O ‘yinga tayyorlanish. 0‘ynovchilar 2—3 ta komandaga bo‘linib, kengroq oraliqda bir qatordan saflanib turadilar. Hamma 0‘ynov- chilar oyoqlarini yon tomonga kerib turadilar.
O yinning tavsifi. Har bir qatorda birinchi bo‘lib tuigan o‘yin- chilaming qo‘llarida toMdirma to‘p bo‘ladi va o‘qituvchi signal beigach, ular to‘plami boshlaridan oshirib orqalaridagi ikkinchi o‘yinchiga uzatadilar.
Ikkinchi o‘yinchi to'pni olib, oldinga engashib, uni oyoqlari orasidan uchinchi o‘yinchiga uzatadilar va hokazo.
Qatorlar oxirida tuigan o‘yinchilar to‘pni olgach, o‘z koman- dalarining chap tomonidan yugurib kelib, qator oldiga birinchi bo‘lib turadilar va to‘pni boshlaridan oshirib uzatadilar. Ular oldinga
221
qarab yugurayotganda boshqa o'yinchilar bir qadam yoki bir o‘rin orqaga suriladilar. 0‘yin oldingidek yana takrorlanadi.
0‘yinni boshlagan ishtirokchi qator oxiriga yetgandan so'ng to'pni oladi va o‘ng tomondan yugurib kelib qatorga birinchi bo‘lib turadi va to‘pni yuqoriga ko‘taradi. To‘p uzatishni bosh- qalardan tezroq bajargan komanda g‘olib hisoblanadi.
Juftlikda jamoali o‘yinlarga xos harakatli o‘yinlar
Oq ayiqlar ovi
0‘yin maydonchada yoki zalda o‘tkaziladi.
Oyinning tavsifi. Maydonchaning bir tomonidan kichikroq joy atrofiga chiziq tortib ajratiladi. Bu — katta muz parchasi, maydonchaning qolgan yerlari dengiz bo£ladi. Maydonchadagi dengizni chiziq bilan chegaralab qo‘yish zarur. 0‘yinchilardan biri onaboshi — oq ayiq qilib tayinlanadi. Qolgan o‘yinchilar ayiq- chalar bo‘ladi. Ayiq katta muz parchasi tomon yo‘l oladi. Ayiq- chalar esa butun maydoncha bo‘ylab istagan yerga joylashadilar.
Ayiq «Ovga chiqyapman!» — deb bo‘kirib, muz parchasidan dengizga qarab yuguradi va ayiqchalami tuta boshlaydi. Biron ayiqchani tutishi bilan uni muz parchasiga olib kelib qo‘yadi. Keyin ikkinchi ayiqchani ushlaydi. Ikkita o‘yinchi ushlangach, ular ham qo‘l ushlashib, qolgan o‘yinchilami tuta boshlaydilar va biror o'yinchini quvib yetgan paytlarida qo‘llarini shunday birlashtiradilarki, ushlangan o‘yinchi ulaming qo‘llari orasida qoladi. Shundan keyin ular: «Ayiq, yordamga!» — deb baqiradilar. Ayiq yugurib keladi va qo‘lini tutilgan o‘yinchiga tekkizadi, ya’ni uni ushlaydi. Ushlangan o‘yinchi muz parchasiga kelib turadi. Muz parchasi ustidagi ushlangan o‘yinchilar ikkita bo‘lgach, ular ham qo‘l ushlashib dengizda ayiqchalami tuta boshlaydilar. Bun- day juft o‘yinchilar har gal bironta o'yinchini o‘rab olsalar, «Ayiq, yordamga!» — deb baqiradilar. Ayiq yugurib keladi va tutqunni ushlaydi. 0‘yin hamma ayiqchalar ushlanguncha davom etadi. Eng oxirida ushlangan o‘yinchi eng chaqqon o‘yinchi hisoblanadi va keyingi o‘yinda oq ayiq bo‘ladi, /
222
Oyinning qoidalari. 1. Juft ayiqchalar o‘yinchilami faqat qo‘l- lari biian o‘rab olib tutadilar. 2. Tutish paytida o‘yinchilami toit- qilash taqiqlanadi. 3. Maydoncha chegarasidan qochib chiqqan o‘yinchi tutilgan hisoblanadi va muz parchasiga borib turadi.
Juft ayiqchalar o‘rab olgan o‘yinchi ayiq kelib unga qo‘l tekkiz- gunga qadar qurshovdan sirg‘alib chiqishi va qochishi mumkin.
Ayiq birinchi juft ayiqchani tutib olganidan keyin o‘zi ayiq- chalarni quvlab yurmasdan, o‘rab olinganlamigina tutadi.
Oyinning ikkinchi varianti. «Juftlab tutish». Bitta tutuvchi tayinlanadi. Qolgan o‘yinchilarning hammasi undan qochadi. Tutuvchi qochayotganlardan birini tutadi va u biian juft bo‘lib oladi. Ular o‘yinchilami qurshab olib, tuta boshlaydilar. Tutilgan ikki o'yinchi yangi juftni tashkil etadi va qochayotganlami «Oq ayiqlar»dagi singari yordamga chaqirmasdan, mustaqil ravishda tutadi. Bunda ham o‘yin hamma tutilgunicha davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |