Sport va harakatli 0‘yinlar



Download 1,28 Mb.
bet138/174
Sana31.08.2021
Hajmi1,28 Mb.
#160626
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   174
Bog'liq
SPORT VA HARAKATLI

0‘yin qoidalari. 1. Yugurib o‘tish paytida bir-birini turtish man etiladi. 2. Uydan yugurib chiqqan o‘yinchi!ar orqaga qay-


259





tishlari mumkin. 3. Onaboshilar — ayozlar chiziq orqasida turgan o‘yinchilarga qo‘l tegiza olmaydilar.

Eslatma. 0‘ynovchilar birgalashib aytiladigan so'zlami o‘yin boshlanishidan oldin o‘rganib olishlari kerak.

0‘yinning o‘ziga xos harakatlari chap berib yugurishdir.


  1. «Mergan» o‘yini

0‘quvchilar ikki jamoaga bo‘linib, yuzlari bir-biriga qaragan holda safga turadilar. 0‘rtaga har bir jamoadan 6—8 m narida bulava qo‘yilgan bo‘ladi. Signal berilishi bilan har qaysi qatordagi bolalar galma-galdan to‘pni bulavaga otib, uni yiqitishga harakat qiladilar. Qaysi jamoa bulavani ko‘proq urib tushirgan bo‘lsa, o‘sha jamoa g‘olib hisoblanadi,

  1. «Kes-kes»

Bu o‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga moijallangan. Keng- ligi 4 qadamdan iborat doira chiziladi. Boshlovchi uchun chaq- qon o‘quvchi tanlanadi. Boshlovchi doira ichida turadi. Qolgan o'quvchilar doira tashqarisida turadilar. 0‘qit.uvchi «boshla» deyi- shi bilan o‘yinchilar doirani kesib o‘ta boshlaydilar.

0‘yinchilar har tomonga «kes», «kes» deb yugurib ohadilar, Boshlovchi o‘yinchilarga qo‘l tekkizadi. Qo‘l tekkan o'yinchi o'yindan chiqib turadi. 0‘yin 2—3 daqiqa davom etadi. 0‘qituvchi o‘yinni to‘xtatib, nechta o‘quvchi «o'ldirilganligini» aniqlaydi.




  1. «Qo‘riqclii»

0‘yin uchun 8 m kenglikda doira chiziladi. Latta yoki jundan dumaloq shaklda qo‘lga sig‘adigan kichik koptokcha tikiladi. Uncha katta bo‘lmagan sakkizta yassi tosh tanlanadi, tosh boTmasa keglidan foydalansa ham bo‘ladi. Yassi toshlar doira o‘rtasiga (to‘rttadan) tashlab qo‘yiladi. 0‘yinda ishtirok etuvchi qizlar doira ichida ashula aytib aylanib yuradilar.


260

Qo‘riqchi matni:



Omon yor aylasangchi-yo, omon yor,

Beling-ni boylasangchi-yo, omon yor.

Dadang ishdan kelsachi-yo, omon yor,

Ko‘k choyni damlasangchi-yo, omon yor.

Ashula tugaganda doira ichidagilar chiqib ketishlari kerak. Ikki o‘quvchi toshlarni terib, ikki yerga tezlik bilan tikishga harakat qiladilar. Toshni tikkan o‘quvchi tezlik bilan doiradan chiqib ketadi. Doira ichida qolgan o‘yinchi toshlarni tikadi va himoya qilishga qoladi. Doira tashqarisida qolgan o‘yinchilar toshni kichik koptokcha bilan urib yiqitishga harakat qiladilar. Doira tashqarisida turgan o‘yinchilar toshni tez-tez vaqt ichida yiqitsaiar yutgan hisoblanadi. Yutqazgan o‘yinchi ashula âytib yoki o‘yinga tushib beradi. Doira ichidagi toshlarning hammasi urib yiqitilsa, o‘yin yana boshqatdan boshlanadi.



  1. «Podachi» o‘yini

Bu o‘yin uchun 4 qadam kattalikda doira chiziladi va u ohak bilan belgilanadi. Doira 3 ta o‘yinchi qolidan chim xokkeyi tayo- g‘iga o'xshatib yasalgan tayoq bilan turadi. Doira tashqarisida ham hujumchilar uch joyida joylashadilar. Yog'ochdan yasalgan (balandligi 5—6 sm) nishon doira markaziga 10—15 santimetr oraliqda aylana shaklida qo‘yilgan bo‘ladi.

0‘yin doira tashqarisidan 1 metr uzoqlikda hujumchilar tomonidan kichik to‘pni bir-birisiga tez oshirishadi, qulay fursatni topib, doira ichidagi himoyachilarni chalg‘itib o‘rtasidagi nishonlami birin-ketin urib yiqitishga kirishadi.

O‘yin vaqtida himoyachilarning doira ichidan chiqib ketishi man etiladi. Himoyadagi o‘yinchilarning tayog'i hujumcbjlarga tegib ketsa, himoyachi doira chizig‘idan tashqariga chiqsa ham jarima belgilanadi.

0‘yin vaqtida hujumdagi o‘yinchilarning tayog'i yuqori ko‘ta- rilsa, o‘yin boshlanadi deb hisoblanadi, himoyachilar doira chizi- g‘iga koptokni qo‘yib, zarb bilan tashqariga, uzoqroqqa urib




261





chiqaradi. Xavfli harakat ko‘p vaqt ichida takrorlanib tursa. o‘yinchilar bir necha daqiqaga o'yindan chiqariladi. 0‘yin paytida jamoalaming qaysi bin nishonni tez vaqt ichida koptok bilan urib yiqitsa, shu jamoa g‘olib hisoblanadi. 0‘yinch darning roziligi bilan o‘rinlarini almashtirib, o‘yinni davom ettirish mumkin. 0‘yin rivoji uchun o‘yin qoidasiga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

0‘yin o‘quvchilarga moslashtiriladi. 0‘yin sport zalida ham o‘tkazilishi mumkin.



  1. «Podsho va Vazir» o‘yini

Bunda 4 ta kichik qog‘ozga podsho, vazir, askar, o‘g‘ri deb yoziladi. Ular buklab yerga sochib yuboriladi. Uni 4 ta o‘yinchi oladi. Kimga nima tushsa, sezdirmay o‘zi o‘qiydi. Podsho yozuvi tushgan o‘yinchi vazir o‘g‘rini topsin deb buyruq qiladi. Vazir o‘g‘rini topsa, askar o‘g‘riga jazo beradi. Agar topmasa o‘g‘ri oladi- gan jazoni vazir oladi. Shu tariqa o‘yin davom etadi.

  1. «Do‘ppi yashirar» o4yini

0‘yinchilar 2 guruhga bolinib, har bir guruhda 4—5 tadan o‘yinchi qatnashadi. Guruhlar 1,5—2 metr masofada bir-birlariga qarama-qarshi o‘tirishadi. Ikkalasida ham bittadan do‘ppi bo‘lib, awal, qaysi guruh o‘yinni boshlashi qur’a tashlab aniqlanadi. 0‘yinchilardan biri 2-guruhga ko‘rsatmay do‘ppini yashiradi. Bo‘ladi, deyilgandan so‘ng hamma qo‘lini qovishtirib o‘tiradi. 2-guruh o‘yinchilaridan birortasi do‘ppini kim yashirganligini ko‘r- satadi. Agar to‘g‘ri topsa, guruhga 1 ochko beriladi. Topa olmasa, o‘sha guruh yutqazgan hisoblanadi. Bu o‘yin navbatma-navbat davom ettiriladi va oxirida yutuqlar jamlanib, g‘olib guruh aniqlanadi.

  1. «Buta soldi» o‘yini

Bu o‘yin qizlar o‘rtasida o‘ynaladi. Qizlar aylana bo‘lib o‘tirishadi. Ulardan biri qo‘liga ro‘mol olib, aylana orqasidan aylanib o‘tadi. Aylana turib, bittasining orqasiga sezdirmay tashlab


262





o‘tib ketadi. Agar vana qaytib kelguncha sezmasa, uni ro‘moli bilan uradi. Agarda sezib qolsa, ro‘molni olib (qizlarni) aylantirib uning o‘zini quvadi. Yetib olsa uradi. Yeta oimasa uning o‘rniga kelib o‘tiradi. Ro‘molni oigan o‘yinchi o‘yinni davom ettiradi.


  1. «Besh tosh» o‘yini (qizlar uchun)

Besh tosh oq 4 toshdan yasalgan bo‘lib, yumaloq shaklda boiadi. 0‘yin quyidagicha bo‘ladi.

  1. Beshta toshni yerga tashlaymiz va bittadan toshni qo'limizga olib, qolgan toshlami yerdan ilib olamiz.

  2. Yana toshlarni yerga tashlaymiz, bu gal yerdan 1 ta olib, qolganlami ikkitalab yerdan ilib olamiz.

  3. Yana toshlarni yerga tashlab, ul ardan birini olamiz va qolganlarini uchtalab ilib olamiz.

  4. Bitta toshni tepaga otib, tepadagi toshni ilib olib, bu tosh bilan yerdagilami qo‘shib birga ilib olamiz.

  5. Toshlami yerga tashlaymiz, 1 ta toshni qo'lga olib, yerdagi yana 1 ta toshni ilib olamiz, uchinchi toshni ilib olayotganimizda

  1. ta toshni narigi qo‘limizga o‘tkazamiz, yerda qolgan yana

  2. toshni ham shu tahhtda ilib olib, toshlaming hammasini chap qo‘limizga olamiz.

  1. Toshlami yerga tashlaymiz. 1 ta toshni qo‘limizga olib, yana bitta toshni oldingi oigan toshimizni osmonga otib ilib olamiz,

  1. tasini ilib olayotganda qoMimizdagi 1 ta toshni tushirib yubo- ramiz.

  1. 4-o‘yinni yana qaytaramiz.

  2. Toshlarni yerga tashlab ikkita barmog‘imizni (chap qoTda) dumaloq shaklida qilamizda, bitta toshni ilib, qolgan to‘rtta dumaloqqa kiritamiz hammasini kiritib boTgach, dumaloqqa kirgan toshlami ilib olamiz.

Beshta toshni o‘ng kaftimizga qo'yib, toshlami yuqoriga otamiz va o‘ng qo‘hmizni ustiga toshlarni tushiramiz. Nechta tosh tushsa, shuncha yutuq (ochko) hisoblanadi.



Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish