Adabiyotlar.
1. Salamov R.S. Sport mashg‘ulotining nazariy asoslari. O‘quv qo‘llanma Tosh. 2005.
2.Kerimov.F, Umarov.M. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish. Darslik. Tosh 2005.
4 mavzu. Sportga yaroqlilikni aniqlashning davrlari va bosqichlari.
Mavzu rejasi:
1. Sportga yaroqlilikni aniqlash tizimining asoslari.
2. Sportga yaroqlilikni aniqlashning davrlari va bosqichlari.
3. Sportchilarning somatik rivojlanishi xususiyatlari.
4.Sport saralovida somatik rivojlanishni aniqlash uslubiyati.
4.1. Sportga yaroqlilikni aniqlash tizimining asoslari
Sportda qobiliyat va talant muammosini ko‘rib chiqishda, birinchi navbatda, buyuk sportchilardan hali birortasi ham o‘zining eng yaxshi natijasiga boshidan oxirigacha mustaqil shug‘ullanib erishgan emasligini aytib o‘tish lozim. Salohiyatni aniqlash va uni to‘g‘ri qo‘llashga mutaxassislar va trenerlar yordam beradilar. Mazkur jarayon (saralov va yo‘naltirish) qanchalik aniq va tez yuz bersa sport yutuqlari va ularning turg‘unligini belgilovchi xarakteristikalar shunchalik yuqoriroq bo‘ladi.
Sportga yaroqlilikni aniqlash – ko‘p bosqichli, ko‘p yillik jarayon, u sport tayyorgarligining barcha bosqichlarini o‘z ichiga qamrab oladi. U, ma’lum sport turida muvaffaqiyatli takomil-lashishini ta’minlash uchun, sportchining qobiliyatini har tomonlama o‘rganish, ushbu qobiliyatlarni shakllanishi uchun zarur zamin yaratishga asoslangan. Uning ko‘pgina nazariy va uslubiy jihatlari etarli darajada ochib berilgan.
Lekin, afsuski, muammoning bir qator qoidalari ishlab chiqilganiga qaramasdan, haligacha bolalarni sportga yaroqliligini aniqlashning nazariyasi va sport trenirovkasi uslubiyatining bir butun tizimi mavjud emas. Odatda, bolalar u yoki bu to‘garakka tasodifan keladilar: do‘stlari bilan, ota-onalarning hoxishiga ko‘ra. Eng yaxshi holda, maktabdagi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi sportning biror turi bilan shug‘ullanishni maslahat beradi, yoki yaqin joylashgan BO‘SMdan maktab bellashuviga trener kelib (ko‘p hollarda o‘z ixtiyori bilan) iqtidorli bolani ko‘rishi mumkin. Natijada, bolalarning ko‘pchiligi «o‘ziniki bo‘lmagan» sport turi bilan shug‘ullanadilar, yillar sarflaydilar, lekin qimmatli natijaga erishmaydilar va sportdan ko‘ngli qolib chiqib ketadilar. Ehtimol, ular sportning boshqa bir turida muvaffaqiyatga erishishlari mumkin edi. Sportga layoqatli bolalarning anchasi esa umuman sportga kelmaydilar: ular bunga yo‘naltirilmaganlar va o‘z qobiliyatlari haqida xech narsa bilmaydilar.
Oxirgi yillarda bizning sportchilarimizni xalqaro sport maydonlardagi muvaffaqiyatsizliklarining negizida, bolalarni sportga yaroqliligini aniqlash tizimining yo‘qligi yotadi. SHu bilan birgalikda bugungi kunda, sport fanining, juda katta moliyaviy harajatlarsiz bunday tizim yaratishga zamini bor.
Muammoning ko‘p jihatlarining nazariy asoslari ishlab chiqilgani bilan bir qatorda, kompyuter texnologiyalarining rivojlanganligi muhim zamin yaratadi. Kompterlar bolalarning imkoniyatlari va ularning rivojlanishini kuzatish to‘g‘risida axborotlar bankini yaratish uchun qo‘llash, ya’ni monitoring tashkil qilish, bolalarning sportga yaroqliligini aniqlash diagnostikasi muammosini hal qilishda juda muhim ahamiyatga ega deb hisoblanadi.
Sport turlarining xilma xilligi shaxsning ma’lum bir sport faoliyatida mahoratga ega bo‘lish imkoniyatlarini kengaytiradi. SHaxsning ma’lum sport turida imkoniyatlari va sifat xususiyatlarining ochilmasligi, uni umuman sport xususiyatlariga ega emas deb qarashga asos bo‘la olmaydi. Bir sport turidagi ko‘zga tashlanmaydigan belgilar boshqa sport turida yuqori natijalarga erishishga sabab bo‘lishi mumkin.
SHulardan kelib chiqqan holda, sport imkoniyatlarini istiqbolini ko‘rishni alohida sportning yo‘nalishi yoki guruhiga tegishli ravishda amalga oshirish mumkin, bunda, sportga yaroqlilikni aniqlash tizimiga xarakterli bo‘lgan umumiy qoidalardan kelib chiqish lozim.
1. Sport qobiliyati ko‘p jihatdan, turg‘unlik va konservativlik bilan ajralib turadigan nasliy belgilarga bog‘liq. SHuning uchun, sport imkoniyatlarini istiqbolini ko‘rishda, avvalo, kelajak sport faoliyatida muvaffaqiyatlarni shartlaydigan, kam o‘zgaradigan belgilarga e’tibor berish kerak.
2. Nasliy belgilarning o‘rni organizmga yuqori talablar qo‘yilgan vaqtda ochilishidan kelib chiqib, yosh sportchining faoliyatini baholash chog‘ida yuqori natijalar saviyasiga alohida e’tibor bilan qarash kerak.
3. Sport qobiliyatlarini aniqlashda konservativ nasliy belgilarni o‘rganish, trenirovkalar ta’sirida tubdan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun zarur. Bunda, aniqlikni oshirish uchun ham ko‘rsatkichlarning o‘sish tezligini, ham ularning boshlang‘ich darajasini e’tiborda tutish lozim.
4. Ba’zi funksiya va sifat xususiyatlarining rivojlanishi geteroxronligi munosabati bilan turli yosh davrlarida sportchilarning qobiliyatlarini namoyon bo‘lish strukturasida ma’lum farqlar mavjud. Ayniqsa bu farqlar yuqori sport natijalariga bola va o‘smirlik yoshidayoq erishiladigan texnik mushkul sport turlari bilan shug‘ullanayotgan bolalarda yorqin ko‘rinadi va sportchi tayyorgarligining barcha - boshlovchidan to xalqaro toifadagi sport ustasigacha bo‘lgan davri yosh sportchi shakllanishining mushkul jarayonlari muhitida yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |