Kuz yoshi suyagi
- bir juft bulib, kuz kosasining medial devorini xosil qilishda katnashadi. Xar
bitta kuz yoshi suyagi murt, turtkirrali plastinka bulib, olddan va pastdan yuqori jag’ning peshona
o’simtasi bilan, yuqoridan – peshona suyakni kuz qismi bilan, orqadan esa g’alvirsimon suyakning
kuz plastinkasi bilan tutashadi. Kuz yoshi egati yuqori jag’ning shu nomli egati bilan qo’shilib kuz
yoshi xaltasining chuqurchasini xosil qiladi.
Dimog’ suyagi
– toq suyak bo’lib, burun tusig’ini yarmidan ziyod qismini xosil qiladi. Suyakning
oldingi chekkasi g’alvir suyakning perpendikulyar plastinkasi bilan tutashadi. Orqa chekkasi bush
bulib, burun bushlig’ining orqa qismida joylashgan teshiklar – xoanlarni bir-biridan ajratadi.
Yonoq suyagi
- yuz suyaklari orasida eng qattig’i bo’lib, yuzni relefini shakllantirishda ishtirok
etadi. Bu suyak bilan uchta suyaklarning - peshona, chakka va yuqori jag’ning yonoq usiqlari
birikadi. Suyakda uchta satx farqlanadi: burtib chiqqan lateral, botik chakka va kuz kosa yuzalari
tafovut qilinadi. Yonoq suyagining yonoq usigi chakka suyagining yonoq o’simtasi bilan birikib,
yonoq yoyini xosil qiladi. Yonoq suyagi chaynov muskullari uchun birikish satxi bo’lib xizmat
qiladi.
Pastki jag’ suyagi
- kalla suyaklari ichida faqat bu suyak xarakatchang bulib, takasimon shaklga
ega. Tuban primatlardan tortib ko’pchilik xayvon turlarida bu suyak juft sonda saqlanib qolgan.
Faqat odamda toq sonda bo’lib, uzoq evolyusiya jarayonida uni xajmi kichiklashib ketgan. Pastki
jag’da tana va ikkita shoxlari bor. Tana bilan shoxlari orasida 110
0
-130
0
teng burchak xosil
buladi. Burchagning tashki yuzasiga chaynov muskuli birikkan, ichki yuzasida esa medial
kanotsimon muskul yopishadigan g’adir-budirlik aniqlanadi. bor. Pastki jag’ning asosi
yugonlashgan bo’lib, kok o’rtasida faqat odamlarga xos iyak dumbog’i joylashgan. 1-2 kichik jag’
tishlarining ostida iyak teshigi kurinib turadi. Bu teshikdan qon tomirlari va nervlar utadi.
Pastki jag’ning ichki yuzasidan muskullarning birikish joyi - iyak qirrasi o’tadi. Chaynov
muskulining vazifalariga va yoshga qarab pastki jag’ning burchagi o’zgarib turadi.
Pastki jagning yuqori chekkasida tish katakchalari bor. Alveolyar yoyning oldingi chekkasi yarim
aylana shaklida bo’lib, alveolyar qismini uzi esa yupqalashgan. Pastki jag’ shoxlari yuqoriga
kutarilgan va ikkita usik bilan tugaydi: bularni oldingi tojsimon usig’i chakka muskulining
ta’siridan vujudga kelgan bulsa, orqa tomondagi usiq – bug’im usigi sifatida sillik boshcha bulib
tugaydi. Bo’g’im usig’i chakka suyagining bo’g’im chuqurchasiga kirib, chakka-pastki jag’
bo’g’imini xosil qiladi. Tojsimon usiqqa chakka muskuli birikadi.
Pastki jag’ tanasining ichki yuzasida til osti bezi joylashadigan chuqurcha :urinadi. Pastki jag’
tanasining ikki tomonidan pastki jag’ kanali utadi. Pastki jag’ kanali pastki jag’ teshigidan
boshlanadi.
Til osti suyagi
- yoysimon shaklga ega bo’lib, pastki jag’ bilan xiqildoq o’rtasida joylashgan. U
tanadan, ikki juft katta va kichik shoxlaridan iborat. Shoxlardan chakka suyagining bigizsimon
o’simtalariga bog’lamlar tortilgan buladi va bunday birikish yordamida til osti suyakni kalla
suyagiga ildirgandek buladi.
91
Do'stlaringiz bilan baham: |