Kalla suyaklarining birikishi .
Kalla suyaklarining xarakatli va xarakatsiz birikish yullari bilan birikadi. Ma’lumki, xarakatsiz
yoki uzluksiz birikishlarga sindesmozlar, sinxondrozlar va sinostozlar kiradi. Agar suyaklar bir-biri
bilan biriktiruvchi to’qima yordamida biriksa sindesmoz deyiladi. Suyaklar tog’ay yordamida
biriksa sinxondroz deyiladi. Agar suyaklar bir-biri bilan suyak to’qimasi yordamida biriksa
sinostoz deyiladi. Chaqaloqlik davridan boshlab, toki keksalik davrgacha kallada xarakatsiz
birikishning uch xil kursatilgan birikish usullari namoyon etiladi. Kalla suyagida xarakatsiz
birikish usullariga choklar kiradi.
Shakli jixatidan choklar 3 xil buladi
:
tishsimon, tangachasimon va
tekis chokli buladi
. Kallaning miya qismi suyaklari bir-biri bilan asosan, tishsimon choklar
yordamida birikadi. Bularga tojsimon chok, sagittal va lamdasimon choklar kiradi. Peshona va tepa
suyaklari bir-biri bilan tojsimon chok orqali birikadi.
Chap va ung tepa suyaklari
bir-biri bilan sagittal chok orqali birikadi. Tepa va ensa suyaklari esa
lambdasimon chok vositasida birikadi. Tangachasimon chok kallada faqat tepa suyaklari bilan
chakka suyagi orasida xosil bo’ladi.
Yuz suyaklari
bir – biri bilan asosan yassi choklar vositasida birikadi. Ularning tekis va ko’pincha
to’g’ri qirralari bir-biriga tegib turganganligi sababli yassi chok deb ataladi. Individual taraqqiyot
davrida ayniqsa kalla suyaklari misolida uzluksiz birikishlarning turlarini bir-biriga aylanishini
kuzatish mumkin. Chaqaloqlar kalla suyaklari bir-biri bilan sindesmozlar yordamida birikadi.
Suyaklar orasida joylashgan pishshik biriktiruvchi to’qimali parda – liqildoqlar deb ataladi.
Yosh bolalarda sindesmozlar sinxodrozlarga aylanadi. Masalan, tog’ayli birikish ponasimon va ensa
suyagi orasida uchraydi. Suyaklarning bir-biri bilan suyak to’qimasi yordamida birikish -
sinostozlar keksalarda uchraydi.
Kallaning faqat pastki jag’ suyagi chakka suyaklari bilan bo’g’imlar yordamida birikadi.
Pastki jag’ - chakka bo’g’imining xosil bulishida jag’ suyagining bo’g’im usig’i va chakka
suyagidagi bo’g’im chuqurchasi ishtirok etadi. Bu bo’g’im uziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi:
1) bo’g’im bushlig’ida joylashgan tog’ayli disk bo’g’im bo’shlig’ini ikkita aloxida kattakka
buo’ladi; 2) birikayotgan suyak yuzalari fibroz tolali tog’ay bilan qoplangan; 3) chap va o’ng
bo’g’imlar tuzilishi va bajaradigan ishi jixatdan xamkorlashgan bo’g’imlar turiga kirganligi sababli,
xarakatlar ikkala bo’g’imda sinxron ravishda bajariladi
.
Pastki jag’- chakka bo’g’imida quyidagi
xarakatlar bajariladi: pastki jag’ni yuqoriga kutarish va pastga tushurish, yonga, oldinga va orqaga
qarab xarakatlar bajariladi. Bo’g’im dungli bo’g’imlar guruxiga kirib, uchta boylam bilan
mustaxkamlangan. Bu paylar chakka suyagining yonog’ o’sig’idan, bigizsimon o’sig’idan,
ponasimon suyak katta qanotidan boshlanib, pastki jag’ suyagining o’sig’iga, ichki tomondagi
tilchasiga va burchagidan yuqoriroq nuqtasiga tortilgan bo’ladi.