Ikkinchi bob bo’yicha xulosa.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so’ng jahon birinchiliklari va xalqaro olimpiada o’yinlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Shu bois so’nggi yillarda Respublikamizda ko’pgina sport turlari jadal rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda sportchilarni sport musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlash ko’p bosqichli, turli xil usullar vositasida amalga oshiriladigan qiyin va ijodiy – tarbiyaviy jarayondir. Shuningdek, o’quv, tarbiyaviy va amaliy faoliyatda sportchilarni jismoniy mashqlarga hamda sport musobaqalariga ruhan tayyorlash, musobaqada g’alaba qilishga, yangi rekordlar o’rnatish usullari ham rang-barangdir. Bizning magistrlik dissertasiyamizning asosiy maqsadlaridan biri, u ham bo’lsa sportchi yoki jamoa a’zolarining sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishi, birinchi navbatda, ularning ma’naviy, mafkuraviy, irodaviy, jismoniy, texnik, taktik tayyorgarligiga bog’liq. Sport amaliyotida bo’lajak aniq musobaqalarga psixologik jihatdan alohida tayyorgarlik ko’rgan sportchilarning ko’pincha g’alaba qozonishi ilmiy isbotlangan.
Demak, sport mutaxassislari va murabbiylar sportchilarni musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlashga alohida e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ulardan sportchining musobaqaga ruhan tayyorlash bosqichlarining nazariy va amaliy jihatdan puxta bilishlari talab qilinadi. Biz ishimizning ikkinchi bobida, sport turlarining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlashda, sportchilarga raqib va bo’lajak musobaqalarning shart-sharoitlari haqida yetarlicha mu’lumotlar berib bordik, hamda sport mashg’ulotlari va musobaqalar haqida olingan ma’lumotlarni tekshirib ko’rib, ishonchlilik darajasini aniqlash, musobaqaning boshlanish vaqti yoki kutilmagan o’zgarishlarning alohida sportchilar yoki jamoaga g’alaba keltirish imkoniyatlarini o’rgandik.
Sportchilarga musobaqada qatnashishidan ko’zlangan maqsad va vazifalarni aniq belgilab olimlari haqida ko’rsatmalar berildi, sportchining musobaqaga ishtirok etish sababi, mohiyati va aniq maqsadini aniqlash, g’alabaga erishishning ijtimoiy ahamiyati tushuntirib berildi. Shuningdek sportchining bo’lajak musobaqa jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, aqliy sifatlarini o’stirishga e’tibor berish, musobaqadagi taktik va texnik jihatdan ruhiy tayyorgarlikni oshirish va sportchini musobaqaga ruhan tayyorlash maqsadida ko’tilmagan maxsus to’siqlar vujudga keltirish, ular bu to’siqlar va qiyinchiliklarni yenga oladigan malaka va ko’nikmalar hosil qilish uchun qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazdik. Biz sportchiga musobaqa jarayonida paydo bo’ladigan ichki ruhiy holatni boshqarish uslublaridan foydalanish haqida tushunchalar berish bilan birga, sportchini musobaqa boshlanishda ruhiy ko’tarinkilikka, asa tizimi faoliyatini boshqarishga, ruhan charchamaslikka odatlantirish hamda musobaqa jarayonida yanada faol harakat qilishga erishishga o’rgatdik.
Magistrlik dissertasiya ishimizda respublikasiz sportchilri erishayotgan natijalar yuqorilab bormoqda. Shundan ko’rinib turibdiki, sportchi imkoniyatlari cheksiz. Sportchi faqat ko’zlagan maqsadga erishish uchun o’zining ruhiy, jismoniy imkoniyatlarini safarbar qilish yo’llari to’g’risida tushunchalarga ega bo’ldilar. Biz sportchilarda bunday bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish, mutuxassislar, jismoniy madaniyat o’qituvchilari va murabbiylarning doimo diqqat markazida bo’lishi shart. Ular sportchilarni jismoniy mashq va sport musobaqalariga psixologik tayyorlashning tavsif etiladigan bir qancha uslublaridan foydalanish turlarni taklif qildik. Biz taklif qilgan uslublarning barchasi, sportchi kuchli hayajon bo’ladiganligi bois, musobaqa jarayonida sodir bo’ladigan ko’pgina voqyea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini diqqat bilan aqlan hal qilishda kutilmagan qiyinchiliklarga uchraganda, undan chiqib ketishda yordam beradi.
-
III Bob. 3.1. Sport musobaqalarida emosional tanglik va uni tug’diruvchi omillari
Sportchining jismoniy, ruhiy, texnik va taktik jihatdan nechog’lik tayyorlanganligi sport musobaqalarida ko’rsatadigan natijalariga qarab belgilanadi. Shuning uchun ham sport musobaqalarida emosional tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilish va ularni bir tizimga keltirish uchun emosional holatning vujudga kelish mexanizmlarini bilib olish zarur.
Hozirgi vaqtda emosional holatlarni tushuntirib berishda ko’pchilik tomonidan akademik P.V.Simonovning «informasiya nazariyasi» qabul qilingan. Bu nazariyaga ko’ra hissiyot (emosiya) ehtiyojlarining qondirilishi bilan belgilanadi.
E – P (In - Is)
Bu nazariyani bir necha misollarda ko’rib chiqaylik.
-
E.O agar, P.O.E – emosiya, P – patrebnosiya.
Bunday holatda shaxsning hyech qanday ehtiyojini bo’lmasa, emosiya ham bo’lmaydi.
-
E.O. agar, In – Is.
E – emosi, In – zarur informasiya, Is – mavjud informasiya.
Bu holatda ham emosiya bo’lmaydi, chunki ehtiyojni qondirish uchun zarur bo’lgan informasiya bilan mavjud informasiya teng.
Misol, musobaqa oldidan yuqori mahoratli sportchi o’tish (saralash) musobaqalari uchun sport masteri normasini ko’rsatish kifoya ekanligini biladi. Sportchida hyech qanday salbiy emosiya sodir bo’lmaydi, chunki bu ko’rsatkichni hyech qiynalmay bajaradi.
-
E agar In – Is. Bu yerda salbiy emosiya tug’iladi, chunki sportchi uchun zarur bo’lgan informasiya mavjud informasiyadan katta. Misol, sportchi keyingi uchrashuvni ancha kuchli raqib bilan o’tkazlishligini bildi. Lekin raqib to’g’risida yetarli informasiyaga (Is) ega emas.
Bu yerda In – Is. Natijada sportchida salbiy emosiya – hayajonlanish, xavotirlanish, noaniqlik tug’iladi.
-
E. agar, Is – In. Bu yerda ijobiy emosiya tug’iladi.
Misol, yuqori mahoratli sportchi musobaqa oldidan o’zining kuchli raqibi kelmaganligini, aksincha, musobaqa qatnashchilarining darajasi ancha past ekanligini bilsa, unda qoniqish hissiyoti tug’iladi. Lekin bu yerda tug’ilayotgan ijobiy hissiyotning darajalari, mag’lub etilgan raqibning mahorati darajalariga, proporsional bo’ladi. Raqib qancha kuchli bo’lsa, uning ustidan qozonilgan g’alabadan hosil bo’ladigan hissiyot ham shuncha kuchli bo’ladi. Aksincha, kuchsiz raqibni yengib ketishi hyech qanday ijobiy kechinma hosil qilmasligi mumkin.
Olimlar emosional tig’izlik – keskinlikni keltirib chiqaruvchi 20 muhim omilni ko’rsatib beradigan, bu sportchida ruhiy tanglikni vujudga keltiradi.
Bu omillar:
-
Sportdagi muvaffaqiyatsizlik.
-
Mashqlar va avvalgi musobaqalarda ko’rsatilgan past natijalar.
-
Treker bilan komandadagi o’rtoqlari yoki oiladagi nizolar.
-
Jismoniy jihatdan o’zini yomon his etish.
-
Sudyalarning noxosligi (g’irromligi).
-
Sportning kechiktirilishi.
-
Musobaqa vaqtidagi manbalar
-
Ortiqcha hayajonlanish.
-
Musobaqa oldidan yoki bir necha kun yaxshi uxlamaslik.
-
Musobaqa o’tkaziladigan joyning yomon jihozlanganligi
-
Avvalgi muvaffaqiyatsizliklar.
-
Raqibning yaqqol ustunligi
-
Raqibning kutilmaganda yuqori natijalar ko’rsatishi
-
Notanish raqib.
-
Yuqori ko’rsatkichlarni talab qilish.
-
Musobaqaga uzoq masofa bosib borish.
-
Qo’yilgan vazifani so’zsiz bajarish kerakligini doimo o’ylash.
-
Ko’rish, eshitish va taktikani belgilashdagi noaniqliklar
-
Mazkur raqibning avvalgi yenglish
-
Tomoshabinlar reaksiyasi
Laboratoriya sharoitida eksperimentator ruhiy tanglik holatini (yaratish) tug’dirishning katta imkoniyatlariga ega. Buning uch guruh, vosita va usullari mavjud.
Birinchi guruhga fiziologik stress hosil qiluvchi kuch yoki salobat bilan emas, yangilik, kutilmaganlik, g’ayri tabiiylik omili bilan ta’sir etib, ruhiy tanglik hosil qilinadi.
Masalan, 197… olimpiada o’yinlarida AQSh sportchisi FLYu.. balandlikka sakrashda yangicha usul qo’llab raqiblarni lol qoldirib, chempion bo’lgan (orqasi bilan sakragan).
Ikkinchi guruh faoliyatning xarakteri, uning bajarilishi xususiyatlari bilan belgilanadi. Bunda bajarilayotgan vazifaning o’zi kishiga katta talablar qo’yadi.
Masalan, murakkab vazifa berilishi, vaqt tig’izligi, harakatlar tezligining ortib borishi, ikki xil faoliyatni bir vaqtning o’zida bajarishi, qo’shimcha berilayotgan informasiyani qayta ishlash, manoshonlik, ish sharoitining yomonlashuvi, har xil to’siqlar (pomexa), vaziyatning noaniqligi kabilar orqali ruhiy tanglik hosil qilinadi.
Uchinchi guruhda sinalayotganning motivasiyasini o’zgartirish, vazifani bajarishga bo’lgan munosabatini o’zgartirish orqali ta’sir etish usuli.
Bularning ayrimlari.
Sinalayotgan shaxsda bir-biri bilan mos kelmaydigan xohish, istaklardan birini tanlash bilan bog’liq nizoli vaziyat yaratish.
Musobaqalashish holatini kiritish (eksperimentator) yoki boshqa sinalayotgan bilan.
Sinalayotgan shaxsning intelektini, xotirasini diqqat va boshqa hissiyotlarini «test» sinovlaridan o’tayotganligini ta’kidlab turish (keskinlikni tug’dirish).
Unga tanijalarni buzib ko’rsatuvchi ma’lumotlar berib turish.
Uning izzattalablik darajasiga qarab muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizligini rag’batlantirib turish.
Tajribada qatnashganligi uchun taqdirlanishni o’zgartirish va h.k.
Ushbu usullar orqali sportchining ko’rsatmasa, izzattalablik darajasi, shaxs qadri, motivi kabi tomonlarini olishga, sportchini bo’lg’usi sport musobaqalariga ruhiy tayyorlash uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi bilib olishga yordam beradi.
Qilingan ayrim tadqiqotlarda (A.D.Tanyushkin) kuchsiz ruhiy zo’riqish (stress) sportchi faoliyat natijasiga ijobiy ta’sir ko’rsatish ta’kidlangan. Ayniqsa, yuqori mahoratli sportchilarda stressning kuchayib borishi barobarida uning ta’sir kuchi salbiylashib boradi.
Ruhiy kuchlanishning salbiy ta’siri diqqat, tafakkur, shuningdek, ishchanlik, harakatlar aniqligida ko’rinadi.
Salbiy emosional va ruhiy holatning ta’siri sportchining tajovuzkorligi, qo’yilgan talablarni bajarishdan bosh tortishi repressiya (orqaga ketish), apatiya (loqaydlik), vahima kabilarda namoyon bo’ladi. Albatta, bu holatlar sportchining individual psixologik xususiyatlariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Masalan, kuchli asab tizimiga ega bo’lgan sportchi har qanday ruhiy zo’riqish holatida ham yaxshi ko’rsatkichga ega bo’ladi. Aksincha, kuchsiz asab tizimiga ega bo’lgan sportchi asab tizimiga ega bo’lgan sportchi hatto o’quv mashqlarida ko’rsatgan natijasini takrorlay olmasligi mumkin.
Ruhiy zo’riqish sharoitida bo’lgan sportchi holatini optimal (maqbul) holatga keltirishning bir necha usullari ishlab chiqilgan bular:
-
Aytogen mashqlari (A.Shuls)
-
Ruhiy boshqarish mashqlari (L.Gissen)
-
Jismoniy mashqlar (V.A.Lariщsk)
-
Nafasni boshqarish mashqlari (G.S.Belyayev)
-
Munosabatlarni boshqarish (A.S.Morozov)
-
Irodaviy gimnastika (A.A.Mikulin)
-
Uyquni boshqara olishlik (R.S.Demetr)
katta musobaqalar oldidan ayrim sportchilar bir necha kun yaxshi uxlay olmasligi mumkin. Bu esa uning sport natijalariga salbiy ta’sir etadi.
-
Farmakelogin usullar (V.N.Myasishchev va boshqalar)
Sport faoliyati natijalariga emosional tanglikning ta’sirini o’rganayotganda shaxsga bevosita musobaqa jarayonidagi raqobatning va jamoa sport o’yinlarida guruh munosabatlarining ta’sirini ham unutmaslik kerak.
Musobaqa – bu sport faoliyatida raqobatlashish, kurashish jarayonidir. Bu jarayon to’rt toifaga oid hodisani o’zida aks ettiradi.
Bular:
-
Musobaqadagi obyektiv vaziyat. Musobaqaga kelgan tomoshabinlar, ularning munosabati, u yerdagi tantanali vaziyat, yuqori mansabdagi shaxslarning qatnashishi.
-
Musobaqadagi subyektiv vaziyat – hakamlarning sportchiga munosabati, sportchining tomoshabinlar tomonidan kutib olinishi.
-
Faoliyat natijalari
-
Faoliyat natijalariga qarab amal qilish holati.
Bu to’rt toifaga oid harakat, hodisa o’zaro bir-biri bilan bog’langan bo’ladi. Buni qo’yidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin.
Uning markazida inson turadi.
Subyektiv vaziyat Obyektiv vaziyat Faoliyat natijalari
Odam amal qilish holati (reaksiya)
Sport komandasi ijtimoiy guruh sifatida sportchi uchun faliyat muhiti hisoblanadi. Bu esa guruhni xarakterlovchi uyushganlik, samaralilik, ishonchlilik kabi ko’rsatkichlarga tavsiya etadi. Bu ayniqsa. faoliyati bir-biriga bog’liq bo’lgan sport turlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, futbol, valeybol, bosketbol, xakkey va boshqalar.
Guruh omili, tavakal qilish (risk) vaziyatlarda qarorlar qabuliga ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumki, guruhning tavakkalchilik darajasi, bir shaxs tavakkalchiligidan yuqori bo’ladi. Individning tavakkalchilik bilan qarorlar qabul qilish davridagi tenglik darajasini boshidan kechirishi guruhda boshqacha kechadi. Ayrim hollarda guruhdagi rollarning qat’iy belgilanganligi – liderning mavjudligi, mas’uliyati to’g’ri taqsimlanganligi kabilar tavakkalchilikning yengilroq o’tishiga olib kelsa, ba’zi hollarda, aksincha, bu omillar tanglikni kuchaytirish, individning guruhdan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Guruh ichidagi va guruhlararo nizolar, stress holatdagi guruhlar xulq-atvori o’zini tutishini namoyon etuvchi ko’rsatkichlardir.
Sport turining xususiyatiga qarab, stress holatining kechishi ham turlicha bo’ladi. Masalan, musobaqalar qisqa muddatda va intensiv o’tadigan sport turlarida stress holati, musobaqaga nisbatan davomiy bo’lgan sport turlariga nisbatan yuqori bo’ladi.
Bu omillar va sportchi shaxsining umumiy tuzilishi, shaxsning maxsus xususiyatlari va mazkur sport turi uchun maqbul individual uslubning (stil) rivojlanishiga ta’sir etadi.
Komanda bo’lib o’ynaladigan sport turlarida sportchilar uchun kuchli qo’zg’alish bilan bo’shashishi, zaiflashishi va faollikning o’zgarib turishi kabi holatlar xosdir.
Emosional tanglik aniqlash uchun I.D.Spilbergerning moslashtirilgan shkalasi qo’llanilgan. Savollarga javoblar musobaqadan 5-10 minut avval o’tkazilishi lozim. Berilgan jumlalarni diqqat bilan o’qib chiqing. Sizning Ayni vaqtdagi ruhiy holatingizni ko’rsatuvchi javoblardan birini belgilang. Savol o’stida uzoq o’ylamang. Zero, to’g’ri va noto’g’ri javoblar bermaydi.
№
|
Jumlalar
|
Javob bariantlari
|
Yo’q bunday emas
|
Shunga yaqinroq
|
To’g’ri
|
Mutloq to’g’ri
|
1
|
Men o’zimni erkin sezayapman
|
1
|
2
|
3
|
4
|
2
|
Men asabiylashayapman
|
1
|
2
|
3
|
4
|
3
|
Men mamnuman (zursandman)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
4
|
Men toshvishdaman (xotirdaman)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Ikkinchi va beshinchi jumlalarni baholashda qaysi raqam tanlangan bo’lsa, o’sha ball belgilanadi, qolgan jumlalarni baholash, aksincha, teskari proporsiyada ketadi.
Masalan, 1 raqami – 2 balla bilan belgilagan bo’lsa, 1 raqami – 3 ball, 3 – raqami 2 ball, 4 qaraqami – 1 ball, umumiy ko’rsatkich 5 dan (mutloq xavotirlik) yo’q 20 ballgacha (haddan tashqari xavotirlanish darajasi yuqori) bo’ladi.
Natijada ko’pincha, emosional tanglik darajasini sportchi shaxsi xususiyatlariga mos kelishligini ko’rsatadi.
Ayzenk shaxsiy so’rovi bilan sportchi temperamenti aniqlangan. Xolerik temperamentga mansub bo’lgan sportchilarning emosional ko’rsatgichi 9-11 ball bo’lgan bo’lsa, sangiviniklarning 6-8 ball, melenxaoklarniki 15-18 ballni ko’rsatgan. Mas’uliyatli musobaqa oldidan sportchilarning idrok ko’lami torayishi kuzatilgan. Go’yoki, sportchi bu vaqtda hyech narsani etishmayotgandir, ko’rmayotgandek bo’lib qoladi.
Tafakkur jarayonida ham o’zgarish bo’ladi. Sportchilarning o’zlari ham musobaqa oldidan yoki musobaqa jarayonida trener yoki sherigining gapi, topshirig’i deyarli tanqidiy baholanmay qabul qilishligini aytishadi.
Tanglikning o’sishi bilan ruhiy funksiyalarning o’zgarishi shuni ko’rsatadiki, stress (zo’riqish)ning ta’siri faoliyat xususiyati va topshiriqlarning murakkabligiga bog’liq.
-
Sportchilarda irodaviy sifatlarini tarbiyalashni shakllantirish
Sportchilarda jismoniy mashq va sport musobaqalarini ijobiy hal etishda irodani shakllantirishning ahamiyati juda kattadir. Bu masalani kuchli taasurot qoldirarli darajada hal etish uchun irodaviy psixologik qonuniyatlarning rivojlanish jihatlarini hisobga olish zarur. Iroda sportchilarning qiyinchiliklarni yengish jarayonida shakllanib boradi. Bu irodaviy sifatlar sportchilarning quyidagi faoliyat turlarida: yuklama rejasi mazmunini o’zlashtirishlarida, turli xil jismoniy mashqlarni bajarishda, tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishlarida hamda ushbu jarayonda namoyon bo’ladigan turli subyektiv munosabatlarda vujudga keladi:
-
Jismoniy mashq yuklamasi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchilik
-
Sport mashg’ulotini tashkil qilishda sport zali va maydonchalarning yetishmasligi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar
-
Jismoniy mashqlarni o’tkazishda sport anjomlarining yetishmasligi bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklar.
-
Sportchilarda aniq harakatlarni bajarishda irodaviy sifatlarni vujudga keltirsh va yo’nalishtirishda individual va yosh xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan subyektiv munosabatlar.
Sportchilarda irodaviylik, g’alabaga intiluvchanlik, epchillik, o’zini tuta bilishlik, chidamlilik kabi sifatlarning shakllanishida sport mashg’ulotlarining ahamiyati katta. Shu ma’noda sportchiga xos irodaviy sifatlar sport faoliyatida asta-sekin vujudga kela borib, keyinchalik bu xislatlar uning doimiy xarakteriga aylanadi. Masalan, irodaviy sifatlari yaxshi takomillashgan sportchi musobaqalarda yuqori natijalarga erishadi. Bu sportchining ham irodaviy, ham jismoniy jihatdan chiniqqanligidan, ham mustahkam xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi. Ammo uning barqaror xarakter xislatlari, ijobiy axloqiy va irodaviy sifatlari sport mashg’ulotlari va musobaqalarda, ta’lim va tarbiya jarayonida. Mehnatda shakllanib boradi. Ushbu jarayonning uzluksiz davom etishi esa sportchining yanada yuqori natijalarga erishishiga sabab bo’ladi. Aksincha sportchining mashqda intizomsizligi, mashg’ulotga loyaqatchizligi, o’qish va mehnatdan bo’yin tovlashi, qo’polligi yoki aldamchiligi kabi salbiy sifatlari uning ham sportda, ham hayotda to’siqlarga bardosh Bera olmaslikka, ruhiy tushkunlikka olib keladi. Ibn Sino tabiricha, kishidagi eng yaxshi sifatlar, avvalo, chidamlilik, axloqiy va mardlikda ko’rinadi. Manna shu uch ijobiy xislat birgalikda uning xarakteriga adolat va mutadillikni yuzaga keltiradi. Agar kishida mana shu sifatlar bo’lsa va hyech qachon yomon yo’llarga kirmasdan, o’zini faqat yaxshi ishlarga bag’ishlaydi.
Binobarin, hayotning har bir davri o’ziga xos go’zallikka ega. Shu ma’noda sportchi talabalik yillarida puxta bilim olishi, umuminsoniy xislatlarni o’zida shakllantirishi, ijtimoiy hayotda faol bo’lishi hamda qiyinchiliklardan qo’rmaydigan shaxs bo’lib etishishlari uchun o’z irodasini chiniqtirib borishi lozim. Buning uchun sportchi o’zida quyidagi irodaviy sifatlarni shakllantirishga erishmog’i shart. 1) hayotning hamma sohalarida sermahsul ruhiy faollik holatini vujudga keltirishga odatlanishi; 2) yaxshi xulq, ijodiy bilim va sportchilar uchun zarur sifatlarni rivojlantirish; 3) hayotda qiyin va murakkab sharoitlarga duch kelganida yoki muammoli masalalarni hal etishda o’z maqsadiga erishishda vijdonli bo’lishi hamda aniq va to’g’ri yo’lni tanlay bilish.
Ba’zi bir sportchilar irodasining bo’lshigi yoki xarakterining zaifligi tufayli arzimagan to’siq va kamchiliklarni ham yenga olmaydi. Bunda sportchilar qo’rqoq, jo’ratsiz bo’lib, ozgina qiyinchilik yoki muvaffaqiyatsizlikka duch kelsalar, o’zlarining qilayotgan mashqlarini ma’lum bir muddatgacha to’xtatib qo’yadilar, o’z qarorlarini o’zgartiradi, ko’zlagan maqsadidan voz kechish uchun ham tayyor bo’ladi. Ular sport faoliyatida talab qilingan darajada sabot, sabr-toqat, matonat va chidam ko’rsata olmaydilar. Bunday sportchilar yuraksiz, dangasa, «ko’ngli bo’sh» bo’ladilar. Ularning xatti-harakatlarini odatda, o’zlaridan ko’ra ko’proq sharoit idora qiladi. Bunday xarakterli sportchilar umidsizlikka moyil bo’lib, sport turlarini tez-tez o’zgartirib turadilar, lekin birorta sport turidan yaxshi ko’rsatkichlarga erisha olmaydilar, chunki ularda iroda va qat’iyat yetishmaydi. Ular hamma vaqt, hamma yerda, hamma sportchilarda faqat salbiy, yomon tomonigina ko’rinadi. Ular o’zlaridagi barcha shaxsiy kamchiliklarga murabbiy aybdor deb hisoblaydilar. Bunday xarakterli spotchilar beparvo, ko’ngilchanlikka moyil bo’ladi. Murabbiy bunday irodasiz xarakter xislatlariga ega bo’lgan sportchilar bilan alohida tarbiyaviy ishlar olib borishi va sportchining xatti-harakatlaridagi yaramas qiliqlarni yo’qotishga, aksincha, ularda ijobiy, foydali odatlarni mustahkamlashga yordam beradigan vositalarni izlab topishlari lozim.
Sportchilarda chidamlilikni o’stirish maqsadida mashqlarni yuqori mahorat bilan bajarish, ba’zi bir mashqlarni maksimal darajada bajarish, qisqa vaqt ichida aniq ko’rsatkichlarga erishish, qiyin sharoitlarda mashqlarni yuqori texnik va taktik mahorat bilan bajarish asosida yuqori natijalarga erishish (oyoqlarni almashtirib balandlikka sakrash, qarama – qarshi tomondan chopib kelib sakrash, vaziyatni qiyinlashtirib sakrash mashqlarini takror-takror bajarish) talab qilinadi. Shuningdek sportchilarda irodaviy sifatlarni vujudga keltirish maqsadida sport mashg’uloti jarayonida bor kuchini sarf qilish asosida o’z-o’zini irodaviy majburlashga o’rgatish ham juda muhimdir.
Irodaviy kuch uslubini tashqi va ichki turlarga ajratish mumkin: 1) tashqi irodaviy kuch sportchining sezgi organlariga ta’sir etib turgan tashqi hodisaga va qo’zg’ovchilarga bog’liq bo’ladi; 2) ichki irodaviy kuch sport mashg’ulotida va musobaqada sportchining o’zida mavjud bo’lgan yo’nalishlar asosida paydo bo’ladi.
Sport mashg’uloti va musobaqalari jarayonida sportchilarda irodaviy chidamlilikni tarbiyalashda sportchilarga quyidagi uslublardan foydalanishni tavsiya qilamiz. A) uyga berilgan mashqlarni to’g’r bajarishni talab qilish; b) sportchini o’z kuchiga ishonish ruhida tarbiyalash; v) to’g’ri bajarilgan mashqlarni baholash; d) majburlash, musobaqalashish, maqtash, ye) qiyin mashqlarni bajarishga o’rgatish; yo) o’ziga-o’zi ta’sir etish, o’z-o’zini xursand qilish, o’ziga o’zi buyruq berish h.k.
O’zini –o’zi tarbiyalashda quyidagi bosqichlar to’g’ri tashkil etilgan taqdirdagina ijobiy natijalar beradi:
-
bosqichda sportchilarda axloqiy, irodaviy va jismoniy sifatlarning uyg’un rivojlanganligining jismoniy mashqlar bilan doimo shug’ullanish uchun ularga nimalar xalaqit berayotganligini aniq hisobga olib, sportchilarni bu kamchiliklarini bartaraf qilishga o’rgatish, ularda o’zini-o’zi tarbiyalashning g’oyaviy tomonlarini o’stirish, o’zini-o’zi himoya qilish xususiyatlarini shakllantirish, o’zining jismoniy kuchlilik sifatlarini yanada kamol toptirish uchun mustaqil ishlashga odatlantirish, sport musobaqalarida faol ishtirok etish ehtiyojlarini shakllantirish talab qilinadi.
-
Bosqichda sportchining o’zini-o’zi tarbiyalash faoliyatining amaliy tomonlarini tashkil etishda quyidagi uslublardan foydalanish mumkin: a) sportchi o’zining xohishi bilan yozma majburiyat – vazifalarni qabul qilish; b) ma’lum bir vaqt davomida, o’zining xulq-atvorini baholash, o’zi qabul qilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarish hamda o’zidagi axloqiy, irodaviy va jismoniy sifatlar to’g’risida hisobot berish; v) sportchining o’zi olgan majburiyatlarini yozma tahlil qilish; ishda, o’qishda, sportda erishgan muvaffaqiyatlari va mag’lubiyatlarining sabablarini anglash malakalarini shakllantirish; ye) sportchi o’zining kundalik daftariga o’zini-o’zi nazorat qilib borish haqidagi ma’lumotlarni qayd etish zarurligini anglab olish; d) sportchi o’zini-o’zi baholashda o’zida yetishmaydigan xususiyatlarni to’g’ri his etish yordamida xulosa chiqarishga o’rganish.
Murabbiy sportchilarda irodaviy sifatlarni rivojlantirishda jismoniy mashqlarni o’rgatishda harakatning maqsadi, sharti va uni bajarish usullari, harakatning asosiy tayanch nuqtasidagi barcha elementlarni, shu bilan birga, harakatni bajarishda yo’l quyilgan xatolarni to’g’rilash va harakatlarni umumlashtirgan holda bajarish kabilar haqida tushunchalar berib borish lozim. Shuningdek, sportchining bajargan har bir to’g’ri harakatini baholab borish, ularda bajargan harakatlari to’g’risida tushunchalar hosil qilish kerak. Buning uchun murabbiy sportchilarning bajarayotgan har bir harakatini diqqat bilan nazorat qilib borish zarur. Sportchilarga harakatning dastlabki bosqichlarini o’rgatishda sportchiga quyidagi talablarga rioya qilishni tavsiya etamiz. a) keraksiz, ortiqcha harakatlarni bajarishga yo’l qo’ymaslik; b) aniq jismoniy mashq harakat tizimini bo’zmasdan maqsadsiz harakatlarni bajarishga odatlanmaslik; v) yuqori darajada bo’lmagan tezlikdagi harakatlarni bajarish asosida sportchilarda yuqori darajada bajariladigan harakat malakalarini takomillashtirib borish; ye) harakatni bajarishda tana muskullarini erkin tutishga o’rgatish.
Xulosa, mashq qancha og’ir bo’lsa, uni oxirigacha yetkazish uchun shuncha ko’p irodaviy g’ayrat kerak bo’ladi. Eng yaxshi tomoni shundaki, iroda xuddi mana shu kurashda mustahkamlanadi. Ilg’or ehtiqodlar va iroda axloqiy-yuksak xarakterning o’zagini tashkil etadi. Amalda qiyinchiliklarni iroda va mahorat bilan yenga olmagan sportchi boshqalarning yutug’ini sustkash kuzatuvchiga aylanib qoladi. Bunday sportchini hyech narsa – kamtarlik va muloyimlik ham, haqqoniylik va samimiylik ham bezay olmaydi.
Uchinchi bob bo’yicha xulosa.
Sportchining jismoniy, ruhiy, texnik va taktik jihatdan nechog’lik tayyorgarligi sport musobaqalarida ko’rsatadigan natijalariga qarab belgilanadi. Shuning uchun ham sport musobaqalarida emosional tanglikni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilish va ularni bir tizimga keltirish uchun emosional holatning vujudga kelish mexanizmlarini bilib olish zarur.
Sport turlari har xil bo’lgandek, sportchilarning musobaqaga tayyorlanish darajasi va musobaqada paydo bo’ladigan hissiy emosional tanglik, ta’sirlanish turlicha bo’ladi. Ba’zi bir sportchilarda sport malakalarining qiyinchilik bilan hosil bo’lishi natijasida vahimaga tushishi va asab tizimining zaifligi tufayli hissiyotlarining tez o’zgaruvchanligi sababli sport musobaqalarida yuqori ko’rsatgichlariga erishishi juda qiyin bo’ladi. Bunday sport musobaqalarida emosional tanglik holatga beriluvchan sportchilar bilan psixologik tayyorgarlik ishlari olib borilmasa, sport musobaqalari jarayoni juda og’ir keladi. Bizning ilmiy tadqiqot kuzatishlarimizda kuchli muvozanatli asab tizimiga ega bo’lgan sportchilar sport musobaqalarida barqaror sport ko’rsatkichlariga erishib kelmoqdalar. Biz ilmiy tadqiqot natijalariga asoslanib, sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlash usullarini quyidagilardan iborat deb bilamiz.
-
Sport jamoalaridagi sportchilarda ruhiy va jismoniy holatning vujudga kelish qonuniyatlarini bilish, hamda sportchilarning muayyan sport ko’rsatgichlariga erishish uchun sermahsul ruhiy faollik holatini vujudga keltirishga odatlantirish uchun tushunchalar olib borish zarur.
-
Sportchilar ham qanday sharoitda o’zini-o’zi boshqarish, jismoniy faollik va ishchanlik kasb eta bilishga o’rgatish, xuddi shuningdek sportchilarda ruhiy va jismoniy barqarorlik, chidamlilik kabi sifatlarni vujudga keltirish usullaridan foydalanishga o’rgatish.
Shunday qilib, biz sportchilarning ruhiy, jismoniy, aqliy ma’naviy va irodaviy sifatlarining rivojlanish imkoniyatlarini o’stirish uslublaridan foydalanish bilan birga sportchi o’z oldiga aniq maqsad qo’yishga o’rgatish, o’zining kuchiga ishonch hosil qilish, sportchilar psixologik to’g’ri rejalashtirish uchun sportchining musobaqadan oldin paydo bo’ladigan qaltirash va jonsizlik holatini bartaraf qilish maqsadida maxsus mashg’ulotlar tashkil etish, ijobiy hissiyotlarni hosil qilish, dunyo qarashini o’stirish hamda sportchilarni butun jahondagi yangiliklarni, o’zgarishlarni bilib borishga o’rgatish lozim.
Albatta, to’g’ri yo’lga qo’yilgan jismoniy mashg’uloti va sport ishlarining o’ziyoq sportchilarda sportga bo’lgan qiziqishni tarbiyalaydi. Har qanday sport mashg’uloti va har qanday sport musobaqasi sportchi uchun qiziqarlidir. Sportchilarda sport turlariga qiziqish paydo qilish va uni barqaror qilish kollejdagi jismoniy madaniyat o’qituvchilariga ham ko’p jihatdan bog’liq. O’quvchi va sportchilarda sport ishlariga qiziqishini vujudga keltirish uchun avvalo, sport mashqlarining emosional, yorqin va jonli bo’lishi, tashkil etilgan sport musobaqalari kelgusida kasb egallash, ma’lumotini oshirish uchun zarurligini, sportchilarga anglatib borish katta ahamiyatga egadir.
Biz sportchilarda irodaviy sifatlarni o’stirish maqsadida mashqlarni yuqori mahorat bilan bajartirdek, ba’zi bir mashqlarni maksimal tezlikda bajardik, qisqa vaqt ichida aniq ko’rsatgichlarga erishish qiyin sharoitlarda mashqlarni yuqori texnik va taktik mahorat bilan bajarish va yuqori natijalarga erishish, oyoqlarni almashtirib, balandlikka sakrash, qarama-qarshi tomondan chopib kelib sakrash, vaziyatni qiyinlashtirib sakrash mashqlarini takror-takror bajarish va irodaviy sifatlarni vujudga keltirish maqsadida, jismoniy mashqlarni bajarishda sportchining bor kuchini sarf qilish asosida o’z-o’zini irodaviy majburlashga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |