Oÿinning variantlari: 1. 0‘yin qatnashchilari yugurishni to‘pni yeiga urib borish bilan bajarishi mumkin. 2. 0‘yin qatnashchilari oldindan kelishib olingan usulda — kalta arg'amchi ustidan sakrab o‘tib yugurishi mumkin. 3. 0‘yinchilar 1—2 ta to'ldirma to'pni yoki koptokni ko'tarib olib yugurishi va ulami keyingi o'yinchiga uzatishi mumkin.
186
14-msrn.
To‘siqlar osha yugurish
Oyinga tayyorlanish. Jamoalar start chizig‘ining orqasida saf tortib turadilar. Marragacha ko‘ndalangiga 3—4 ta uzun rezina ip tortiladi. Rezina iplar oralig'i 4—5 metrdan bo‘iadi
Oyinning tavsifi. Signal berilgandan keyin o'yinchilar ketma- ket marragacha ana shu to‘siqlardan hatlab yuguradilar. To'siqlar balandligini o‘yinchilaming yoshi va jismoniy tayyorgarligiga qarab past va baland qilish mumkin. Yugurishni birinchi bo‘lib tugatgan, kam xatoga yo‘l qo‘ygan jamoa yutgan hisoblanadi.
Uzoqqa sakrash
Oyinga tayyorlanish. O'ynovchilar teng ikki jamoaga bo‘lina- dilar. Har bir jamoa 8—10 kishidan iborat bo‘ladi. Jamoalar saflanib bir~birlariga yuzma-yuz turadilar, ulaming o‘rtasida ikkita sakrash yo'lak.chasi bo'ladi.
187
0‘yinning tavsiii. Signal berilishi bilan birinchi nornerlilar start chizig'idan, turgan joyidan ikki oyoqda depsinib uzunlikka sakray- dilar. Yerga tushgan joy tovondan belgilanadi. Xuddi shu joydan esa ikkinchi nomerli o'yinchilar sakrashni davom ettiradilar, so‘ng- ra uchinchi nornerlilar va hokazo. Jami sakrashlar yig‘indisiga qarab qaysi jamoa yutgani aniqlanadi.
Komandali yugurish
O ‘yinga tayyorlanish. O'ynovchilar 3—5 ta jamoaga bolinadilar. Jamoalar zalning yoki maydonchaning bir tomonida yoki chiziq- ning orqa tomonida bir qatordan saflanib turadilar.
0‘yinning tavsifi. O'qituvchining signalidan keyin har bir jamoaning o'yinchilari birgalikda maydonchaning boshqa tomo- nidagi chiziqqa yugurib borib, chiziq orqasida bir qatorga saflanib turadilar. Boshqa jamoalarga nisbatan vazifani tez va aniq bajargan jamoa yutgan hisoblanadi.
0‘yinning variantlari. 1. Har bir jamoa oldiga qo'yilgan to'siq- lami, masalan, ustuncha, to‘ldirma to‘p, g‘o‘lacha va hokazolami aylanib o‘tadi. 2. 0‘ynovchilar bir yoki ikki oyoqlab sakrab harakat qiladilar. 3. O'ynovchilar har xil to'siqlardan oshib o'tishlari mum- kin.
Yotiq va tik to'siqlardan oshib yugurish
O'yinga tayyorlanish. O'ynovchilar 3—5 ta jamoaga bo'lina- dilar. Jamoalar maydonchaning bir tomonidagi chiziq orqasida bir qatordan 3—4 metr oraliqda saflanib turadilar. Maydonchaning eniga ustunchalar qo'yilib, ularga 60 sm balandlikda rezina yoki arqoncha tortiladi. Arqonchadan 5—8 metr narida kengligi 100— 150 sm «chuqur» chiziladi yoki ajratiladi. Maydonchaning qarama- qarshi tomonidagi devorchadan 2 metr berida har bir jamoaning ro'parasiga to'ldirma to'plar qo'yiladi.
0‘yinning tavsifi. O'qituvchining signalidan so‘ng har bir jamoaning birinchi bo'lib turgan o'yinchilari estafeta tayoqchasini oldindan ushlab yugura boshlaydilar, ular oldin arqon yoki rezina
188
ustidan, 50‘ng chuqurchanmg ustidan sakrab o‘tib, toldirma to‘p atrofîdan o‘iig tomon bilan aylanib, yana chuqurcha va arqon ustidan oshib, o‘z jamoalariga qaytib keladilar. Start chizig‘i orqa- sida turgan o‘z jamoasining navbatdagi o‘yinchilariga tayoqchani berib, o‘zlari qatorning oxixiga borib turadilar. Qolgan hamma o‘yinchilar ham shu harakatni takrorlaydi. Qaysi jamoa vazifani xatosiz yoki kam xatoga yo‘l qo‘ygan holda birinchi bo‘lib tugatsa, o‘sha jamoa yutgan hisoblanadi (15-rasm).
Oq terakmi, ko‘k terak
0‘yin ko‘kalamzorda, sport maydonchasida yoki sport zalida o‘tkaziladi. 0‘yinchilar soni cheklanmaydi.
Oyinning tavsifi. Barcha o‘yinchilar baravar ikki komandaga bo‘linadilar. Har bir komanda o‘z kapitanini saylaydi. Har bir komandaning oVinchilari bir-birlari bilan mahkam qo‘l ushlashib turadilar. Bir komanda o‘yinchilaii baravariga «Oq terakmi, ko‘k terak, bizdan sizga kim kerak?» — deb so‘raydi. Ikkinchi komanda a’zolari «Sizdan bizga (qarshi komanda o‘yinchilaridan birining
189
ismini aytib) kerak! — deydi. Ismi aytilgan o'yinchi yugurib kelib qarshi komanda qatnashchilari osilib turgan «zanjir»ni uzishga harakat qiladi. Agar zanjimi nza olsa, shu komanda o‘yinchilaridan birini o‘z komandasiga olib ketadi, uza olmasa, o‘zi shu komandada qoladi. Shundan keyin o‘yin komandalar roli almashinib davom etaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |