Sport menejmenti va iqtisodiyot


-mavzu: Mas'uliyati cheklangan jamiyatni shakllantirish va boshqarish xususiyatlari



Download 11,94 Mb.
bet72/116
Sana15.01.2022
Hajmi11,94 Mb.
#366126
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116
Bog'liq
Юлдошев У УМК Спортда корпоратив бошқарув

10-mavzu: Mas'uliyati cheklangan jamiyatni shakllantirish va boshqarish xususiyatlari

Reja:

1. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning mohiyati va zarurligi

2. Jamiyat ustav fondi

3. Jamiyatni boshqaruv organlari


Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari mohiyati va zarurligi

Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) deb bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis xujjatlari bilan belgilangan miqdorda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati tan olinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va o‘z ulushlari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog‘liq ziyon ko‘rish tavakkalchiligini o‘z zimmalariga oladilar.

MChJ va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning (QMJ) tuzilish va faoliyat ko‘rsatish huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan yagona “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.

MChJ va QMJning yagona farqi shundaki, QMJ ishtirokchilari jamiyat ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdor darajasida ulushlariga mutanosib jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mulklari bilan solidar ravishda subsidar javobgardirlar. QMJ ishtirokchilari javobgarligining chegaraviy miqdori jamiyat ustavida aniqlanadi. Shuning uchun, agar alohida boshqacha ta’riflangan bo‘lmasa quyida MChJ uchun bayon etilganlarning hammasi QMJga ham taaluqlidir (bundan keyin - jamiyat).

Jamiyat ta’sischilari (ishtirokchilari), ularning huquqlari va majburiyatlari kurib o‘tamiz.

Huquqiy va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Bunda, davlat hokimiyat va boshqaruv organlari jamiyat ishtirokchilari bo‘lishlari mumkin emas, biroq davlat korxonasining hususiylashtirilishi natijasida jamiyatning tuzilishi yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar bundan istisno. Jamiyat uning yagona ishtirokchisi bo‘lib qoladigan bir shaxs tomonidan ta’sis qilinishi mumkin. Bu holda jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘lib yagona ishtirokchi tomonidan tuzilgan boshqa xo‘jalik jamiyati (misol uchun, aksiyadorlik) bo‘lishi mumkin emas. Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik shaxsdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Yollanma ishchi xodimlarning soni qonun bilan chegaralanmagan bo‘lib ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ta’sischilar tomonidan tasdiqlanadigan jamiyat ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyatning ta’sis hujjatlaridir, jamiyatni yagona shaxs ta’sis qilgan hollar bundan mustasno. U holda yagona ta’sischi tasdiqlagan ustav jamiyat ta’sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilari jamiyat faoliyatini boshqarishda qatnashish, uning faoliyati haqida ma’lumot olish, jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga ustav fondidagi o‘z ulushini sotish yoki boshqa tarzda o‘tkazish, istalgan vaqtda boshqa ishtirokchilarning roziligisiz jamiyatdan chiqish, jamiyat tugatilganda uning kreditorlari bilan hisoblashishlar tugatilgandan keyin qolgan mulkning bir qismini olishga haqlidir. Birgalikda jamiyat ustav fondining kamida o‘n foizi ulushiga ega bo‘lgan ishtirokchilar sud orqali o‘z vazifalarini qo‘pol ravishda buzayotgan yoki o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat yuritishiga imkon bermayotgan yoki sezilarli darajaga to‘sqinlik qiladigan ishtirokchini jamiyat tarkibidan chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar.

Jamiyat ishtirokchilari ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, hajmlarda va muddatlarda o‘z ulushlarini kiritishga, jamiyat faoliyatiga doir tijorat sirlarini oshkora qilmaslikka javobgardir. Jamiyat ishtirokchilari qonunchilikda va ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.


Download 11,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish