3.7. CHO’ZILISH MASHQLARINING AHAMIYATI
Egiluvchanlik- gimnastikadagi eng muhim jismoniy sifatlardan biri. Egiluvchanlik deganda harakatlarni katta amplituda bilan bajara olish qobiliyati tushuniladi. (Zuyev,1990; Pegasov, Berzina, 1991).
Gimnastikada harakatlar amplitudasi maksimal bo’lishini talab qiladigan mashqlar ko’pchilikni tahskil qiladi. Shuning uchun egiluvchanlikni optimal darjada rivojlantirmay turib, ko’plab gimnastika elementlarini to’g’ri bajarish mumkin emas. Odatda gimnastikada u yoki bu mashqni bajarish uchun egiluvchanlikni ancha ortiq darajadagi egiluvchanlikka erishish zarur hisoblanadi. Shu tariqa egiluvchanlik zaxirasi yuzaga keladi. Agar bunday zaxira bo’lmasa, bo’g’imlardagi harakatchanlikning mavjud darajasidan imkon qadar foydalaniladi, bu tejamkorlikni pasaytiradi, xarakatlarning yengilligiga putur yetadi, elementlar yetarlicha aniq bajarilmaydi.(Gaverdovskiy,2002.)
Gimnastikachi qizlar tas-son yelka, bolder-kaft bo’g’imlardagi harakatchanlikni yuksak darajaga,
umurtqa harakatchanligini esa optimal darajaga yetkazishlari zarur. Faol va passiv egiluvchanlik o’zaro farqlanadi.
Faol egiluvchanlik – bo’g’imlardagi maksimal mumkin bo’lgan harakatchanlik, uni gimnastikachi mushaklarni mustaqil ravishda cho’zish hisobiga namoyon etadi (masalan, shpagatga sakrash).
Passiv egiluvchanlik – tashqi kuchlar atrofidagilarni yordami, og’irliklar, har xil moslamalar tasirida namoyon bo’ladi. Passiv egiluvchanlik faol turga qaraganda 1.5-2 baravar ko’proq rivojlanadi va undan ortiqroq bo’ladi.
Xoreografik tayyorgarlikda maksimal mumkin bo’lgan amplituda bilan bajariladigan cho’zilish mashqlaridan keng foydalaniladi. Statik tutib turish siltovlar va prujinasimon harakatlar shunday mashqlar sirasiga kiradi.
Quyidagilarni uyg’unlashtirganda eng yaxshi samaraga erishiladi: -prujinasimon cho’zilish harakatlaridan keyin oxirgi holatda vaziyatni saqlab turish; -passiv cho’zilishlar bilan mushakni yakunlovchi vaziyatda izometrik zo’riqtirish.
Birinchi turdagi cho’zilishlarga quyidagi mashq misol bo’lishi mumkin: Dx – gimnastika devoriga (dastgohga) qarab turiladi, oyoqlar yon tomonda reyka ustida ko’krak sathida; 1-8-prujinasimon harakatlar bilan oyoqlarni kerish amplitudasini shpagat darajasigacha yetkazish; 9-16-maksimal mumkin bo’lgan amplitudadagi shpagatni saqlab turish.
Ikkinchi turdagi cho’zilishlarga quyidagi mashqni misol qilib keltirsa bo’ladi: sherik (murabbiy) gimnastikachini mushaklarini cho’zadi, shundan so’ng 8 gacha sanagunga qadar so’nggi cho’zilish holatida izometrik zo’riqtirish davom etadi. Har qanday cho’zilishdan avval faol badan qizdirish mashqlari bajarilishi shart.
Xoreografiya darsida cho’zilish mashqlarini bir necha bosqichda bajarish mumkin. Masalan, static tutib turish va static harakatlari klassik mashq tarkibiga kiradi. (developpe, rand de jamb en l’air, grand battement jette). Shuningdek, mashqda prujinasimon cho’zilishlar, masalan: developpe oyoqni tovonidan ushlash bilan shpagatda cho’zilishi erkin oyoq tayanchda (dastgohda) kabilardan foydalanish mumkin. Bunday mashqlar seriyalar bilan 8-16-ta takrorlab bajariladi. Sherik, murabbiy, og’irliklar yordamida bajariladigan passiv cho’zilishlar xoreografiya darsi yoki mashg’uloti oxirida qo’llaniladi. Har bir mashqning davomiyligi 10 sek dan 1 daqiqagacha atrofida tebranadi.
Cho’zilish mashqlarini bajarishga qo’yiladigan talablar. 1) har qanday cho’zilish mashqidan avval tana qizdirilishi kerak. 2)cho’zilish mashqlari anatomik jihatdan asoslangan vaziyatda, mushak tolasi o’qini yo’nalishi bo’ylab bajarilishi lozim. 3)cho’zilishni tanani distal bo’limidan (qo’l va oyoqlar) boshlash, keyn esa gavda mushaklarini cho’zilishiga o’tish tavsiya etiladi. 4) antagonist mushaklar va synergist mushaklarni cho’zish mashqlarini navbatlab bajarish maqsadga muvofiq.5) Tezkor majburiy cho’zilishlarni bajarish tavsiya etilmaydi, chunki mushaklarda yuzaga keladigan himoya refleksi ularni xaddan ortiq zo’riqishi va siqilishiga olib keladi. Mushaklarni shartli reflector qisqarishi chozilishi mushak tolasini uzilishiga olib keladi.6) xar qanday kuch sarflanadigan faoliyat mushak bog’lam apparatini cho’ziluvchanligida salbiy iz qoldiradi. Kuch mashqlarini egiluvchanlikka ko’rsatadigan nohush ta’sirini uch usuliy priyom yordamida bartaraf etish mumkin: -kuch va egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlar izchil ravishda bajariladi. (masalan, avval asosan kuchni, keyn egiluvchanlikni o’stiruvchi mashqlar bajariladi yoki aksincha); -o’sha mashqlarni o’zi kuch egiluvchanlik sxemasi bo’yicha navbatma- navbat bajariladi – kuch va egiluvchanlik mashqlari bir paytni o’zida (qo’shib) boriladi-kuch+egiluvchanlik. 7) Xar bir cho’zilish mashqidan keyn bo’shashtiruvchi mashqlar, silkishlar, o’z o’zini uqalash bajarilishi mumkin; 8) Cho’zilish mashqlarini jismoniy yuklamalardan, musobaqalardan keyn, kuchli jismoniy charchoq paytida bajarish foydali.
Do'stlaringiz bilan baham: |