport mashg’ulotining amaliy metodlari.
Sportchilarda turli malaka va ko’nikmalarni xosil qilish va takomillashtirish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan metodlar kiradi. Albatta mashqlarni o’zlashtirishning har qanday metodi amaliyot bilan bog’langandir. Ammo biz amaliy metodlar orqali sportchilarning sport mashg’uloti va musobaqalari jarayonida mashq yuklamalarini qanday bajarayotganini, bu yuklamalarning sportchi organizmiga ta’siri o’rganildi. Juda ko’p jismoniy tarbiya o’qituvchilari va murabbiylar sport mashg’uloti yuklamalarini o’quvchi-sportchilarning individual xususiyatlarini inobatga olmasdan mashq o’tkazilayotganining guvohi bo’ldik. Hatto ayrim murabbiylarda mashq o’tkazish yuklamalarining rejasi yo’q ekanligi ma’lum bo’ldi.
Sport mashg’ulotining amaliy metodlarining asosiy vazifasi sportchilarda ko’nikmalarni muvaffaqiyatli shakllantirishning psixologik-pedagogik shartlaridan biri sportchilar xosil qilinadigan ko’nikmalarning asosiy vazifasini sport faoliyatida yaxshi tasavvur qilishlari kerak. Sportchilar har bir mashqning bajarilishini, xususan ko’nikma hosil qilishdagi dastlabki amallarning bajarilishini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’lishlari bilan birga, sportchi sport musobaqasi paytida o’zining musobaqada bajaradigan mashq usullarini amaliyotda tekshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Sport mashqlari barcha sport turlari bo’yicha o’tkaziladi, dastlabki ko’nikmalarni xosil qilishda ayniqsa katta ahamiyatga ega. Mashqlar tayyorgarlik mashq va asosiy mashqlarga bo’linadi.
Tayyorgarlik mashqlar kichik yoshdagi sportchilarni yangi qoidalarini o’rganishga jismoniy ham ruhiy jihatdan tayyorlaydi va yangi mashqlarni o’rganishda, bolalarga ma’lum bo’lgan mashqlarni qismlarga bo’lib va umumlashtirib o’rgatilsa, ularning mashqlarni mustahkamlashda katta yordam beradi. Masalan, o’qituvchi yoki murabbiyning ko’rsatgan mashqlarini o’rganish natijasida bolalar o’sha sport turi bo’yicha tushunchaga ega bo’ladilar. Bunday mashg’ulotlarning o’tkazilishi bolalarning xotirasida mustahkamlanib boradi, yosh sportchilardagi hosil bo’lgan malaka va ko’nikmalar ularda yangi malaka va ko’nikmalar hosil qilishni tezlashtiradi.
Sportchilarni mashq bajarayotganda o’zini-o’zi nazorat qilishga odatlantirish zarur, bu sportchining mashq sifatini oshiradi va unga muhim tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi. Sportchi mashqni bajarishda asos bo’ladigan texnikani doim esda tutishi kerak. Murabbiy sportchilarning o’ylamasdan bir mashqning o’zini hadeb takrorlayverishlariga yo’l qo’ymasligi kerak. Mashq natijasida amaliyot xotirada mustahkamlanadi, sportchi amaliy fikrlardan foydalanishga o’rganadi, shuning uchun sportchilar amaliy mashqlarni bajarganda doim faol fikr yuritishlari kerak. Mashqlar o’z hajmi va qiyinligi jihatdan sportchilarning yoshi va tajribasiga mos bo’lishi lozim. Haddan tashqari qiyin mashqlarni berish (ayniqsa sportga endi kelgan) yaramaydi, chunki ular bolalarda o’z kuchiga ishonchsizlik to’g’diradi, o’rganilayotgan sport turiga qiziqishini kamaytiradi.
Murabbiy sportchi tomonidan bajarilgan har bir mashqni, ayniqsa yosh sportchilarda o’z vaqtida, xolisona va to’g’ri baholash kerak. Kichik yoshdagi sportchilar o’zini-o’zi nazorat qilishni endigina o’rganayotgan bo’ladi va agar murabbiy ularning ishini chala-chulpa, yuzaki analiz qilsa, ular bajaradigan mashqlarni tushunmay bajarish yo’liga kirib ketishlari yoki xato va noto’g’ri bajarish holatlari kuzatildi. Sportchilarning jismoniy mashqlarini chuqurroq, to’g’ri bajarishga o’rgansa, shug’ullanayotgan sport turining texnik va taktik usullarini o’zlashtirishlari oson kechadi, musobaqada psixologik tayyorgarlik jarayoni takomillashib boradi.
Jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarib borishi kichik yoshdagi sportchilar uchun ta’limiy ahamiyatdan tashqari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Masalan, bolani sport musobaqalarida ishtirok etishga odatlantirish, kuzatuvchanlikka, intizomlilikka va kerakli mashqlarni o’z vaqtida puxta bajarib borishga o’rganadi. Kichik yoshdagi sportchilarda, ertalabki gimnastika mashqlarini bajarishni rejalashtirishi, mashqlarni bajarish uchun zarur sport anjomlarini tayyorlab qo’yish yoki uyga berilgan topshiriqni o’z muddatida bajarish, musobaqa jarayonida o’z hatti-harakatlarini nazorat qilish, ehtiyotkorlik va xavfsizlik choralariga amal qilish kabi tashkilotchilik xislatlarini vujudga keltirish juda muhimdir. Yosh sportchilarga berilgan topshiriqlarning qiziqarli bo’lishi, ularning ongli va ijodiy bajarilishi mumkinligi sport faoliyatining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi.
Sport faoliyati jarayonini o’zlashtirish usuli bo’lgan sport mashg’uloti, sport musobaqalarining barcha turlari va musobaqalarida qo’llaniladi. Har qanday sport musobaqasida texnik va taktik usullarni sportchining o’zi o’zlashtiradi va bajaradi. Shu sababli sportchining fikrlashda, idrok qilishida tasavvurlarida, qoidalarni, texnika va taktikalarni va ularni bajarish uchun o’rganishi, esda saqlashi, o’zlashtirishining usullarida doimo takrorlanib boriladi. Jismoniy mashqlarni bajarishda sportchilar ba’zi bir mashqlarni, amaliy bajarishda murabbiydan faqat tegishli yo’l-yo’riq, maslahat yoki ko’rsatma olib, o’zlari bajaradilar. Bunday mashqlarni bajarishda, sportchilarda mustaqillik, ma’suliyatlilik qobiliyati shakllanib boradi. Sportchilar mustaqil jismoniy mashqlarni bajarganda, bajarish usullarini o’zlari topadilar. Jismoniy mashq topshiriqlarni mustaqil bajarish ijodiy ishlashga, fikrlashga, tashabbuskorlikka, ishonch bilan harakat qilishga o’rgatadi. Sportchilarning mustaqil mashq qilishga, murabbiyning rahbarligi ularning topshiriq va mashqlarni bajarishda o’z qobiliyatlarini ko’rsatishlariga imkon beradi. Bu imkoniyatni ta’minlash uchun murabbiy guruhdagi sportchilarning saviyasini, individual xususiyatlarini yaxshi bilishi va sportchilar mustaqil bajara oladigan va qiziqarli topshiriqni tanlay olishi kerak.
Ma’naviyat, ruhiyat sportchining birinchi asosiy (qanoti) ma’naviyat – sportchining ichki dunyosi, hissiyotlari va vujudi orqali shakllantiriladi. U sportchi faoliyatida ruhiyat hamda aql-idrok, nog va tafakkur jarayonlari orqali namoyon bo’ladi. Ma’naviyat – sportchi bilimi, odob-axloqida ifodalanib, ma’rifat va madaniyat orqali sport faoliyatida atrofga taraladi. Shu bois, sportchidagi «ma’naviyat ruhiyat-aql, ong» hamda «ma’naviyat – ma’rifat-madaniyat» omillari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik – dinamik uyg’unlashuv muvozanatini quyidagicha ifodalash mumkin:
Маънавият
Ақл, онг
Руҳият
Sportchi ma’naviyatining asosiy poydevori
Маърифат
Маънавият
Маданият
Sportchi ma’naviyatining ustqurmasi binosi:
Mazkur ifodalarning birinchsi ma’naviyati asosiy poydevorini belgilasa, ikkinchisi esa ma’naviyat uchtqurmasini binosini belgilaydi. Ifodada ma’rifatni tasavvuriy emas, dunyoviy tushunish nazarda tutilmoqda. Ko’rinib turibdiki, ma’naviyat poydevori ruhiy hamda aqliy, ongli sportchilardan tashkil topgan. Sportchining ruhiy tayyorgarligi sirli olamdir. Ko’rinmas kuchga ega bo’lgan ruhiy tayyorgarlik sportchining kamolotga erishish yo’lida abadiy harakat jarayoni manbai sifatida xizmat qiladi.
Shunday qilib, sportchi ma’naviyati nafaqat aql-idrok, ong va tafakkurni, eng avvalo, ruhiy botiniy olamni tahlil qilish, o’rganish, kamolotga yetkazish va unga o’ziga xos amaliy munosabatda bo’lish natijasida bksaladi. Xullas, sportchining jismoniy mashq va musobaqalari jarayonida ma’naviyati shakllanadi, uning ruhiy kuchida aql-idrok, ong va tafakkur mazmunida sportchi tanasida moddiylashadigan jonli harakat, energiya, quvvatlanish jarayonini tasavvur qilish mumkin.
Psixologik jihatdan taraqqiy etgan sportchilar zakovatli, ongli, ilhom ijodkorligi, farosati bilan ajralib turadilar. Ularnining ruhiy energeyasi, jismoniy mashg’uloti va musobaqalari jarayonida yaqqol sezilarli darajada harakatchanligi, chidamliligi, g’alabaga intiluvchanligi kabi sifatlari bilan ajralib turadi. Bunday sportchilar jamoa a’zolariga va tanishlariga kuchli sportchilarni esa jamiyatga, ayrim hollarda insoniyatga ham ta’sir qilishda davom etishi mumkin.
Sportchi ma’naviy olamini, ayniqsa ruhiy tayyorgarligini zamonaviy psixologik fanlari yutuqlari asosida o’rganish hozirgi davr ilmining bosh masalasi va muammolaridan biriga aylangan.
Empirik uslubi.
Bunda biz suhbat va anketa uslublaridan foydalandik. Anketa uslubi yordamida o’quvchi va sportchilarning mafkuraviy bilim va malakalarini savollarga bergan javoblari orqali o’rgandik, xuddi shuningdek, sportchining o’z-o’zini kuzatish ishlari olib borildi. Shuningdek, empirik uslub yordamida, sportchilarning shaxsiy musobaqalarida psixologik sabablarining o’zaro bir-biriga bog’liq tomoni: Jumladan sportchining sport mashg’uloti jarayonida bir-birini yoqtirish, hamjixatlik manfaatlariga va hokazolarga asoslanish.
Sportchining sport faoliyati jarayonida o’z ishlarini bajaryotganlarida biror g’arazli, xudbinlik, maqsadlarini ko’zlamaslik: guruh va jamoada foydasiga bo’ladigan ishlarni bajaryotganlarida yuksak ma’naviy hissiyotlarga to’lib toshish, buni o’zlari uchun baxt deb bilish kabi sportchining ma’naviy burch hissiyot sport mashg’uloti va musobaqalari jarayonida yana ham ko’proq shakllarda namoyon bo’lishga odatlantirishga harakat qildik.
Biz bu bo’limda «Sportchilarda musobaqadan oldingi holatini o’rganish» maqsadida Samarqand shahar servis kollejida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordik. Bunda biz kollejdagi sportchilarning sportga bo’lgan qiziqishlari to’g’risidagi suhbatlar, kechalar, munozalar tashkil qildik. Xuddi shuningdek o’tkazilgan tadbirlarning ijobiy ta’sirini quyidagicha tartibda o’rgandik.
-
suhbat «Mustaqillik va sport»
-
suhbat «Sport bu go’zallik va sog’liq ramzi»
-
suhbat «Sizga sport musobaqasi yoqadimi»
-
suhbat «Milli sport o’yin turlaridan foydalanish»
-
suhbat «Siz yoqtirgan sportchi»
-
Savolga javob: Mustaqillik yillarida sport to’g’risidagi qonun va farmonlarning chiqishi va milliy kurashni rivojlantirishga alohila e’tibor berilishi, yoshlar o’rtasida bir necha chempionlar yetishib chiqdilar. 20 ta sportchining javobi.
-
«Sport bu go’zallik ramzi». Sport bilan shug’ullangach odamning tanasi kelishgan, ruhan tetik, jismoniy kuchli va chidamli bo’ladi.
-
«Menga sport musobaqasi yoqadimi» yoshlar sportni juda yoqtiradi, ular uchun sport musobaqalarida ishtirok etish katta bir baxt hisoblanadi. Olimpiada o’yinlarini bir necha millionlar kishilar tomosha qiladi.
-
«Milliy sport o’yin turlaridan foydalanish» mustaqillikka erishganidan so’ng diyorimizda xalqimizning milliy sport o’yin turlari, urf-odatlar xullas o’zbek milliy o’yinlariga daxldor barcha qadriyatlarimiz qad rostladi.
-
«Siz yoqtirgan sportchi». Biz O’zbekiston sporti yuqori pog’onaga ko’tarilayotgan barcha sportchilarni chin qalbdan sevamiz. Masalan Muhammad Qodir Abdullayeva, Artur Toymazov, Birodor Ibragimov, Rustam Chagayev, Abdulla Tangriyevlar bizning faxrimiz hisoblanadi.
Biz Samarqand shahar serves iqtisoslashgan kollejdagi talaba-sportchilarning sportga bo’lgan munosabatlarini o’rganish maqsadida quyidagicha anketa savollariga javob berishni so’radik.
-
Ertalabki gimnastika bilan shug’ullanasizmi?
-
Kanda qilaman – 15 talaba
-
Ahyon – ahyonda shug’ullanaman – 20 talaba
-
Shug’ullanmayman, irodam zaif, lekin kunduz kunlari futbol o’ynayman – 15 talaba
-
Sportga doir gazeta va jurnallar o’qiysizmi?
-
11 talaba futbol gazetasini o’qir ekan.
-
14 talaba bo’sh vaqtlarda sportga doir gazetalar o’qir ekan.
-
13 talaba kurash, voleybol va boshqa sportga doir kitoblarni o’qir ekan.
-
12 talaba gazeta, jurnal o’qishga vaqti yo’qligini yozgan.
-
Sport musobaqalarida qatnashasizmi?
-
Bir yilda 1-2 marta 17 talaba
-
Bir yilda 3-5 marta 14 talaba
-
Qatnashmayman 12 talaba
-
Sport bilan shug’ulanishingizga nima to’sqinlik qiladi?
-
Istamayman vaqtim yo’q. 12 talaba
-
O’qishdan charchayman, dam olgim keladi 32 talaba
-
Kollejda men xoxlagan sport turi bo’yicha shug’ullanishga sharoit yo’q – 6 talaba, javob bergan.
Kollej talabalari bilan o’tkazilgan anketa savollari ularning aqlini tarbiyalash va ruhan chiniqtirish, jismoniy sifatlaridan, chaqqonligi, go’zallik, nafosat, axloqiylik kabi tushunchalarni singdirish va sportga qiziqtirish, sport musobaqalariga ko’proq jalb qilishda yaxshi samara beradi.
Biz ikkinchi etonda 50 ta sportchilar bilan quyidagi anketa savollariga javob berishni taklif qildik.
Hurmatli sportchi!
Sportchilarni musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlashda sizning javoblaringiz katta hissa qo’shishi mumkin. Shu sababli sizga tavsiya etilgan savollarga to’g’ri javob berishingizni so’raymiz.
-
Sportchining musobaqadan oldingi tayyorgarlik holatini qanday tushunasiz?
A) 23 sportga yuqori darajada ishchanlikni vujudga keltirish va chidamlilikni o’stirish uslublaridan foydalanishga o’rganish;
B) 8 ta sportchi sportchining musobaqadan oldingi va musobaqa jarayonidagi ruhiy holatini o’rganish;
V) sport, sportchining noqulay ruhiy holatdan chiqib ketish yo’llarini izlab topishga o’rgatish;
G) 12 ta sportchining psixologik tayyorgarlik va chidamlilik uslublaridan foydalanishga o’rgatish.
2. Sportchining musobaqadan oldin hayajonlanishi qanday sabablarga bog’liq bo’ladi?
A) 19 sportchilarda o’zini-o’zi boshqarish qobiliyatlarining yetishmasligi;
B) 6 sportchi, sportchining musobaqadan oldingi bajargan jismoniy mashqlarning sifatiga;
V) 6 sportchi, sportchining o’z kuchiga ishonish hosil qilishiga;
G) 16 ta sportchi, sportchining alohida o’ziga xos xususiyatlariga (asab tizimining kuchiga bog’liqligi.
3. Sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlashni qanday tushunasiz?
A) 11 ta sportchi, musobaqada diqqatni boshqarishga o’rgatish
B) 9 ta sportchi, hissiy obrazlar vositasida fikrlashga o’rgatish:
V) 16 ta sportchi, ta’sirli so’zlar orqali o’zini boshqarishga o’rgatish;
G) 14 ta sportchi muskullarning faollik darajasini va nafas olish maromi (ritmi)ni boshqarishga odatlantirish;
4. Sportchining sportga yuqori tayyorgarlik va jangovorlik holati psixologik qanday ataladi?
A) 8 ta sportchi, sportchining kayfiyati;
B) 0 ta sportchi, o’z kuchiga ishonchi;
V) 22 ta sportchi, sportchining stenik, yuqori jo’shqinlik holati;
G) 10 ta sportchi, jiddiylik holati.
5. Sportchining irodaviy faolligi qanday holatda namoyon bo’ladi?
A) 26 ta sportchi, o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishi yo’lida ko’rinadi;
B) 15 ta sportchi, talabaga erishganida;
V) 5 ta sportchi, vahimaga berilmaganida;
G) 4 ta sportchi, malaka va ko’nikmalarida.
-
Xalqaro sport musobaqalarida, sportchining yomon ko’rsatkichlari nimalarga bog’liq?
A) 29 ta sportchi, musobaqadan oldingi ruhiy tayyorgarlik holatiga;
B) 10 ta sportchi, tajribasiga;
V) 7 ta sportchi, bilishiga;
G) 4 ta sportga, malakasiga
Sportchilarning anketaga bergan javoblari yordamida, bizning sportdagi yutuq va kamchiliklarimizni anglab olishda, sinfdan tashqari sport to’garaklarini tashkil etishda, sportchilar bilan doimiy ravishda sport musobaqalarini o’tkazishda hamda jismoniy tarbiya va sport bilan bog’liq bo’lgan badiiy kechalarni tashkil etishda, o’tkazilgan tadbirlarni baholashda sportchilarning sport musobaqasi to’g’risidagi fikrlarini bilishda anteka metodlaridan foydalanish qo’l keladi. Masalan amaliy darslarda «Mening sevimli sportim», «sport-bizning hayotimizda», «jismoniy tarbiya va sportni» qanday tushunasiz? «Kurash tarixini bilasizmi», «Chovg’on o’yini» kabi mavzularni o’rganish sportchilarni sportga bo’lgan munosabatlarini o’zgartiradi. Shu bilan birga ular ko’pgina sport turlarining kelib chiqishi, uning foydasi va tarixini bilib oladi. Misol tariqasida shaxmat o’yini Hindistondan Ispaniga keyinchalik Yevropaga o’tganligi. Alisher Navoiy ham shaxmatni sevib o’ynashi kabi misollarni aytib, ularga ham sport bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlar berish sportchilarni ancha tetiklashtiradi, sport bilan shug’ullanishga o’rgatadi, mustaqil fikr bildirishda o’z kuchiga ishonch kabi xislatlarni o’stiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |