7-Mavzu: Spоrtdа mоdеllаshtirishning umumiy qoidalari.
1.Spоrt nаzаriyasidаgi “mоdеl” vа “mоdеllаshtirish” tеrminlаri haqida umumiy tushunchа, umumiy qoidalar.
2.Tayyorgarlik modellari.
3. Mahorat modeli.
4. Ruhiy tayyorgarlik.
5. Bellashuv faoliyatining modellari.
7.1.Spоrt nаzаriyasidаgi “mоdеl” vа “mоdеllаshtirish” tеrminlаri haqida umumiy tushunchа, umumiy qoidalar.
Mashg‘ulot jarayonini samarali boshqarish, unda har xil modellarni qo‘llash bilan bog‘liq. Model so‘zi namuna (standart, etalon) sifatida ishlatiladi. Keng ma’noda esa, biror ob’ekt jarayonining yoki hodisaning namunasi (hayoliy va shartli) tushuniladi. «Model» so‘zini izohlaganda ilmiy-metodik adabiyotlarda ham, sportda ham bir xil ma’noni anglatadi.
Model bu alohida sport turida egallagan sport mahorati yutuqlari natijasining yig‘indisidir. Modelni ishlatish va qayta ishlash natijasida modellashtirish jarayoni quriladi.
Sportga tayyorgarlik jarayonida va bellashuvlarda qatnashish model xarakterini o‘rganishga, aniqlashga, ishlatishga yordam beradi.
Modellashtirish-tashkilotchilikda muhim omil sifatida, sportchi tayyorgarligini rejalashtirishda, istal-gan darajadagi yutuqlarga erishishga imkoniyatlar yara-tishda, berilgan vazifalarni to‘g‘ri echishda, mashqlarda foydali vositalarni to‘g‘ri ishlatishda muhim ahamiyatga ega.
«Model» va «modellashtirish» – terminlari sport nazariyasida hamda amaliyotida muhim o‘rin egallaydi. Masalan, ilmiy-uslubiy adabiyotlarda, sport haqidagi maqolalarda bu termin 60–70 yillarga nisbatan deyarli 20 marta ko‘p ishlatiladi.
Modellashtirish ilmiy-amaliy usul sifatida zamonaviy nazariyada va sport amaliyotida keng tarqalgan-ligini guvohi bo‘lamiz. Modellashtirishning nazariy va amaliy sportdagi echishi kerak bo‘lgan vazifalari turli xarakterga ega.
Birinchidan. Modellar ob’ektning o‘rnini bosuvchi sifatida ishlatiladi, ya’ni modelni o‘rganish orqali ob’ekt haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. Model ustida tajriba o‘tkazilganda, modelni tuzilishi va vazifalarini aks ettiruvchi yangi bilimlar olishga muvaffaq bo‘linadi.
Model bilimlarini tekshirilgandan so‘ng olingan nazariy tasavvurlar mazmunining nuqtai nazaridan, model ob’ekt nazariyasining asosiy qismi bo‘lib qoladi. Hayvonlarning muskul to‘qimasini odatdagi sharoitda va kuchli mashqlardan keyingi holatini tekshirish natijasi ko‘rilganda, hayvon to‘qimalari bilan odam to‘qimalari tizimi o‘zaro o‘xshashligi kuzatildi. Bu esa sport nazariyasida tanlash va orientatsiya qilish, kuchlilik, tezlilik sifatlarini rivojlantirish, chidamlilik kabi xususiyatlar egallanadi. Bu modeldan olingan ishlar natijasi nazariy tasavvur qilinadi va oxirgi yillarda odamlardagi biopsixologik tadqiqotlari qo‘shimcha tekshirishlar orqali aniqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |