0‘yinning qoidalari. 1. Cho‘rtan «Bix, ikki, uch!» — deb bo‘l- masdan oldin hech kim uydan yugurib chiqa olmaydi, aks holda tutilgan hisoblanadi. 2. Agar tovonbaliqlar ha deganda uydan chi- qavermasalar, cho‘rtan yana bir marta baland ovoz bilan uchga- cha sanaydi. Shunda tovonbaliqlar uydan yugurib chiqishlari kerak, aks holda tutilgan hisoblanadilar. 3. Tutilgan o‘yinchilar to‘r, savat va yo‘lak hosil qilib turadilar, ammo tovonbaliqlami tutish huquqiga ega bo'lmaydilar. 4. Hamma tovonbaliqlar yugurib o‘tish vaqtida to‘r, savat va yo‘lak orqali o‘tishlari lozim, bunday qilmagan o‘yinchilar tutilgan hisoblanadi. 5. Savat hosil qilib turgan o'yinchilar cho‘rtanni tutib olishlari mumkin. Buning uchun ular zanjir qilib oigan qo‘llarini cho'rtan ustidan oshirib o‘tkazib, uni savat icliiga olib kirishlari kerak. Cho'rtanni yo‘lakda ham tutish mumkin. Buning uchun cho‘rtan yo‘lak ichiga kirib kelganda, uni darrov qurshab olish, ya’ni yo‘lakning kirish va chiqish joy- larida turgan tovonbaliqlar qo‘1 ushlashib olishlari kerak. Agar cho‘rtan savat yoki yoMakka tushib qolsa, tutilgan hamma tovonbaliqlar ozod qilinadi va yangi cho'rtan tayinlanadi, ilgarigi cho‘rtan esa tovonbaliq bo‘lib qoladi.
0‘yinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, Bu o‘yin orqali o‘quv- chilar jamoada uyushqoqlik bilan harakat qilishni o‘rganadilar. Chunki bu o‘yin maqsadga erishish uchun birgalikda harakat qilishni taqozo etadi.
О‘yin mustaqillik, tashabbuskorlik, qat’iyatlik va hushyorlik kabi sifatlami shakllantiradi. 0‘yinda biigalashib harakat qilish o‘rtoqchiiik tuyg‘usini tarbiyalashga yordam beradi.
O'yindagi harakatlar o‘quvchilarda tezlik va epchillik singari xislatlami o‘stirishga yordam beradi.
Meiodik ko‘rsatmalar. 0‘quvchilar oddiy, qisqa-qisqa yugu- rishlardan iborat o‘yinlami, masalan «Quvnoq bolalar», «Ikki ayoz» o‘yinlarini o‘rganib olganlaridan keyingina ular bilan «Tovonbaliqlar va cho'rtanbaliq» o‘yinini o'tkazish kerak.
225
Bu o‘yin III—IV sinf o'quvchilari uchun tavsiya etiladi. Bu yoshdagi o‘quvchilar harakat usuilarini bilib oigan bo‘ladilar: xavf-xatarli bo‘lsa ham, cho‘rtanni aldab, savatga kirishga, cho‘rtan yoniga birorta tovonbaliqni yuborish bilan uning diqqatini chalg‘itib, boshqa tovonbaliqlarni qutqarib qolishga harakat qiladilar. 0‘yinchilar yo‘lakdan chiqiladigan joydan (yo‘lakdan yugurib o'tish juda xavfli va maroqli bo'ladi) cho'rtanning diqqatini chalg‘itish uchun zo‘r mardlik va farosat- lilik ko‘rsatishlari kerak.
Rahbar bolalaming diqqat-e’tiborini o‘yinni jonlatiradigan va tarbiyaviy jihatdan yanada qimmatliroq qiladigan mana shu hamma usullaiga qaratishi va bu bilan ularga o‘yin jarayonini durustroq o‘zlashtirib olishlarida yordam berishi kerak. Bu o'yinni, yuqorida aytilganidek, HI—IV sinf o‘quvchilari bilan o'tkazish lozim. Yuqo- riroq sinflarda esa uni yanada murakkabroq varianti «Yoyma to‘r» o'yinni bilan almashtiriladi.
0‘yinning o'ziga xos harakatlari yo'nalishini o'zgartirib va ozgina dam olib yugurishdir.
Doiradan surib chiqarish
0‘yinning tavsifl. 0£ynovchilar bab-baravar ikki komandaga bo£linadilar. Komandalar bir-birlariga yuzma-yuz saflanib tura- dilar. Komandalar o'rtasida yerga diametri 1,5—2 metrli 6—8 ta aylana chiziladi. Aylanalaming har biriga ikkala komandaning bittadan vakili (bo‘yi balandroq o£yinchilardan boshlab) tushiriladi. Aylanalar ichidagi o£yinchilarga bittadan gimnastika tayoqchasi beriladi. Ikkala o'yinchi tayoqchaning bir uchini o‘yin shartiga qarab o£ng yoki chap tirsagi bilan qisib mahkam ushlab turadi. Har bir aylana yonida bittadan hakam turadi. 0‘ynovchilar signal berilishi bilan tayoqchani qisib, bir-birlarini doiradan itarib chiqa- rishga harakat qiladilar. Aylana ichidan raqibini surib chiqargan o'yinchining komandasiga bitta ochko beriladi. Aylanadan chiqarib yuborilgan o'yinchi yana qaytib kirishi mumkin. Birinchi juftlar- ning o'yini barcha aylanalarda maxsus signal bilan baravar to'xta- tiladi. Keyin navbatdagi juft o£yinchilar tushadilar va o£yin shu
226
tarzda davom ettirilaveradi. Yutuq ochkolarini ko'proq to‘plagan komanda g‘alaba qozonadi.
O ‘yinning qoidalari. 1. Qarshilik ko‘rsatish paytida tayoqchani tirsak tagidan boshqa joyga olish mumkin emas. 2. Qattiq itarib yuborishga va turtishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Eslatma. Har bir juft o‘yinchi 60 soniyadan 90 soniyagacha olishadi.
Variantlar: 1) raqibning yelkasiga qoTni tirab uni aylanadan itarib chiqarish; 2) bir-biriga o‘ng (chap) yoni bilan turib, yelkaga yelkani tirab doiradan itarib chiqarish.
0‘yinning o‘ziga xos harakatlari epchillik bilan bir-birini turgan joyidan itarib yuborish.
Oq tosh
0‘yinda 10 dan 40 nafargacha o‘quvchi qatnashishi mumkin. 0‘yin katta yalanglikda, sport maydonchasida yoki zalda o‘tka- ziladi. 0‘yinni o‘tkazish uchun oddiy oq tosh kerak.
O ‘yinga tayyorlanish. 0‘ynovchilar ikki komandaga bo‘linadilar. Har bir komandaga onaboshi tayinlanadi. 0‘yin boshlanishidan oldin o‘yin rahbari yoki o‘yinda qatnashayotgan o‘z o‘quvchilardan bin oq toshni belgilangan joyga yashiradi.
0‘yinningtavsifl. Rahbar signalberishibilan o‘quvchilartoshni qidirish uchun oldindan belgilangan maydonga tarqalib ketadilar. Toshni topgan o‘yinchi uni qarshi komanda o’yinchilariga sezdir- masdan o‘zi yoki sheriklari bilan qoTdan qo‘lga uzatib, o‘yin rahbariga olib kelib berishi kerak.
Agar qarshi komanda o'yinchilari tosh topilganini sezib qolsalar, uni qo‘lga tushirishga urinadilar. Toshni olib borayot- gan o‘yinchiga qarshi komanda o‘yinchisi qoTini tegizib qolsa, tosh o‘sha o‘yinchiga beriladi va u ham toshni sheriklari orasida qo‘lma-qo‘1 uzatib o‘yin rahbariga yetkazish uchun harakat qiladi.
Komandalardan biri toshni o‘yin rahbariga olib kelib berga- nidan keyin o‘yin to‘xtaydi. Toshni rahbarga keltirib bergan komanda g‘olib hisoblanadi.
227
0‘yinning qoidalari. 1. 0‘yin boshlanishidan oldin ona- boshilar o‘z o‘yinchilarini juft-juft yoki yakka-yakka qilib qidiruv maydoniga joylashtirishlari kerak. 2. Oq tosh topilga- nidan keyin uni yashirish mumkin emas, va’ni toshni faqat maydon ichida olib yurishga ruxsat etiladi. 3. Qo‘lga tushgan, ya’ni qarshi komanda o‘yinchisining qo‘ii tekkan o‘yinchi o‘sha o‘yinchiga toshni berishi va o‘zi qo‘lga tushgan joyida to‘xtab olishi kerak. Uni o‘z komandasining o'yinchilaridan birontasi qutqarishi mumkin. 4. Oq toshni faqat o‘yin maydoniga yashirish mumkin.
0‘yinning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. Bu o‘yin o‘quvchilarda jamoa oldidagi mas’uliyatni sezish hamda o‘zaro o‘rtoqlarcha mu- nosabatda bo‘lish hissini tarbiyalashga yordam beradi. Shuningdek, o'yinda eng zarur jismoniy va axloqiy-irodaviy xisiatlar tako- millashib boradi.
Metodik ko ‘rsatmalar. Oq toshni qarshi komanda o‘yinchilari osonlik bilan topa olmaydigan qilib yashirish kerak.
0‘yin yalangalikda, maydonchada juda qiziqarli o‘tadi. Ayniqsa, bayramlarda bu o‘yindan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |