VAQT O’LCHOVCHI HAKAMLAR
Vaqt o’lchovchi hakamlar va yugurish (yurish) musobqalarida
qatnashuvchilar distantsiyalarni qancha vaqtda bosib o’tganliklarini
aniqlaydilar. har bir vaqt o’lchovi hakam ( 1 yo 2 ta vaqt o’lchagich bilan
ishlab) bitta yoki ikkita qatnashuvchining sarflagan vaqtini aniqlay
oladi.
Vaqt o’lchovi hakamlar marra chizig’i davomida joylashgan hakamlar
vishkasida turadilar. Bu vishkaning old qirrasi eng yaqin marra
ustunchasidan 4 metr va undan ko’proq uzoqlikda bo’lishi kerak. Vaqt o’lchovchi hakamlar o’zlari marrada qabul qiladigan qatnashuvchilarning qilish tartibiga qarab joylashadilar. CHunonki, birinchi bo’lib kelgan yuguruvchilarni qabul qiladigan vaqt o’lchovi hakamlar vishkasining yuqori qismiga joylashadilar.
3. Vaqt o’lchovchilar startyorning to’pponchasidan o’t yoki tutun chiqqan yoki uni bayroqchasi harakatga kelgan zahotiyoq bosiladi va qatnashuvchi o’zining gavdasi bilan faraz qilingan marra sarfiga tegishi bilanoq vaqt o’lchagich to’xtatiladi.
4. Vaqt o’lchovini o’z vaqt o’lchagichlarining ko’rsatgan natijalrini (bu natijani boshqa vaqt o’lchovi bilan muhokama qilmasdan) katta hakamlarga aytadilar, u talab qilsa vaqt o’lchagichni ko’rsatadilar. Agar erishilgan nitajalarni hisoblashda fikrlar to’g’ri kelmay qolsa, katta vaqt o’lchovchi hakamning so’zi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
5. Vaqt o’lchovi hakam vaqtni yozib olgandan so’ng faqat katta vaqt o’lchovchi hakamning ijozati bilan vaqt o’lchagich strelkasini nolga qaytarish mumkin.
6. Distantsiyaning birinchi bo’lib tamomlovchi qatnashuvchining vaqtini 3 ta vaqt o’lchovchi hakamni hisobga olish kerak.
7. Vaqt o’lchovchi hakamlarning ishiga katta vaqt o’lchovchi hakam rahbarlik qiladi. Katta vaqt o’lchovchi hakam vaqt o’lchovchi hakamlar o’rtasida vazifalarni (qatnashuvchilarni qabul qilish tartibini) taqsimlaydi va navbatdagi yugurish tugagandan so’ng sekundamerlar ko’rsatgan natijani talabnomaga kiritadi, keyin bu talabnomalarni yugurish kotibiga beradi.
Katta vaqt o’lchovchi hakam start vaqtida kontrol qilish uchun ortiqcha turgan vaqt o’lchagichlarini bosib qo’yadi. Agar hakamlarda birortasining vaqt o’lchagichi ishlamay qolsa, kontrol vaqt o’lchagichni o’sha hakamga beradi.
qisqa distantsiyalarga yugurish musobqalari o’tkazilayotgan katta vaqt o’lchovchi hakam vaqt yozuvini marradagi metraj yozuvi bilan solishtirib ko’rib va metr ko’rsatkichlariga moslab sekundamerlar ko’rsatkichi talabnomaga tuzatishlar kiritishi kerak.
ESLATMA: Katta vaqt o’lchovchi hakam bilan marradagi vaqt o’lchovchi hakamning fikri bir-biriga tug’ri kelmay qolsa, bu janjalli masalani bosh hakam yoki uning o’rinbosarlari hal qiladi.
Katta vaqt o’lchovi hakam musobqa boshlanishidan oldin vaqt o’lchagichlarini solishtirib chiqishi kerak. Katta vaqt o’lchovi hakam, hakam vishkasining yonboshida turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |