Sportda bashorat qilish va modellashtirish



Download 4,24 Mb.
bet3/95
Sana21.06.2022
Hajmi4,24 Mb.
#688252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Sporda Pragnozlashtiris MAGISTR majmua

1.2.Bosqichli boshqaruv.
Bosqichli boshqaruv yirik strukturaviy tashkilotlarda maqsadga erishish va asosiy vazifalarini aniq elementlar asosida echimini, ko‘p yillik makrastruktura − bosqichi tayyorgarligini, tayyorgarligining asosiy turini, makrotsiklni, davrni yoki jarayonni ta’minlaydi. Bosqichli boshqaruvning samaradorligini umumiy sondagi omillar asosida aniqladi:
− makrostrukturaning aniq elementi yakunida, sportchi erishishi;
− lozim bo‘lgan tayyorgarlik darajasi to‘g‘risida aniq tasavvurlar mavjudligi ;
− jismoniy, texnik-taktik va psihologik tayyorgar-likning vazifalarini echish vositalari hamda usullarini vaqt bo‘yicha oqilona ko‘plash va samaralash;
− tayyorlov jarayonini samaradorligi va unga o‘zgarti-rishlar kiritishni nazorat qilishn ob’ektik tizimining mavjudligi;
Ko‘p yillik tayyorgarlikni har bir bosqichi, makrotsikl, davr va h.k. o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda boshqaruv tizimini aniqlaydi. Masalan, ko‘p yillik takomillashtirishning dastlabki bosqichida ya’ni tayyorgarlikning boshlanishida, boshqaruv jarayoni har tomonlama shakllangan texnik tayyorgarlikka, jismoniy sifatlarning ko‘zlangan eng muxim natijalariga erishishi, bular tezlik, quvvat, chidamlilik-chaqqonlik, moslashuvchanlik, ma’lum sport turini eng muhim funksional tizimlarining imkoniyatlari, boshlang‘ich tayyorgarlikka mos bo‘lgan psihologik sifatlar va boshqalar.
YUqori natijaga erishish vazifasi turgan vaqtda individual imkoniyatlarni maksimal ishga solish va ularni musobaqalarda namoyon etish davrida boshqaruv jarayoni boshqacha yo‘nalish kasb etadi va rejalashtirilgan natijaga etishni ta’minlaydigan, sport mahoratini eng yuqori saviyasini namoyon etish zaruriyatiga bo‘ysunadi. Bular, yuqori natijalarga erishishga yo‘naltirilgan tayyorgar-likni bosqichli boshqaruv jarayoni ko‘zda tutgan davrda amalga oshiriladigan bir qator amaliyotlar bilan bog‘liq.
Bosqichli boshqaruvning samaradorligi avvalo, musobaqa faoliyatining mukammal tizimi va u yoki bu sport yo‘nalishida mos ravishdagi tayyorgarlik ko‘rish strukturasi hamda uning aniq turi to‘g‘risida etarli tasavvurlar mavjudligi bilan aniqlanadi (Platonov. 1984, Poliщuk. 1996). Etarli darajada aniq va har tomonlama bilimlar bor bo‘lsa bosqichli boshqaruvning boshqa davrlarida ham yutuqqa erishishga umid qilsa bo‘ladi. Musobaqa faoliyatining va tayyorgarlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning bir yoqlamaliligi, axborotlarning yo‘qligi mashg‘ulotlar jarayonini boshqarish imkoniyatlarini chegaralaydi. Masalan, agar musobaqa faoliyati strukturasida muhim mustaqil tasniflar bo‘lmasi yoki tayyorgarlik strukturasida texnik va jismoniy tayyorgarlik saviyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lib, lekin taktik yoki psihologik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari tushirib qoldi-rilgan bo‘lsa, bunday hol yuz beradi (Platonov. 1995).
Bosqichli boshqaruv davrida eng muhim amal sifatida musobaqa faoliyati va tayyorgarlik modellarini ishlab chiqarish keltiriladi, ular musobaqaning ma’lum bosqichida mo‘ljal sifatida qo‘llanilishi kerak. Keyingi amallar bu sportchining funksional imkoniyatlarini, uning tayyorgar-lik darajasini, musobaqa faoliyatini samaradorligini baholash va kerakli maqsadga erishishi uchun individual ma’lumotlarni model bilan taqqoslashdir. So‘ngra jis-moniy rivojlantirishning umumiy texnologiyasi ishlab chiqiladi, ma’lum bosqichda xususiy vazifalarni echishga doir masalalar qo‘yiladi hamda ularni hal qilishi uchun samarali vositalar va usullar tanlanadi. Keyingi amal vazifani oqilona qo‘yish, tayyorgarlik jarayonini vosita va usullarni taqsimlashdir. Mazkur davrning yakuniy amallari bo‘lib rejadagi va amaldagi ko‘rsatkichlarni taqqoslash, o‘zgartiruvchi ta’sirlarni rejalashtirishi va nihoyat, erishilgan saviyani musobaqalarda amalga oshirish.
Davr yakunida erishilgan tayyorgarlikning saviyasi musobaqa faoliyati modelining rejalashtirilgan ko‘rsat-kichlar bilan taqqoslanadi va bosqichli boshqaruvning navbatdagi davri boshlanadi.
Bosqichli boshqaruv tizimining eng muhim metodo-logik tomoni bo‘lib, ko‘rilayotgan davridagi amaliyotlarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar va imkoniyatlarning to‘la mutanosibligi zaruriyati xizmat qiladi. Musobaqa faoiliyatining strukturasi hamda sportchining tayyorgar-ligi to‘risidagi aniq tasavvurlar nazorat tizimi, mashg‘ulot jarayonining mazmuni va h.k.lar model ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Rejalishtirilgan natija-ning asosi sifatida namoyon etish uchun ko‘zlangan tayyor-garlik saviyasiga erishish zaminlarining o‘zaro bog‘liqligi e’tiborga olinishi kerak, tayyorgarlik va musobaqalarning qo‘zg‘atuvchi va undaydigan jihatlari ta’minlangan bo‘lishi, hamda rejalashtirilgan natijaga erishishning yo‘llari, ya’ni maqsad va vazifalarni to‘g‘ri qo‘yilishi, oqilona tayyorgarlik, va musobaqa faoliyatining omillari va qonuniyatlari, samaradorlik nazoratini ta’minlanishi, salbiy holatlarning profilaktikasini ta’minlanishi, h.k
Bosqichli boshqarish jarayonida ma’lum sport turining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda bosqichli boshqaruv davridagi turli amaliyotlarda qo‘llaniladigan bilimlarning to‘la mos kelishi lozimligi zaruriyatini e’tiborga olish kerak.
Xususan, musobaqa faoliyati strukturasi va unga mos tayyorgarlik strukturasini tahlil qilayotganda muayyan sport xili va uning alohida turida sport yutuqlari saviyasini aniqlovchi omillarning ob’ektiv tahliliga suyanish kerak. Bunda har bir sport turining o‘ziga xosligidan kelib chiqadigan talablarning murakkabligi va xilma-xilligiga e’tibor berish lozim.
Turli sport turlarida qabul qilingan musobaqa tizimi, har xil strukturaviy to‘plamlarda mashg‘ulotlar jarayonini tuzishda boshqaruv echimlarini amalga oshirishni belgilaydi. Masalan, futboldagi 9-10 oylik musobaqa davriga ega bo‘lgan tizim, samarali va har tomonlama tayyorgarlik hamda to‘laqonli musobaqa faoliyati vazifalarini birlashtirishda qiyinchiliklar tug‘diradi sport mashg‘ulotlarining bir qator negizlari va qonuniyatlarini qo‘llash imkonini bermaydi. Davriy sport turlarining musobaqa tizimi, ayniqsa, mavsumiy tasnifga ega bo‘lganlari (chang‘i sporti, eshkak eshish) esa, aksincha, sport mashg‘ulotlarini davrlarga bo‘lish uchun qulay sharoit yaratadi.
Sportning mahorati, ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichi, makrotsikl davri o‘sishi bilan mashqlarning to‘la ta’sir ettiruvchi tarkibi va vositalari ham o‘zgarib boradi. Masalan, chang‘ichilar, yuguruvchilar hamda suzuvchilar uzoq masofani bosib o‘tish uchun maxsus chidamlilik sifatini rivojlantirishi, qiyosan mahorati yuqori bo‘lgan va ko‘p yillik tayyorgarlikning boshlang‘ich davrida, kislorodni iste’mol qilish, bir minut davomida nafas olish hajmi, yurak urishi kabi tasniflarni yaxshilash bilan muvaffa-qiyatga erishish mumkin bo‘lsa, yuqori malakali sportchilar uchun bu yo‘l istiqbolga ega emas, bu holda harakat energiya bilan ta’minlash tizimining faoliyatini tejamkorlik bilan ishlashi, chidamliligini yuksaltirishga yo‘naltiril-gan bo‘lishi kerak.

Download 4,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish