Qo’llar harakati. Brassda qo’l harakati bir vaqtda va simmetrik bo’ladi. Tayyorgarlik va eshish harakatlari jarayonida ham shunday bo’lishi mumkin. Qo’l harakati texnikasining ketma-ketlikda kelishini fazalar bo’yicha ko’rib chiqish maqsadga muvofiq: a) qo’lning yon tomonga harakati (eshish) yoki tortish, b) qo’lning gavda tomonga harakati (bukilish), v) dastlabki holat oldinga (rostlanish).
Dastlabki holatdagi to’g’ri qo’l panjalari tirsak – panja bo’g’imida ozgina bukilgan holatda, suv yuzasiga nisbatan 15-20 daraja ostida pastga – yonga yo’nalishda yoziladi. Eshish paytida barmoqlarni shunday tutish kerakki, panja ko’proq suvni tutib itarsin. Eshish tirsak bo’g’imida ozroq bukilgan holda boshlanib, yelka chizig’iga yetmagan masofada yoki bo’lmasa belning ko’ndalang o’qi atrofida tugaydi (tez suzilganda harakat amplitudasi birmuncha kam bo’lishi mumkin). Tortish kuchini ko’paytirish uchun eshish tezkorlik bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |