O ‘yinga tayyorlinish. 0‘yin bolalarda chamalash, mo‘ljalga olish, topqirlik va dadillik kabi fazilatlami tarbiyalaydi. Qur’a tashlash bilan o‘ynovchilar ikki guruhga ajratiladi, ular istagancha danak, yong'oq, pista to'plashlari mumkin.
0‘yin tavsifi. 0£yinga olingan guruh o‘ynovchilari qo‘llariga danak yashiradilar. «Juftmi-toq» deyishadi. Ikkinchi guruh o‘y- novchilari, o‘ylab, «juft» yoki «toq» deb atashlari kerak. Agar ular narsaning juft yoki toqligini topgudek bo‘lsa, danakni to‘Uq to‘laydi yoki beradi. /
240
O ‘yin qoidasi. 1. Guruhdagi har bir o‘ynovchi o‘z raqibining qarshisida 1 m masofada turadi. 2, Guruhdagilar bir boshdan navbat bilan «Juft-toq» deb aytishadi, so‘ngra yakka g‘oliblar aniq- lanadi. 3. Danakni har bir o’ynovchi alohida-alohida ham yashirishi mumkin. 4. Qo‘llarni ushlab ko'rish man etiladi. O'yin 2-sinf o‘quvchilariga mo‘!jallangan.
0‘yinning pedagogik ahamiyati. 0‘yin bolalarda chama- lash, aniq mo‘ljalga olish, topqirlik va did-farosatni tarbiya- laydi. 0‘yinda epchillik, tezkorlik, chidamlilik, kuchni ri- vojlantirishga yordam beradi.
0‘yinning o'ziga xosligi harakati — yurishdir.
«Chillak» o‘yini
O ‘yinga tayyorlanish. O'yin o‘tloq joyda yoki sport maydon- chasida o‘tkaziladi. 0‘yin uchun uzunligi 80—100 sm, diametri 2—2,5 sm, bir uchi yassilangan tayoq (dasta) va uzunligi 20 sm tayoqcha — chillak kerak bo‘ladi.
0‘yinda 2 tadan 10 tagacha o‘quvchi qatnashishi mumkin. 0‘yinni yakkama-yakka o‘ynasa ham, guruhlarga holinih o‘ynasa ham bo‘ladi.
O ‘yinning tavsifi. Oldingi chiziqdan 2 m nariga dasta qo‘yüadi. 0‘yinlar chillakni yerda yotgan ana shu dastaning ustiga irg‘itadilar. Chillakni birinchi bo'lib dastaga tegizgan o‘yinchi o‘yinni boshlash huquqiga ega bo'ladi. Buning uchun o‘yinchi chillakni dastaning uchiga qo‘yib turib, yengilgina ko‘tarib tashlashi va chillak qayta tushib, dastaga tegishi va yana sapchib ko‘tarilib, qaytib dasta ustiga tushishi kerak. Cliillak dastgohi bir tekkani uchun bittadan ochko beriladi.
0‘yinchi shu tartibda necha ochko to‘plasa, u shuncha marta dasta bilan chillakni urib, uni to‘g‘riga otadi. Agar har bir otganda chillak 20—30 metr nariga borib tushsa, 3—4 ochko bo‘yicha otilganda 90—100 metr masofaga yetkazilishi mumkin.
Yutqazgan o‘yinchi yoki raqib guruh o‘yinchisi ana shu maso- faning hammasini yugurib o£tishi kerak. Bunda u nafas olmay yugurishi lozim. Chopib ketayotganida nafas olsa, o‘sha joyda
241
yana dasta bilan chillakni sakratib urib, qaytadan chopib o'tiladigan masofa belgilanadi.
O ‘yinning qoidasi. 1. Dasta bilan chillakni silkitib tashlaganda chillak dastaga 3 martadan kam tegmasligi kerak. 2. Chillakni yerda yotgan dastaga tashlanayotganda ishtirokchilar o£yinni bosh- lash cbizig‘ini bosib turmasligi kerak. 3. 0£yinchi belgilangan ma- sofani chopib o‘tishdan bosh tortsa, u ashula aytib yoki o£ynab berishi, she’r o‘qishi ham mnmkin.
Metodik ko ‘rsatmalar. Nafas olish yuzasidan tushunmovchilik chiqmasligi uchun yugurayotgan o‘yinchi qo‘ng‘izga o'xshagan ovoz chiqarib borishi lozim.
Pedagogik ahamiyati. 0‘yin birgalikda harakat qilish, ep- chillik, tezkorlik, chidamlilik sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
«Durra» o‘yini
O ‘yinga tayyorlanish. 0‘yinni boshlang'ich sinf o‘quvchilari o‘ynaydilar. O'yinchilar doira hosil qilib cho'qqayib o‘tiradilar. Bir o‘yinchi (boshlovchi) durrani qo'liga o‘ragan holda ushlab turadi.
O "yin tavsifi. 0‘qituvchi signal berishi bilan o‘yinchilar bosh- laiini tizzaga qo‘yib ko‘zlarini yumadilar. Shunda durrachi o‘yinchi qo‘lidagi durra bilan doira chetida aylanib yurib, bildirmasdan birorta o‘yinchining orqa tomoniga qo£yadi va yurishni davom ettiradi. 0‘yinchilar darrov orqalariga qaraydilar, orqasiga durra qo‘yilgan o‘quvchi durrani oladi va boshlovchini doira cheti bo‘ylab quva boshlaydi.
Boshlovchi doirani aylanib kelib quvayotgan o‘quv-chining joyiga o‘tirib olishi kerak. Agar boshlovchi o‘tirishga ulgurmasdan quvayotgan o‘yinchi durrasi bilan boshlovchini ursa, boshlovchi durrali o£yinchini quvadi.
U ham o‘zini joyiga o‘tirib olishga harakat qiladi. 0‘tirib olmasa, o‘zi boshlovchi bo‘lib qoladi. O'yin qaytadan boshlanadi. 0£yin vaqti belgilanmaydi. 0£yinni 3—6 daqiqagacha davom ettirish mumkin. /
242
O‘yin qoidalari. 1. 0‘rinsiz qolgan o'yinchi onaboshi bo‘ladi. 2. Durra tutgan o'yinchi onaboshini ushiab olsa o‘rinlarini almashadi.
Pedagogik ahamiyati. 0‘yin barcha o‘yinchilarning diqqat- e’tiboiini, sezgirligini, topqirligini, harakat malakalarini tarbiya- laydi. Shu bilan birga chaqqonlik, tezlik, chidamlilikni tarbiyalaydi. 0‘yinning o‘ziga xos harakatlari yugurish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |