Sportchilarni yillik va ko'p yillik tayyorlash jarayonida uzoq vaqtli moslashuvning tashkil topishi reja: Kirish


Mashg’ulot jarayoniga psixologik tayyorgarlik



Download 208 Kb.
bet13/17
Sana13.06.2022
Hajmi208 Kb.
#664732
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Sportchilarni yillik va ko\'p yillik tayyorlash jarayonida uzoq vaqtli moslashuvning tashkil topishi

4.2. Mashg’ulot jarayoniga psixologik tayyorgarlik

Sportchining psixologik pedagogik jihatdan tayyorgarligini tekshirganda, avvalo, sport faoliyatiga munosabatni belgilovchi motivlarni shakllantirish; sportda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo’lgan irodaviy sifatlarni tarbiyalash o’ziga xos psixik imkoniyatlarni takomillashtirish ustida to’xtalish kerak.


Har qanday sport turida alohida sportchi yoki jamoaning sport faoliyatini har doim u yoki bu motivlar taqozo etadi, ular ham shaxsiy, ham ijtimoiy qiymatga ega bo’ladi. Motivlar odamni biror faoliyat bilan shug’ullanishga undovchi ichki kuch demakdir. Sportchi bajarmoqchi yoki erishmoqchi bo’lgan faoliyat maqsadlaridan farqli o’laroq, motivlar u aynan shuni nima uchun amalga oshirmoqchi va aynan shangu erishmoqchi ekanligi sabablarini tushuntiradilar.
Sport faoliyatining sabablari sifatida har xil qiziqishlar, intilishlar, ko’rsatmalar, ibrat-namunalar va b. maydonga chiqadi.
Yosh sportchilarda, odatda sport bilan shug’ullanishni bilvosita motivlari ustuvor bo’ladi: kuchli, sog’lom, chaqqon, jismonan rivojlangan bo’lish va h.k. Yosh ortgan va muvaffaqiyatlar ortgani sayin bu motivlar ikkinchi darajaga o’tadi, sport faoliyatining bevosita motivlari oldinga chiqadi: sport razryadi me'yorlarini bajarish, sport ustasi bo’lish, mamlakat terma jamoasi tarkibiga kirish, yirik musobaqalarda yuqori natijalarga erishish, Jahon yoki Olimpiada o’yinlari chempioni bo’lish, katta pul mukofotlarini qo’lga kiritish va b. (Yu.F.Kuralishin, B.Krayti, R.A.Piloyan).
Sportchi amal qiladigan muayyan motivlarning ahamiyati murabbiy va sport rahbarlari uchun katta amaliy ahamiyatga ega, chunki ularda namoyon bo’ladigan shaxsning xususiyatlarini (qiziquvchanlik, intiluvchanlik, vatanparvarlik, or-nomus, o’ziga xoslik, jamoachilik, o’rtoqlik hissi kabilar) baholash va sportchini tarbiyalashda ulardan foydalanish imkonini beradi.
Uzoq muddatli mashq jarayoniga motivlarni shakllantirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog’liq: ancha uzoqqa mo’ljallangan maqsadlarni belgilash, muvaffaqiyatga ishonchni shakllantirish va qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish va jazolashning optimal nisbati, mashg’ulotlarni hissiy ko’tarinki ruhda o’tishi, sport an'analarini rivojlantirish, jamoa bo’lib qarorlar qabul qilish, murabbiy shaxsining o’ziga xosligi.
Sportchilarni motivlarini ta'minlashdan tashqari, murabbiy mashg’ulot jarayonidagi sport faoliyatining muvaffaqiyatini ta'minlovchi turli jihatlarga munosabatlar tizimini shakllantirish lozim. Mashg’ulot jarayoniga sportchilarning munosabati tizimi elementlariga umuman sport mashg’ulotlariga munosabat, mashg’ulot va musobaqa yuklamalariga munosabat, mashg’ulotlarga munosabat, sport rejimiga munosabat va h.k. kiradi.
Umumiy psixologik tayyorgarlikning tarkibiy qismlaridan biri irodaviy tayyorgarlikdir.
Iroda deganda odamning u yoki bu istak xohishlar tufayli har xil qiyinchiliklarni yengishda ongli ravishda belgilangan maqsadlarga erishish uchun o’z xatti-harakatlari, fikrlari, hissiyotlari, tanasini boshqarish bo’yicha psixik faoliyati tushuniladi. Iroda maqsad yo’lida uchragan qiyinchiliklarni yengish jarayonida rivojlanadi va chiniqadi.
Sportdagi qiyinchiliklar sub'ektiv va ob'ektiv turlarga bo’linadi. Sub'ektiv qiyinchiliklar shu sportchining shaxsiga xos xususiyatlarga bog’liq (uning fe'l-atvori, temperamenti va b.). Bu qiyinchiliklar ko’proq salbiy hissiy kechinmalarda namoyon bo’ladi (raqibdan cho’chish, jarohatlanish havfi, tomoshabinlar oldida dovdirash). Ob'ektiv qiyinchiliklar sport faoliyatining umumiy va o’ziga xos shart-sharoitlari: belgilangan rejimga qat'iy rioya qilish, musobaqa faoliyatining ommaviylik xususiyati, shiddatli mashg’ulotlar, ko’p miqdordagi musobaqalarda ishtirok etish, noqulay ob-havo sharoiti, mashqlarni koordinatsion murakkabligi kabilar sababli yuzaga keladi.
Sportdagi asosiy irodaviy sifatlar – maqsadga intiluvchanlik, qat'iyat, dadillik va mardlik, tashabbuskorlik va mustaqillik, o’zini qo’lda ushlab olish va sabr-bardosh hisoblanadi.
Maqsadga intiluvchanlik mashg’ulotning yaqin va istiqboldagi maqsad hamda vazifalarini, ularga erishishning vosita va usullarini aniq belgilay olish qobiliyatida aks etadi. Oldinga qo’yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun sportchi murabbiyi bilan hamkorlikda ularni rejalashtiradi. Bu rejalarni ro’yobga chiqarishda erishilgan natijalarni baholash, murabbiy nazorati va o’z-o’zini nazorat qilish katta ahamiyatga ega.
Qat'iyat qo’yilgan maqsadga erishish uchun intilishni, maqsadga erishish yo’lidagi to’siqlarni tap tortmay, faol tarzda oshib o’tishni anglatadi. Mazkur irodaviy sifatlar mashg’ulot va musobaqa vazifalarini albatta bajarish, jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikni takomillashtirish, muntazam tarzda qat'iy rejimga rioya qilish bilan bog’liq. Sportchi barcha mashg’ulotlarga qatnashi, mehnatsevar bo’lishi, charchoq va noqulay shart-sharoitlar tufayli faolligini susaytirmasligi, musobaqalarda oxirigacha kurashishi lozim.
Tashabbuskorlik va mustaqillik ijodkorlikni, shaxsiy tashabbusni, topqirlik va zukkolikni, zararli ta'sirlarga qarshi tura olishni ko’zda tutadi. Sportchi jismoniy mashqlarni mustaqil bajarish va baholashni, navbatdagi mashg’ulotlarga tayyorlanishni, bajarilgan ishni tahlil etishni, o’rtoqlarining mulohazalari va xatti-harakatlariga tanqidiy munosabatda bo’lishni, o’z hulqini tuzatishni eplashi shart.
Dadillik va mardlik bu sportchining faolligi, ikkilanmay harakat qilishga tayyorligi ifodasidir. Mazkur sifatlar chiqarilgan qarorlarning mavridli, chuqur o’ylanganligini ko’zda tutadi, ayrim hollarda esa sportchi muayyan tavakkalchilikka ham yo’l qo’yadi.
Sabr-bardosh va o’zini qo’lda ushlay bilish odatiy va noqulay sharoitlarda aniq-ravshan fikrlash, o’ziga tanqidiy ko’z bilan qaray olishi, o’z hissiyotlari va xatti-harakatlarini boshqarish nazarda tutadi, ya'ni bunda sportchi o’zini yo’qotmaydi, qo’rquv, asabning ko’zg’alishini yenga oladi, o’zini va o’rtoqlarini xato harakatlardan ushlab qoladi.
Bu sifatlarni barchasi o’zaro bog’liq, lekin ularning eng asosiy va yetakchisi maqsadga intiluvchanlik bo’lib, boshqa sifatlarning tarbiyalanishi va yuzaga chiqishi darajasini belgilaydi. Oqilona pedagogik boshqaruv ostida irodaviy sifatlar shaxsni doimiy xususiyatiga aylanadi. Bu sportchilarga o’zlarini mehnat, o’quv, jamoat va b. ishlarda ko’rsatishni imkonini beradi. Sportchilarda irodaviy sifatlarni tarbiyalash, eng avvalo, ularning oldiga aniq maqsad va vazifalar qo’yilishini talab qiladi. Bu maqsadlarga erishish uchun sportchilar irodasini ishga soladi, iroda kuchini zo’riqtiradi, qiyinchiliklarni yengib, o’z harakatlarini boshqarishga intiladi. Sportchilar irodaviy sifatlarini tarbiyalashning asosiy vositasi ularning mashg’ulot jarayonida shu sport turi uchun o’ziga xos bo’lgan iroda kuchining qo’llanishini talab qiluvchi mashqlarni muntazam bajarish hisoblanadi.
Har qanday irodaviy faoliyatda aqliy, axloqiy va hissiy asos mavjud (A.Puni). Shuning uchun ham irodaviy tayyorgarlik sportchilarda axloqiy hissiyotlar hamda aqlning kengligi, chuqurligi va egiluvchanligi, mustaqil fikrlash singari aqliy qobiliyatlarni takomillashtirish ustiga qurilishi zarur.
Sportchilarda irodaviy sifatlarni rejali tarzda, shug’ullanuvchilarning yoshi va jinsini, jismoniy va psixologik imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda tarbiyalash lozim. Bunda, birinchi navbatda, tanlangan sport turining xususiyatlariga ahamiyat beriladi. Shunga ko’ra, F.Genov taklif etgan sportchining yetakchi va qo’shimcha irodaviy sifatlari tasnifi diqqatga loyiq (5-jadval).
Sportchilarning irodaviy sifatlarini tarbiyalash doimiy tarzda ob'ektiv va sub'ektiv qiyinchiliklarni yengish bilan bog’liq. O’quv-mashq jarayonini murakkablashtirish, oshib o’tish mumkin bo’lgan, ammo irodaviy zo’riqishlarni talab qiluvchi qiyinchiliklarni yaratish, “issiqxona” sharoiti bilan kurash olib borish, mashg’ulotlarda murakkab vaziyatlarni yuzaga keltirish, mashg’ulotlar sharoitini musobaqa sharoitiga yaqinlashtirishning bular mashg’ulot jarayonida irodaviy sifatlarni tarbiyalashga imkon beradigan asosiy talablardir.
Irodaviy sifatlarni tarbiyalash jarayonida sanab o’tilgan talablarni amalga oshirish uchun bir qator usuliy priyomlar qo’llaniladi (6-rasm): noqulay ob-havo sharoitlaridan foydalanish: trassalar, maydonchalar, mashg’ulot o’tkaziladigan joylar, snaryadlar joylashuvining har xil variantlari; musobaqa vaqtidan yaxshiroq vaqt ko’rsatish; musobaqa trassasi, joylari, snaryadlari, rejimini sinovdan o’tkazish, har xil (kuchli va zaif) raqiblar bilan bellashish; mashg’ulotlarni hakamlar, mehmonlar, tomoshabinlar huzurida o’tkazish; og’irligi darajasi turlicha bo’lgan kutilmagan to’siqlarni yaratish va h.k. Shu bilan birga, ma'qullash, maqtash, rag’batlantirish, tanqid, misol keltirish, namuna, ishontirish va b. dan keng foydalaniladi.

Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish