323
Buyrak qo‘shuvchi to‘qimali kapsula, yog va seroz parda bilan o‘ralgan. Kapsula buyrak
moddasiga bo‘shgina birikkan bo‘ladi va undan oson ajralib ketadi. Buyrakni kesib oddiy ko‘z bilan
yoki
mikroskopda karalganda, bunda po‘st va magiz moddasi deb nom olgan ikki qismdan iborat
ekanligi bilinadi. Po‘st modda to‘k qizil rangli bo‘lib, donador xolatda ko‘rinadi va kapsula ostida
qalin qavat sifatida yotadi. Magiz moddasi oqishroq bo‘lib bo‘lakchalarga – piramidalarga
bo‘linadi. Buyrakdagi piramidalar soni 8-12 bo‘ladi. Piramidalarning yoki so‘rgichlarning uchi
buyrak kosachalriga erkin chiqib turadi. Buyrakning takomili protsessida uning po‘st-moddasi
kattalashib borib, piramidalar asosi oralariga kiradi va shu yo‘sinda
magiz moddasigacha etib
boradi.
Po‘st moddaning shu qismi buyrak ustunlari – Bertini ustunchalari deb ataladi. Magiz moddasi esa
navbatida ingichka nurlarga o‘xshab po‘st moddasiga kiradi va Ferreyn nurlari deb ataladigan
magiz nurlarini xosil kiladi.
Buyrak parenximasi epitelial kanalchalar tizimidan iborat bo‘lib, ular bir-biri bilan ko‘shilib
nefronlar xosil qiladi.
Nefron – buyrakning struktur va funksional birligidir. Nefron to‘gri va egri – bugri kanalchalar
tizimidan iborat. Xar bir nefronda koptokchali va naychali qismlar farklanadi.
Koptokchali qism
yoki Malpigi tanachasi navbatida qon tomirli koptokchadan va Bouemen-Shumlyanskiy
kapsulasidan iborat. Qon tomirli koptokcha 50 taga yaqin kapillyarlar qovuzlogidan iborat.
Shumlyanskiy kapsulasi kosachaga o‘xshash bo‘lib, tashki va ichki varaqlardan iborat, orasida esa
yoriqsimon bo‘shliq joylashgan. Tomirli koptokchani Shumlyanskiy kapsulasi o‘rab turadi. Bu erda
siydik xosil bo‘lishining birinchi etapi filtratsiya protsessi ro‘y beradi. Natijada qondan birlamchi
siydik xosil bo‘ladi. 1 sutka davomida birlamchi siydikning umumiy mikdori 50-80 litrni tashkil
etadi. Bunday siydikning tarkibida
zararli moddalardan tashkari, organizmga zarur bo‘lgan
moddalar xam ko‘p mikdorda bo‘ladi.
324
Bularga oqsillar, glyukoza, albulinlar, tuzlar va suv kiradi. Nefronning ikkinchi qismi – bu naychali
qism. Bu qism quyidagi bo‘limlardan iborat: proksimal bo‘lim, Genle kovuzlogi (bu pastga
tushuvchi va yukoriga ko‘tariluvchi kismlardan iborat), distal bo‘lim va yiguvchi naycha.
Nefronning proksimal va distal bo‘limlari kingir-kiyshik bo‘ladi va shuning uchun egri-bugri
vannachalari deb ataladi. Genle kovuzlogining naychalari va yiguvchi naycha to‘gri kanalchalardir.
Kanalchalarni devori bir kavatli epiteliydan tuzailgan. Naychali kismda siydik xosil bo‘lishining
ikkinchi etapi reabsorbsiya yoki kayta so‘rish protsessi ro‘y beradi. Ikkinchidan kon to‘ri
naychalarni o‘rab oladi. Naychalar devorining
tashkil etuvchi epiteliy, xujayralari birlamchi
siydikdan kerakli moddalarni so‘rib oladi, ya’ni glyukozani, oksillarni,
aminokislotalarni, suv va
tuzlarni. Natijada, ikkilamchi siydik xosil bo‘ladi. Uning umumiy mikdori 1-1,5 litrni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: