Sportda bashorat qilish va modellashtirish


-Mavzu. Sportda modellashtirish va modellashtirish usullari



Download 4,24 Mb.
bet39/95
Sana21.06.2022
Hajmi4,24 Mb.
#688252
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95
Bog'liq
Sporda Pragnozlashtiris MAGISTR majmua

9-Mavzu. Sportda modellashtirish va modellashtirish usullari.
Mavzu rejasi:
1. Musobaqa faoliyatidagi modellashtirish va sportchilarning individual xususiyatlariga ko‘ra tayyorgarligi.
2. Modellashtirish usullari.
3. Sport amaliyotida modellashtirish usulini qo‘llash.


9.1.Musobaqa faoliyatidagi modellashtirish va sportchilarning individul xususiyatlariga ko‘ra tayyorgarligi.
Mashg‘ulotlar jarayonidagi umumlashgan va guruhlashgan modelni ishlatish, xali sport cho‘qilarini egallamagan yosh va yoshi katta sportchilarni tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Umumlashgan modelni oliy toifadagi sportchilarda ishlatishning ta’siri kam lekin, mashhur sportchilarning ham bir qancha alohida o‘ziga xos tayyorgarlik tomonlari bor, qolgan komponentlarning taraqqiyotidan bir muncha o‘rta darajada hisoblanadi. Masalan, funksional imkoniyatlarni kislorodtransport tizimida taxlil qilganimizda oliy toifadagi velosipedchi-shosseyniklar alohida ko‘rsatkichlarda tayyorgarligi bir xilligini ko‘ramiz.
Bellashuv natijalarini o‘xshashligi musobaqa xarakatidagi darajalarning tengligidandir.
Bunga esa bir necha yillardan beri bir-biriga musobaqalarda raqobat bo‘lib kelayotgan shestdan sakrovchi 3ta mashhur sportchilarning sakrash kinematik ma’lumotlari guvohlik beradi.
Sportning bunday yondashishi bizning nazarimizda hayotiyligini yo‘qotadi. Murabbiylar ko‘pincha sportchilarning genetik rivojlangan yuqori darajadagi boshqa sifatlarini va imkoniyatlarini ochishga xarakat qilmaydilar. Bunday xolatda mashg‘ulotlar qoidaga ko‘ra, kerakli natijalarni bermaydi va tayyorgarlikning kuchli tomonlarini pasaytiradi, g‘oliblikni keltiradigan individual tomonlari yo‘qoladi.
9.2.Modellashtirish usullari.
Oxirgi vaqtda sport sohasini modellashtirish masalasi sport fanining istiqbolli sohalaridan biri bo‘lib qoldi.
Modellashtirish usuli ilmiy nazariy tushuncha kabi shakllarni tiklashning yoki jismlarning ba’zi xossalarini va xodisalarni o‘rganishni yoki takrorlashni o‘z ichiga oladi. Bu – ob’ektlarning (jarayonlarning) xususiyatlarini, ularning modeli bo‘lgan boshqa ob’ektlar yordamida tadqiq qilishdir.
Insonlar ko‘pdan beri modellashtirishni bilish vositasi deb kelganlar va o‘z faoliyati davomida noaniqlikka uchrab, birinchi navbatda bu noaniqlikni o‘zi uchun aniq bo‘lgan xodisaga solishtirganlar. Noaniqlikdan aniqlikka solishtirish ikkilamchidan birlamchiga ko‘chish hodisasidir, ya’ni boshqacha qilib aytganda bu aniqlik noaniqlikning modeli sifatida qatnashadi.
Bilimlarni ma’lum munosabatlarda bir-biriga o‘xshaydigan bir jismdan boshqa jismga bunday o‘tishi, logikada analogidan kelib chiqqan holda xulosa chiqarish deb nom olgan.
Modelashtirish usuli o‘rganilayotgan ob’ekt haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri munosabatda emas, balki modelga o‘xshashlik xodisasini o‘rganish yo‘li orqali bilim olishga yo‘l qo‘yadi. SHunday qilib, bilimning sub’ekti va ob’ekt o‘rtasidagi oraliq zanjir bo‘lib model turishi modellashtirishning o‘ziga xos xususiyatidir.
Hozirgi vaqtda usulni modellashtirish murakkab boshqaruvda, asosan biologik tizimda «asosiy qurol» sifatida qaraladi. (S.L.Optner, 1969; M.B.Blauberg, E.G.YUdin, 1972; D.M.Gvishiyani, A.A.Novikov, 1973; V.V.Petrovskiy, 1976; YU.G.Antomonov, 1977)
Usulni modellashtirish aniq fanlarda xususan kibernetikada, biologiyada, meditsinada, pedagogikada, sportda qo‘llaniladi. Hamma modellar tashkil topishiga qarab turkumlarga bo‘linadi.
Turkumlarga bo‘lishni tashkil qilishda materialistik tushuncha modeli vosita sifatida aks etadi, u yoki bu voqealikni tiklashda yana ham chuqurroq bilim olishga qaratiladi.
B.A Glinskiy, B.S Gryaznov, B.S Dыnin va E.P Nikitin modelning odamdagi bo‘linish bilan bir qatorda ishlab chiqilgan tomon xarakterini xisobga olib, turlarda bo‘linish usulini amalga oshirgan holda quyidagi model turlari taklif qiladi.

  1. substansional

  2. strukturaviy

  3. funksional

  4. aralash

mustaqil bo‘lmagan 4- guruhni chiqarib tashlaganimizda, qolgan 3 ta model muhim murakkab sistemani xarakterini yoritishga tushuncha beradi.

  1. material yoki substrat ya’ni, tizimda xosil bo‘lgan elementlr to‘plami.

  2. strukturasi ya’ni, elementlar orasidagi aloqalar va munosabatlar yig‘indisi.

  3. funksiyalar ya’ni, tashqi sharoitda tizim xolatini bir butunligi.

A.N Kochergin modellashtirishni 3 turga ajratadi.
1) funksional - timsol xulq-atvorini o‘xshatish
2) axborotli, timsolda o‘tayotgan jarayonlarni faqat axborot tomonlarini o‘xshatadi
3) substrat-strukturali, faqatgina timsol xulq-atvorini emas, balki uning moddiy asosini xisobga oladi, ya’ni strukturani va substratni.
Ilmiy adabiyotlarda model va modellashtirishning yana bir necha turlari keltiriladi (YU.A Jdanov, 1960; L. Valt, 1869; V.A Venikov, 1961; I.B Novik 1980).
Mualliflar tomonidan taklif qilingan bu turlarning orasida juda katta farq mavjudligiga qaramasdan, sport faoliyatini ishonchliligini modellashtirishda ularni qo‘llash sohasini aniqlash maqsadga muvofiqdir.

Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish