YUGURISH BO’YICHA KOTIB
YUgurish (yurish) yuzasidan musobqa talabnomalarini yozib borish uchun kotib tayinlanadi. U marradagi katta hakamga itoat qiladi.
YUgurish bo’yicha kotib
a) yugurish talabnomaga marra katta hakam yozuviga binoan qatnashuvchilarning distantsiyani qay tartibda tugatganliklarini va katta vaqt o’lchovi hakam yozuviga binoan qatnashuvchilar erishgan natijalarni yozib boradi (talabnomaga barcha vaqt o’lchagichlarning ko’rsatgan natijalari yoziladi);
b) marradagi katta hakam ko’rsatmasiga muvofiq yugurish va yurish
musobqasi yuzasidan mulohazalarni talabnomaga kiritadi (talabnomaga
hamma hakamlarning yozuvlari ilova qilinadi);
v) informator-hakamga (diktorga yugurish natijalari
bildiriladi;
g) rasmiylashtirilgan talabnomani bosh kotibga topshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |